“Пахта заводларининг локал тармоғини яратиш”
Ushbu kitob paxta zavodlarida lokal tarmoqlarni yaratish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, zamonaviy axborot texnologiyalarini paxta sanoatiga joriy etishning ahamiyatini ochib beradi. Kitobda tarmoq texnologiyalari, mavjud tuzilmalar, Fast Ethernet asosida lokal hisoblash tarmoqlarini qurish, mehnat muhofazasi, ekologiya va iqtisodiyotga oid masalalar batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Paxta zavodida binolarning joylashuvi va paxtaga dastlabki ishlov berish jarayoni: Paxta zavodining tuzilishi, paxtani qabul qilish quvvati, chigitli paxtani qabul qilish, saqlash va qayta ishlash usullari, paxta va paxta mahsulotlarining nazorati.
- Tarmoq texnologiyalarining mavjud tuzilmalari ko'rinishi: Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi modeli, tarmoqdagi qurilmalarning o'zaro aloqasini tashkil qilish, tarmoqlarning o'zaro aloqasida kommutatsiya vositalari, lokal tarmoqlar texnologiyasi.
- Fast Ethernet asosida lokal hisoblash tarmoqining loyihasini qurish: Loyiha uchun bog'lanish topologiyasini tanlash, loyiha uchun qurilma tanlash (kommutator, konsentrator, Wi-Fi router), server va ishchi stansiyalar uchun tarmoq moslashtirgichlari, loyiha uchun kabel tizimini tanlash.
- Mehnat muhofazasi va ekologiya qismi: Lokal tarmoqda qo'llaniladigan texnikaga qo'yiladigan xavfsizlik talablari, ЭHM operatorining ish joyini tashkil etish, ishlab chiqarish faktorlarining potensial ta'siri, yoritilganlik, микроиқлим шароити, электромагнит майдонлар ва нурланиш, статик электр токи, рухий эмоционал таъсирлар.
- Iqtisodiyot qismi: Avtomatlashtirilgan texnikani ishlab chiqarishga joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik, хар томонлама ўрганиш, мавжуд ресурсларни ва чет эл сармояларини етакчи тармоқларни ривожлантиришга йўналтириш.