Qimmatli qog’ozlar qiymatini baholash

Ushbu uslubiy qo'llanma magistratura talabalarining "Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash" fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun tayyorlanish va bajarish tartibini belgilab berilgan. Unda kirish, talabalarni amaliy mashg'ulotda ishlashga qiziqtirish omillari, fanning maqsad va vazifalari, amaliy mashg'ulotni o'tishda qo'llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, har bir mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulot topshiriqlari, shuningdek, talabalar uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mustaqillik yillari davomida mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy hayotda tub o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ayniqsa, zamon talabiga mos malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha ta'lim sohasida "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda "Magistratura to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi Qarorlarining qabul qilinishi muhim o'rin tutadi.
  • Talabalarni amaliy mashg'ulotda ishlashga qiziqtirish omillari: Talabalar tomonidan faol amaliy mashg'ulot topshiriqlarini bajarilishi faqat jiddiy va barqaror qiziqishlar mavjud bo'lgandagina amalga oshishi mumkin. Bundagi eng jiddiy omil - kelgusi samarali kasbiy faoliyatga tayyorgarlikdir. Amaliy mashg'ulot topshiriqlarini bajarishda talabalarni faollashtirishga imkon beruvchi ichki omillar sifatida quyidagilarni sanab o'tish mumkin: 1. Qilinayotgan ishning foydaliligi. 2. Talabaning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki. 3. Fan olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar tanlovlarida ishtirok etish. 4. Bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi omillardan foydalanish (reyting, testlar, noan'anaviy imtihon shakllari).
  • "Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash” fanning maqsad va vazifalari: Fanni o'qitishdan maqsad talabalarda qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash bo'yicha nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malaka shakllantirish. Fanning vazifasi – uni o'rganuvchilarga: - Qimmatli qog'ozlar baholash ob'ekti sifatida; - Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholashning turlari va regulyativ asoslari; - Qimmatli qog'ozlarning qiymati va narxi; - Qimmatli qog'ozlar qiymatini belgilovchi omillar; - Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholashning metodologik asoslari - Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash; - Ulush munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash; - Hosilaviy va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash; - Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash to'g'risidagi xulosa (hisobot); - Qimmatli qog'ozlar qiymatini uning narxi bilan bog'liqlikda baholash kontseptsiyasi bo'yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o'rgatishdan iborat.
  • Amaliy mashg'ulotni o'tishda qo'llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar va ularning mazmun-mohiyati: "Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash" fandan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish jarayonida kafedrada mavjud bo'lgan video filmlardan, slayd va boshqa o'quv materiallaridan foydalaniladi. Foydalaniladigan usullar: - Klaster - Toifali jadval - BBB jadvali - T-jadval - BLOT-tahlil jadvali - Loyihalash metodi - Aqliy hujum - Bahs - Muzokaralar - Pinbord texnikasi - Delfi texnikasi - 6-6 texnikasi - Keys stadi
  • “Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash” fanining har bir mavzusi bo'yicha amaliy mashg'ulot topshiriqlari: 1-mavzu. Qimmatli qog'ozlar baholash ob'ekti sifatida. Topshiriqlar: Berilgan sxemani fanning strukturasi va boshqa fanlar bilan aloqasini ko'rsatib, to'ldiring. 2-mavzu. Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholashning turlari va regulyativ asoslari. Topshiriqlar: Quyidagi nazorat savollariga javob toping. 3-mavzu. Qimmatli qog'ozlarning qiymati va narxi. Topshiriqlar: Muhokama uchun savollar. 4-mavzu. Qimmatli qog'ozlar qiymatini belgilovchi omillar. Topshiriqlar: T-sxemadan foydalanib, mavzu bo'yicha xulosalarni shakllantiring. 5-mavzu. Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholashning metodologik asoslari. Topshiriqlar: Quyida qimmatli qog'ozlar qiymatini baholashning metodologik asoslariga tegishli ma'lumotlar keltirildi. Ularni o'rganing hamda shu mavzuga doir kamida 10ta tayanch iborani izohi bilan keltiring. 6-mavzu. Qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash. Topshiriqlar. 7-mavzu. Hosilaviy va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash. Topshiriqlar. 8-mavzu. Hosilaviy va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash. Topshiriqlar. 9-mavzu. Qimmatli qog'ozlar qiymatini baholash to'g'risidagi xulosa (hisobot). Topshiriqlar: Nazorat va muhokama uchun savollarga javob toping. 10-mavzu. Qimmatli qog'ozlar qiymatini uning narxi bilan bog'liqlikda baholash kontseptsiyasi. Topshiriqlar: Quyidagi savollarga javob bering.
  • Amaliy mashg'ulotni bajarishda talabalar uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro'yxati: Ro'yxatda Rossiya, O'zbekiston va boshqa davlatlar mualliflari tomonidan yozilgan 20 ta nomdagi o'quv qo'llanmalar, darsliklar, uslubiy qo'llanmalar hamda internet saytlari keltirilgan.