Antekologiya

Ushbu material antekologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, o'simliklarning gullash biologiyasi, changlanish jarayonlari, nektar hosil bo'lishi va uning ahamiyati kabi muhim mavzularni o'z ichiga oladi. Unda o'simliklarning gullash fazalari, changlanish usullari, nektardonlarning tuzilishi va funksiyasi hamda bu jarayonlarning qishloq xo'jaligi va tabiat uchun ahamiyati ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, kitobda O'rta Osiyo sharoitida o'simliklar ekologiyasi va ularning urug' mahsuldorligini aniqlash metodlari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • ANTEKOLOGIYA MAQSADI VA VAZIFALARI: Gullash ekologiyasi (antekologiya) o'simliklarning gullash biologiyasi, changlanish uchun tashqi muhit omillariga moslashuvlarini o'rganadigan fandir. O'simliklarning changlanishi, umuman ularning changlanishi natijasida gulli o'simliklarda urug' va meva hosil bo'lishini o'rganadi. Ushbu fanning rivojlanish bosqichlari va urganish uslubiyatlari ham ko'rib chiqiladi.
  • O'SIMLIKLARNING MORFO-BIOLOGIK TAVSIFI: O'simliklarning gullash biologiyasini o'rganish uchun madaniy yoki yovvoyi o'simlik turlar ajratib olinadi. O'rganish uchun tanlanadigan o'simlik ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lishi maqsadga muvofiqdir. O'simliklarning gullash biologiyasini o'rganish, yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish, introduksiya qilishda katta ahamiyatga ega.
  • CHANGLANISH VA UNING TURLARI: Chetdan changlanish allogamiya deb ataladi. Allo-grekcha chetdan gamiyaning nikohlanish ma'nosini bildiradi. Chetdan changlanish quyidagicha farqlanadi: bitta o'simlikning o'ziga boshqa guldan changlanish geytopogamiya deb ataladi. Bir o'simlik guliga, ikkinchi o'simlik gul changi tushishi ksenogamiya deb ataladi.
  • ASALSHIRALI O'SIMLIKLAR: Hashoratlarning hayotiy gulli o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi, ko'payishi singari jarayonlar bilan bog'liq, o'simlik gullaydi, so'ngra meva tugadi, o'simlikning changlanishi va urug'lanishidan so'nggina meva va urug' hosil bo'ladi va rivojlanadi. Gul bu naslni davom ettirish ya'ni undan hosil bo'lgan urug' jinsiy ko'payish vazifasini bajaradi.
  • NEKTARNING TARKIBI VA UNING AJRALISHI: Nektar shirin suyuq modda bo'lib, gulli o'simliklarning maxsus nektardonlar deb ataladigan bezlardan ajraladi. Nektardonlar asosan, gulda joylashgan bo'ladi. Ba'zan to'pgul novdasida barglarda ham turli shakllardagi nektardonlar uchraydi.
  • TRANSEKTLAR YORDAMIDA VA MAYDONCHALAR OLISH YO'LI BILAN KO'P YILLIK O'SIMLIKLARNING URUG' MAHSULDORLIGINI ANIQLASH: Tabiiy senozlardagi o't o'simliklarning urug' mahsuldorligini o'rganish nazariy va amaliy jihatdan diqqatga sazavordir. Senozdagi o'simliklar soni va uning dinamikasini, o'simliklarning senozda yangilanib borishini o'rganish, shuningdek pichanzorlar va yaylovlardan maqsadga muvofiq foydalanish muddatlari, pichanzor va yaylovlarni almashtirib turishni joriy etish singari xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan masalalarni hal qilish ko'p jihatdan o'simliklarning urug' mahsuldorligini o'rganishga bog'liq.