Titish va tozalash texnologiyasi
Ushbu oʻquv qoʻllanma paxta tolasini titish, tozalash boʻyicha uskunalar tizimi, titish, tozalashning maqsadi va mohiyati, zaruriyligi, jadalligi va samaradorliklari, aralashtirish jarayoni, usullari, mashinalari, agregatlarning tasnifi, ularning tuzilishi, ishlashi titish, tozalashda ishlatiladigan yangi texnika va texnologiyalar va ularning rivojlanish yoʻnalishlari batafsil yoritilgan. Toʻqimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan texnologik oʻzgarishlar va ularning istiqboldagi rivojlanishiga bogʻliq masalalar oʻz aksini topgan. Ushbu qoʻllanma kasb-hunar kollejlari talabalariga moʻljallangan boʻlib, «Titish va tozalash texnologiyasi» fanining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Shuningdek, oʻquv qoʻllanmadan korxonalarning kichik muhandis texnik xodimlari, magistrlar, kasb-hunar kolleji oʻqituvchilari va malaka oshirish fakultetining tinglovchilari ham foydalanishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Titish jarayoni: Titish jarayonining maqsadi va mohiyati, titish zaruriyati, usullari, mashinalari va avtotoytitgichlar, jarayonning jadalligi va samaradorligi.
- Aralashtirish jarayoni: Aralashtirish jarayonining maqsadi va mohiyati, usullari (igna sirtli, oqim usulida, koʻp funksiyali), jarayonning jadalligi va samaradorligi.
- Tozalash jarayoni: Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati, usullari (mexanik, aerodinamik, elektropnevmomexanik), mashinalari va ularning turlari, jarayonning jadalligi va samaradorligi.
- Tolali chiqindilar. Changli havoni tozalash: Tolali chiqindilarning turlari va tasnifi, ularni ajratish, yigʻish va qayta ishlash, changli havoni tozalash usullari va avtomatik tizimlari.
- Yigirish mahsulotlari notekisligi: Notekislik tushunchasi, turlari, kelib chiqish sabablari, baholash usullari va paxta tolasining sifatini baholash (HVI tizimi).