O‘zgarmas tok qonunlari mavzusi bo‘yicha LabVIEW dasturida virtual laboratoriya ishini ishlab chiqish

Ushbu bitiruv malakaviy ishda

Asosiy mavzular

  • Kirish: Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqotning ob'yekti, predmeti va amaliy axamiyati bayon qilingan.
  • I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI: Fan mavzularini chuqur oʻrganish, elektr va magnetizm hodisalari bilan bog'liq boʻlgan fundamental va amaliy masalalarni yechishda, murakkab elektr jihoz asboblarni yaratishda va keng qoʻllanilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning uslubiy afzalligi shundaki, qisqa vaqt ichida bevosita virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish davomida virtual laboratoriya asbob uskunalari ko'rinishi, shakli, boshqarish dastaklari turini, rangini boshlang'ich doimiylar yoki ma'lumotlar va shartlarni tezkor almashtirish mumkin.
  • II BOB. “OʻZGARMAS TOK QONUNLARI” MAVZUSI BOʻYICHA VIRTUAL LABORATORIYA ISHINI ISHLAB CHIQISH USLUBIYATI: Oʻzgarmas tok qonunlari mavzusi boʻyicha LabVIEW dasturi yordamida virtual laboratoriya ishi yaratish uslubiyati. Ishning maqsadi: Oʻzgarmas tok ampermetrini darajalash, oʻzgarmas tok zanjiri uchun Om qonunini tekshirish. Kerakli asbob-uskunalar: Kompyuter, ekran, videoproyektor, oʻzgarmas tok manbai.
  • XULOSA: Mazkur malakaviy bitiruv ishini bajarish davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi. "Oʻzgarmas tok qonunlari” mavzusi boʻyicha laboratoriya ishlarining kompyuter modellari virtual laboratoriya ishlari yaratildi. "Oʻzgarmas tok qonunlari” mavzusi boʻyicha virtual laboratoriya ishlarining uslubiy va dizayn jihatlari boʻyicha talablar oʻrganildi. LabVIEW dasturida quyidagi virtual laboratoriya ishlari yaratildi: 1. Oʻzgarmas tok qonunlari (2 ta mashqdan iborat): a) Ampermetrni darajalash; a) Voltmetr va ampermetr yordamida o'tkazgichlarning qarshiligini aniqlash. Har bir laboratoriya ishi uchun quyidagi tartibdagi umumiy mazmunda iborat uslubiy qullanmalar yozildi: nazariy malumot, bajarilish tartibi. Bu uslubiy qo'llanmalarga virtual laboratoriya ishining old panelidan to'g'ridan-to'g'ri murojat qilish va kerak bo'lganda orqaga qaytish mumkin. Bu uslubiy qo'llanmalarga virtual laboratoriya ishining old panelidan to'g'ridan-to'g'ri murojat qilish va kerak bo'lganda orqaga qaytish mumkin. Bunday virtual laboratoriyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi: talaba va o'qituvchilarning laboratoriya ishini bajarish va oʻzlashtirish vaqti tejaladi. murakkab real laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin ularning virtual ko'rinishlari kompyuterda bajarib ko'rish laboratoriya ishining mohiyatni tez va to'liq tushunish, qurilmalar va ularni ulash to'g'risida to'liq tasavvur olish hamda buning natijasida texnika xavfsizligiga toʻliq amal qilishga olib keladi. bu virtual laboratoriya ishlaridan masofaviy ta'limdan, internet tizimidan to'liq foydalanish mumkin. virtual laboratoriya ishlari orqali bevosita talaba va o'qituvchi virtual muloqot olib borishi, oʻqituvchi o'quvchini baholashi mumkin. Olib borilgan ishlar natijasidan shunday xulosa qilish mumkinki,