Umumiy pedagogika

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Davlat ta'lim standarti bo'yicha bakalavrlar tayyorlash saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tug'risida Nizom» ga asosan tuzilgan bo'lib, talabalarning «Umumiy pedagogika» fanini mustaqil va mukammal o'rganishida muhim ahamiyatga ega. Bunda «Uumiy pedagogika» fanidan mustaqil tayyorlanish uchun ON-1, ON-2 va YaN bo'yicha og'zaki, yozma, test nazorati savollari, fanning mazmunini ifodalovchi mavzular bo'yicha savol-javoblar hamda JN, ON, YaNlar bo'yicha talabalarning mustaqil ish topshiriqlari mavzulari batafsil yoritilgan. Uslubiy qo'llanma «iqtisodiyot» fakultetining KT(iqtisodiyot) yo'nalishi II va III kurs talabalariga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mustaqil Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida bugungi kun talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashda ta'lim tarbiya sohasidagi islohatlarning o'tkazilishi zamirida bo'lajak mutaxassis kadrlarning salohiyati va bilim saviyasi yaxshilanmoqda. Aynan shu maqsadlarni ruyobga chiqarishda «Umumiy redagogika» fanining vazifasi nihoyatda muhim, chunki pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotni bilishga, mehnatga tayyorlash uchun xalq va davlat oldida javob beradigan, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish bilan shug'ullanadigan, shuningdek bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. O'zbekistonning kelajaki va ravnaqi ko'p tomonlama undagi kadrlarning bilimdonligi, kasb tayyorgarligi va ma'naviy yetukligiga bog'liq. Shu jihatdan qaraganda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orasida Kadrlar tayyorlash soxasidagi islohotlar muhim o'rin tutadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni milliy tajribaning tahlili va ta'lim asosida yuksak umumiy va mutaxassislik madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Bunday kadrlar Oliy ta'lim tizimining bakalavr va magistr tayyorlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Shu boisdan O'zbekiston Respublikasining istiqloli davrida ta'lim-tarbiyaning roli yanada oshib bormoqda. Ma'lumki, pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina zarur bulib kolmay, balki uning roli jamiyatning xamma sohalarida muxim bo'lmoqda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki xalq xo'jaligining biror bir soxasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarini kullamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas. Oliy o'quv yurtlarida talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta'lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlar hosil bo'lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Talabaning fan bo'yicha o'zlashtirishni baholash muntazam ravishda olib boriladi. Fan bo'yicha talabaning semestr davomida o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
  • Mustaqil ishlarni tashkil etish va topshiriqlar: Mustaqil ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari.
  • Pedagogika fanini o'rganish va o'zlashtirish bo'yicha savol-javoblar: Pedagogika qanday fan, u nima haqida bahs yuritadi? Nima uchun pedagogika fanini hamma o'rganishi bilishi lozim? Pedagogika fani qaysi fan negizida paydo bo'lgan? Pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shgan olim? Qachon O'rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. Maktab so'zining ma'nosi nima? Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligini izohlab bering? Pedagogika fanlari tizimiga qaysi fanlar kiradi? Umumiy pedagogika nimani o'rnagadi? Pedagogika tarixi nimani o'rganadi? Maxsus pedagogika nima? Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini izohlang? Pedagogika fanining obʻekti va predmeti nima? Pedagogika fanining asosiy tushuncha (kategoriya)lariga nimalar kiradi? Taʻlim deb nimaga aytiladi? Tarbiya deb nimaga aytiladi? Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi (kamol topishi) deganda nimani tushunasiz? Malaka nima? “Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir”. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir degan fikr qaysi pedagog-olim ta'kidlab o'tgan? Ma'lumot deb nimaga aytiladi?. Bilim nima? Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlariga nimalar kiradi? Pedagogik eksperiment deganda nimani tushunasiz? Anketa nima? Mustaqil ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. Mustaqil ishlarni yozish tartibi. Mustaqil ishni rasmiylashtirish.
  • Oraliq va yakuniy nazoratlar bo'yicha (yozma ish) savollari majmuasi: Pedagogika fanining predmeti va uni o'rganish usullari (fanning maqsadi, mazmuni, predmeti, asosiy tushunchalari). Pedagogika inson tarbiyasi to'g'risidagi fan (pedagogika, «paydagogika», asosiy kategoriyalar, ta'lim, tarbiya, ma'lumot, irsiyat, shaxs kamoloti). Pedagogika fanlari tizimi (pedagogikaning tarmoqlari, umumiy pedagogika, pedagogika tarixi, xususiy metodika, maktabgacha tarbiya, harbiy, oila va maxsus pedagogika). Ta'lim jarayoni mohiyati (ta'lim jarayonining ikki yoqlama xarakteri, o'qituvchi va o'quvchi (talaba) faoliyati). Tarbiya qonuniyatlari (shaxsni hurmat qilish, tarbiyaning bir maqsadga karatilganligi, izchillik, o'quvchining yoshi va uziga xos xususiyatlari). Tarbiya usul (metod) lari (tushuntirish, suhbat, hikoya). Tarbiyaning ijtimoiy axloqni shakllantirish metodlari (mashq, o'rganish, topshiriq). Tarbiyaning rag'batlantirish metodi (maslahat, istiqbolni tasvirlash, maqtov, namuna qilib ko'rsatish). Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha (ilmiy tadqiqot usullari, ularga qo'yilgan talablar, kuzatish, suhbat, anketa, kibernetika, matematik, sosiologik metodlar). Huquqiy tarbiya va uning mohiyati. (tarbiyaviy ish, huquqiy bilim va savodxonlik.) Tarbiyaning o'z-o'zini tarbiyalash metodi (o'z-o'zini boshqarish, tarbiyalash, tankid, o'z-o'zini tanqid). O'qitishning muammoli metodiga xarakteristika (muammoli vaziyatni yaratish usullari). Axloq-odob tarbiyasi (axloqiy tarbiya, tarbiyaning vazifasi va mazmuni, buyuk allomalarni tarbiyaviy qarashlari). Tarbiya usullari (ibrat, namuna, ishontirish, tushuntirish, o'qtirish). Pedagogika fanining asosiy (kategoriya) tushunchalari (fanning maqsadi va vazifasi, taʻlim, tarbiya, ma'lumot, shaxsning kamol topishi). Mutaxassisning pedagogik odobi (taktika, muomala madaniyati, kamtarinlik, intizom va hamjihatlilik).
  • Oraliq va yakuniy nazoratlar bo'yicha test savollari: 1. Pedagogika fanining asosiy vazifasi nimalardan iborat? 2. «Pedagogika» so'zi qanday maʻnoni anglatadi? 3. Pedagogika qanday fan? 4. Tarbiya nima? 5. Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) nimalardan iborat? 6. Didaktikaning predmeti nima? 7. Oliy ta'limning magistratura bosqichida ta'lim muddati necha yil davom etadi? 8. Tarbiya jarayoni asosan necha yul bilan amalga oshirilishi mumkin? 9. Rahbarning faoliyatida kanday asosiy munosabat turlari mavjud? 10. Taʻlim-tarbiya nima? 11. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilingan? 12. O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» necha bosqichda amalga oshiriladi? 13. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida» gi qonuni qachon qabul qilingan? 14. O'zbekiston Respublika «Taʻlim to'g'risida» gi qonuni nechta moddadan iborat? 15. Uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim turlari keltirilgan qatorni ko'rsating? 16. Mutaxassislar tayyorlash taʻlimining mazmuni nima? 17. Didaktika nima? 18. Didaktikada nechta asosiy tamoyil mavjud? 19. Yuksak madaniyatli mutaxassisning kamoloti qaysi sifatlari bilan belgilanadi? 20. Shaxs shakllanishi va rivojlanishiga qaysi omillar ko'proq taʼsir etadi? 21. «Pedagogik faoliyat» nima? 22. Mutaxassis mahorati nima? 23. Tarbiya metodi (usuli) nima? 24. Qanday tarbiya qoidalari mavjud? 25. Qanday tarbiya usul (metod)lari mavjud? 26. Mutaxassisning o'z-o'zini tarbiyalashning axloqiy asoslari nima? 27. Ta'lim jarayonining ikki yoqlama xarakteri? 28. Ta'lim deganda nimani tushunasiz? 29. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ? 30. Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? 31. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi «Taʻlim to'g'risida»gi qonunning nechanchi moddasi bilan kafolatlanadi? 32. O'quvchining pertseptiv qobiliyati nima? 33. Qanday shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega? 34. O'qituvchi uchun eng muhim xususiyat nima? 35. Bolalar tarbiyasida asosiy hal qiluvchi bo'g'in nima hisoblanadi? 36. «Pedagogik mahorat» nima? 37. Pedagogning axloqiy fazilatlariga nnmalar kiradi? 38. Pedagogika fanlar tizimiga qanday tarmoqlari kiradi? 39. Maxsus pedagogika tizimiga nimalar kiradi? 40. Birinchi tarbiya maktablari qaysi mamlakatlarda ochilgan? 41. Pedagogik muloqatning vazifasi nimalardan iborat? 42. Maktab tarixida ta'limning mukammal jamoa shakli bo'lgan sinf-dars tizimi qachon va kim tomonidan yaratilgan? 43. Qadimgi Xitoyda pedagogik fikrlar, taʻlimotlar qachon paydo bo'la boshlagan? 44. «Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi» haqida qaysi qonun hujjatida bayon etilgan? 45. Pedagogik faoliyatda nechta yetakchi qobiliyat mavjud? 46. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy komponentlariga nimalar kiradi? 47. O'quv jarayoni formulasi keltirilgan qatorni ko'rsating? 48. Ta'lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz? 49. Ta'limning asosiy vazifasi nimalardan iborat? 50. O'qituvchi o'z ustida ishlashi, o'z-o'zini tarbiyalashda qanday uslublardan foydalanishi zarur? 51. Ta'lim tizimida eng ko'p qullaniladigan qanday o'qitish (taʻlim) usullari mavjud? 52. Yaxlit pedagogik jarayon bu - . . . .? 53. Ta'lim tizimida (maktablarda) eng ko'p qo'llaniladigan dars turlari keltirilgan qatorni ko'rsating?
  • Nazorat qilishning baholash mezonlari: Joriy nazorat uchun maksimal-50ball, saralash-28 ball Oraliq nazorat Yakuniy nazorat