Ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari

Ushbu darslik oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan asosiy texnologik jarayonlar va ularda qo'llaniladigan mashina va apparatlarning tuzilishi hamda ishlash prinsiplari haqida ma'lumot beradi. Kitobda mexanik ishlov berish, issiqlik almashinish, modda almashinish, filtratsiya, adsorbsiya, kristallanish, quritish, pasterizatsiya va sterilizatsiya jarayonlari hamda ularda qo'llaniladigan uskunalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, ushbu jarayonlarni hisoblash usullari va amaliy mashg'ulotlar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Modda almashinish jarayonlari: Modda almashinish jarayonlari oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar ikki fazaga o'tishi bilan boradigan jarayonlarga modda almashinish jarayonlari deyiladi. Oziq-ovqat sanoatida quyidagi modda almashinish jarayonlaridan foydalaniladi: 1) Absorbsiya. 2) Suyuqliklarni haydash. 3) Adsorbsiya.
  • Issiqlik almashinish jarayonlari: Har xil jismlarda issiqlik enyergiyasining biridan ikkinchisiga o'tishi issiqlik almashinish jarayoni dyeb ataladi. Issiqlik uch xil yo'l bilan tarqalishi mumkin: issiqlik o'tkazuvchanlik, konvyeksiya va issiqlikning nurlanishi.
  • Quritish jarayoni: Nam materiallarni qurituvchi agyent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish dyeb ataladi. Bu jarayonda namlik bug’lanish yo’li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug’) fazasiga o’tadi.