O‘smirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari

Mazkur tadqiqot ishida oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning dolzarb muammolari, jumladan, oila, nikoh, oilaviy munosabatlar, oilada sogʻlom psixologik muhitni yaratish, milliy urf-odat va an'analardan foydalanish kabi masalalar oʻziga xos pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari va tavsiyalar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlash pedagogik muammo sifatida: Ushbu bo'limda o'smirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, obekti, predmeti, metodlari, ilmiy farazi, metodologik asosi, bir so'z bilan aytganda ilmiy apparati aniqlandi. Tadqiqot rejasi tuzildi, tajriba-sinov maydonchasi aniqlab olindi. Muammoning nazariy va metodik jihatlari o'rganildi.
  • Oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning oʻrganilganlik darajasi: O'smirlarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo'naltirilgan faoliyatning muayyan natijalariga erishuvini ta'minlash bu boradagi mavjud holatni oʻrganish, yutuqlarni boyitish chora-tadbirlarni koʻrish, kamchiliklarni bartaraf etish ishiga o'z vaqtida ahamiyatni qaratish, joriy hamda istiqbol rejalarini belgilashga bevosita bog'liqdir.
  • Oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning hozirgi holati va imkoniyatlari: Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar risolasida oila masalasiga alohida e'tibor qaratilib: oila-mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila jamiyat negizi boʻlib, ko'p asrlik mustahkam ma'naviy tayanchga ega.
  • Dars jarayonida oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlashning mazmuni va mohiyati: Dars-o'z oldiga qo'ygan aniq maqsadi va tugal mazmundan iborat jarayon. Dars, bu bevosita oʻqituvchi raxbarligidagi muayyan ta'lim oluvchilar guruh bilan olib boriladigan ta'lim mashg'ulotidir. Dars-o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli markaziy qismidir.
  • Oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlashda tarbiyaviy tadbirlarning imkoniyatlari: Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan ta'lim-tarbiya jarayoniga berilayotgan e'tibor nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Berilayotgan bunday e'tiborlarning barchasi kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodni har jihatdan sog'lom, ma'nan yetuk, yurt kelajagi, vatan ravnaqi uchun nafi tegadigan farzandlar boʻlib etishishlari uchundir.
  • Oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy urf-odat va an'analardan foydalanish: Oʻsmirlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida oilada, ta'lim muassasalarida oʻziga xos vazifalar bajarilmoqda. Bunday vazifalarni bajarishda oʻzbek xalqining ulkan ma'naviy merosi, urf-odat va an'analarimizdan foydalanish masalasiga bugungi kunda katta e'tibor berilmoqda.