Etnologiya asoslari

Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, "Jahon etnologiyasi asoslari" fanidan tayyorlangan. Unda fan bo'yicha muammoli ma'ruzalar to'plami, seminar va amaliy mashg'ulotlar ishlanmalari, mustaqil ish topshiriqlari, tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati jamlangan. Majmua 2 modulga ajratilgan bo'lib, har bir modulda nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun alohida ishlanmalar berilgan. Kitobda etnik jarayonlar, etnotransformatsiya, etnoevolutsiya, etnoslararo jarayonlar, madaniy antropologiya, etnoekologiya, etnolingvistika, etnodemografiya, etnofolkloristika kabi etnoantropologiya va etnik tadqiqotning eng muhim nazariy-metodologik jihatlari va yo'nalishlari, shuningdek jahonning turli mintaqalari va ularning xalqlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Etnologiyaning fan sifatida shakllanishi va asosiy tushunchalar: Etnologiya fanining paydo bo'lishi tarixi, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, asosiy tushunchalar (etnos, millat, etnik guruh), etnik jarayonlar va ularning turlari, etnik evolyutsiya va etnotransformatsiya, etnik konstruktivizm, etnik psixologiya, etnolingvistika va etnomadaniyat kabi tushunchalar.
  • Etnologiya maktablari va yo'nalishlari: Evropa etnologik maktablarining shakllanishi (Frantsiya, Germaniya, Angliya, AQSh, Rossiya), evolyutsionizm, diffuzionizm, sotsiologiya, funktsionalizm, etnopsixologiya maktablari va zamonaviy etnologiyaning asosiy tadqiqot ob'ektlari.
  • Dunyo xalqlarining klassifikasiyasi: Dunyo aholisining geografik klassifikatsiyasi, aholini tilga qarab klassifikatsiyalash, dunyo xalqlarini xo'jalik yuritish an'analariga ko'ra tasniflash, etnik jarayonlar va ularning turlari, etnik tadqiqot uslublari va manbalari.
  • Avstraliya va Tasmaniya xalqlari: Avstraliya va Okeaniyaning geografik o'rni va tabiati, aholisining lingvistik va antropologik tasnifi, etnik tarixi, xo'jaligi, ijtimoiy tuzumi, diniy tasavvurlari va marosimlari, ma'naviy madaniyati.
  • Okeaniya xalqlari: Okeaniyaliklarning kelib chiqishi haqidagi g'oyalar, Papua, Melaneziya va Polineziya xalqlarining xo'jaligi, moddiy va ma'naviy madaniyati, ijtimoiy tuzumi, diniy tasavvurlari va marosimlari.
  • Hindiston xalqlari: Hindiston xalqlarining etnik tarkibi, diniy e'tiqodlari, oila va nikoh munosabatlari, bayramlari.
  • Old Osiyo xalqlari: Old Osiyo xalqlarining antropologik va etnolingvistik tasnifi, Turkiya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Suriya va Yaman, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil, Iordaniya, Livan, Quvayt, Kipr va boshqa mamlakatlar, Eron xalqlarining xo'jaligi, turmush tarzi, diniy e'tiqodlari, oila va nikoh munosabatlari.
  • Markaziy Osiyo xalqlari: Markaziy Osiyo hududi, aholisi, tabiati, aholisining antropologik va etnolingvistik tasnifi, Markaziy Osiyo mahalliy xalqlarining an'anaviy xo'jaliklari, turmush tarzi, uy-joylari, kiyimlari, moddiy va ma'naviy madaniyati, O'zbekistonning hozirgi aholisi, O'zbeklar etnogenezi, etnik komponentlar, o'zbek milliy mentaliteti, an'anaviy xalq madaniyati, o'zbeklarda xo'jalik madaniy tiplari, qadimgi dinlar va urf-odatlari.
  • Sibir xalqlari: Sibir xalqlari: tatarlar, xanti-mansilar, nenetslar, selkuplar, Shimoliy va Shimoli-sharqiy Sibir xalqlari: yoqutlar, dolganlar, buryatlar, evenklar, itelmenlar, koryaklar, yukagirlar, Oltoy-Sayan xalqlari, O'rta Enisey, Quyi Amur va Ussuriy o'lkasi, Saxalin, Kamchatka va Chukotka xalqlari, ketlar, nanaylar, udegeylar, chukchalar, eskimoslar, aleutlar. Sibir xalqlarining xo'jaligi, moddiy va ma'naviy madaniyati, diniy e'tiqodlari.
  • Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari: Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okean havzasi mamlakatlari aholisi, ularning til turkumlari, etnik tarkibi, etnoslarning shakllanish jarayoni, xo'jalik faoliyati, moddiy madaniyati, ma'naviy madaniyati va diniy e'tiqodlari.
  • Afrika xalqlari: Afrika tabiati va aholisi, aholisining antropologik tiplari, til oilalari, qabila, falloh, antropologik va lingvistik guruhlar, irqiy tiplar, etnik guruh. Shimoliy Afrika, Arab Afrikasi, G'arbiy va Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika etnoslari, Madagaskar tabiati, aholisi, moddiy va ma'naviy madaniyati, xo'jaligi, turmush tarzi, diniy e'tiqodlari.
  • Amerika xalqlari: Amerika qit'asi, uning hududi, tabiati, o'simlik va hayvonot dunyosi. Amerika aholisi, indeyslarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar, indeyslarning til oilalari va til guruhlari tasnifi. Shimoliy, Markaziy, Shimoliy-g'arbiy Amerika xo'jalik-madaniy tiplari. Lotin Amerikasi aholisining etnik qiyofasi, an'anaviy xo'jaligi, ijtimoiy tuzumi va dinlari. Mayya, Inklar davlati, hozirgi Amerika aholisining til va irqiy jihatdan bo'linishi.
  • Evropa xalqlari: Evropa qit'asi, uning hududi, tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Evropa qit‘asining etnografik nuqtai nazardan to‘rt guruhga bo‘linishi, Evropa xalqlarining til oilalari, etnik kelib chiqishi va xalq bo‘lib shakllanishi jarayonlari, Evropa aholisining irqiy tiplari. Evropaning qadimgi va o‘rta asrlar, yangi davr va hozirgi zamondagi xo‘jalik hayoti, maishiy turmush tarzi, ijtimoiy va oilaviy munosabatlari, xristian dini, Kavkaz xalqlari, Rossiya xalqlari.
  • O‘zbekistonda etnologiya fani rivojlanishi va istiqbollari: O‘zbekistonda etnologiya fanining rivojlanish tarixi, dastlabki etnografik tadqiqotlar, qadimgi va o‘rta asrlar yozma manbalarida etnologik ma‘lumotlar, XX asr boshlaridagi mahalliy va rus olimlarining izlanishlari, O‘zR FA Tarix va arxeologiya instituti tarkibida Etnografiya bo‘limining tashkil etilishi va faoliyati, XX asr ikkinchi yarmida o‘zbek xalqi etnologiyasining o‘rganilishi, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda etnologiyaning rivojlanishi va istiqbollari.