Тошкент шаҳар Учтепа туманида жойлашган турар жой биносини модернизация қилиш ва худудни ободонлаштириш
Mazmun asosiy qismida binoning rekonstruksiya qilinishi, zamonaviy me'yoriy talablarga to'la muvofiq keladigan 2 qavatli 233-sonli maktab blok-A binosini oldik. Tekshiruv natijasida aniqlangan nuqsonlar binoni me'moriy-rejaviy yechimi, sanitar-gigienik holati va zamonaviy ruhda rekonstruksiya qilish imkonini berdi. Yuk ko'taruvchi konstruksiyalar va po'ydevorlarida kuchaytirish ishlari amalga oshirilgach, 2 qavatli binoga yana bir qavat qo'shimcha ustqurma qurilishga erishildi, natijada bino 3 qavatli binoga aylandi va mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. Bino qiyofasi uyg'unlashgan milliy va zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy qurilish ashyolaridan foydalangan holda rekonstruksiya qilindi. Biz jamoat binosini qayta tiklaganimizdan so'ng, asosiy maqsad – mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga, rekonstruksiya qilingan yangi, zamonaviy, jahon andozalariga mos keladigan maktabda ilm oluvchi o'quvchilarga yaxshi va sifatli bilim olishlari uchun sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan birga ob'ektni kelajakda foydalanishga yaroqlilik muddatini uzaytirishga erishdik. Shunday qilib, biz oldimizga qo'yilgan vazifa, Toshkent shahar Olmazor tumani, Qora-qamish ½ dahasida joylashgan 233-sonli 2-qavatli maktab binosini milliy–zamonaviy ruhda, jahon talablariga mos keladigan tarzda rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish bo'yicha diplom loyiha ishini bajardik, deb hisoblaymiz.
Asosiy mavzular
- Umumiy ta'rif: Ushbu loyiha Toshkent shahridagi 233-sonli maktab binosining rekonstruksiya qilinishini o'z ichiga oladi. Loyiha binoning me'moriy-rejaviy yechimi, sanitar-gigienik holati va zamonaviy talablarga muvofiqligini tahlil qilishdan boshlanadi.
- Binoning holatini aniqlash: Binoning joriy texnik holati, tashqi va ichki konstruksiyalaridagi nuqsonlar, zararli ta'sirlar batafsil o'rganiladi.
- Rejalashtirish va loyihalash: Aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Binoning me'moriy yechimini yaxshilash, qo'shimcha qavat qurish, zamonaviy talablarga javob beradigan holga keltirish ko'zda tutiladi.
- Qurilish ishlari: Rejalashtirilgan ishlar ketma-ketligi, texnologik jarayonlar, zarur materiallar va mexanizmlar aniqlanadi. Ishchi-xodimlarning xavfsizligi ta'minlanadi.
- Yakuniy xulosa: Loyiha yakunida amalga oshirilgan rekonstruksiya natijalari va binoning yangi holati bayon etiladi.