Trigonometrik funksiyalarni o‘rgatuvchi dasturiy ta’minot yaratish
Ushbu elektron o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali, telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta'limi fakulteti, axborot-ta'lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Qo'llanma trigonometrik funksiyalarni o'rgatuvchi dasturiy ta'minot yaratish mavzusida bo'lib, unda trigonometrik funksiyalarning xossalari, grafigi, shuningdek, ularni o'rgatuvchi dasturiy ta'minot yaratishda Macromedia Flash dasturining imkoniyatlari keng yoritib berilgan. Qo'llanma informatika va axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga tatbiq qilinishi, zamonaviy o'rgatuvchi dasturiy ta'minot yaratishga qo'yiladigan talablar hamda ularning amaliy jihatlari haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Uzluksiz ta'lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O'zbekiston tajribasini ko'pgina davlatlarning yetakchi mutaxassislari o'rganmoqda. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning, ayniqsa jamiyatimizni buguni va ertagi kunini hal etuvchi yoshlarni iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy, ijtimoiy faolligini oshirish eng avvalo ularning ta'lim tarbiyasiga bog'liq. Zamonaviy ta'lim berish masalasi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib turibdi. Oliy ta'lim tizimini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil qilish, ta'lim samaradorligi va sifat darajasini yuqori darajaga olib chiqish muhim hisoblanadi.
- I bob. TRIGONOMETRIK FUNKSIYALARNING XOSSALARI VA GRAFIGI: Bobda ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash samaradorligi, matematika fanlarini o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi hamda y=sinx, y=cosx, y=tgx, y=ctgx funksiyalar grafiglari va xossalari yoritib berilgan.
- II bob. OʻRGATUVCHI DASTURIY TA'MINOT YARATISHDA MACROMEDIA FLASH DASTURI IMKONIYATLARI: Bobda o'rgatuvchi dasturiy ta'minot yaratish haqida umumiy tushuncha, unga qo'yiladigan talablar hamda Macromedia Flash dasturi imkoniyatlari atroflicha tahlil qilingan. Elektron axborot-ta'lim resurslari (O'DT) turlari, ularning tuzilishi va talablari haqida ma'lumot berilgan.
- III bob. TRIGONOMETRIK FUNKSIYALARNI OʻRGATUVCHI DASTURIY TA'MINOT YARATISHNING AMALIY BOSQICHI: Bobda dasturiy vositani ishlab chiqish prosedurasining o'ziga xos jihatlari, dasturning strukturaviy tuzilishi va amaliy ish jarayoni ko'rsatib berilgan. Xususan, trigonometrik funksiyalar grafigini yaratish va ularning o'zgaruvchilariga qiymat berish orqali grafigi qanday o'zgarishini ko'rsatish jarayoni Macromedia Flash dasturi yordamida tahlil qilingan.
- XULOSA: O'rgatuvchi dasturiy ta'minotlarning afzalliklari mustaqil ta'lim olishni, ijodiy fikrlashni, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish orqali o'quv materiallari va ilmiy ma'lumotlarni har tomonlama chuqur o'zlashtirilishiga mo'ljallanganligi ta'kidlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim jarayonini izchillashtirish uchun zarur. Yaratilgan ushbu o'rgatuvchi dasturiy ta'minot barcha oliy o'quv yurtlarida qo'llanilishi mumkin.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va manbalar keltirilgan.