Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida andragoglarni tayyorlashning pedagogik asoslari.
Ushbu kitob Oʻzbekistonda kattalar taʼlimi tizimida andragoglarni tayyorlashning pedagogik asoslarini oʻrganishga bagʻishlangan bo'lib, unda andragogik taʼlimning nazariy va amaliy jihatlari, uning zamonaviy texnologiyalari, metodlari, shakllari, shuningdek, katta yoshdagi taʼlim oluvchilarning psixologik xususiyatlari va ularni oʻqitishning oʻziga xos jihatlari batafsil yoritilgan. Kitobda ishsizlar, nogironlar va ayollarni oʻqitishning oʻziga xos jihatlari hamda ularni oʻqitish jarayonini tashkil qilish boʻyicha tavsiyalar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida andragogik yondashuvning mohiyati: Mazkur bobda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida andragogik ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, ya'ni MO va QT markazida andragogik ta'limning mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasida andragoglar tayyorlash tizimi va uni o'rganilishi hamda umumiy xulosalar bayon etilgan.
- Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchilarida andragogik bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirishning mazmun, shakl, metodlari: Ushbu bobda o'quv jarayonini loyihalash, undan tashkil qilishning shakl va metodlari, shuningdek, o'quv jarayonini baholashning o'ziga xos jihatlari batafsil tahlil qilingan. Xususan, kattalar ta'limini tashkil qilishning turli shakllari va metodlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari va ularni amalga oshirish jarayonidagi vazifalar ko'rib chiqilgan.
- Ishsizlar, imkoniyati cheklangan katta yoshdagilarni o'qitishning alohida xususiyatlari: Mazkur bobda ishsizlar, imkoniyati cheklangan katta yoshdagilar va ayollarni o'qitishda ularning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish, turli-tuman interfaol metodlardan hamda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritib beriladi. Kasbiy tayyorgarlik natijasida ishsizlar yangi bilim va malakalarni egallashlari, yangi kasbiy rivojlanishdagi individual imkoniyatlari va ehtiyojlariga mos bo'lgan o'z yo'llarini muvaffaqiyatli o'tishlari lozim. Ishsizlarni kasb-hunarga o'qitishni tashkil qilish va uning mazmuniga ko'pgina mezonlar ta'sir qiladi, ularning ichida, potensial ta'lim oluvchilar sifatidagi va ish joyini izlovchilar sifatidagi ishsizlarning ijtimoiy-demografik va shaxsiy xususiyatlari eng katta qiymatga ega. Ularga nafaqat o'zgaruvchan, balki hududiy xarakterga ega bo'lgan mehnat bozori ehtiyojlarining xususiyatlari ham kiradi.