Zodiak yulduz turkumlarini o`rganishda Oyning vizual ko`rinma harakatlaridan foydalanish
Ushbu maqolada Stellarium dasturi asosida astronomiya fanidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish, kuzatishlar olib borish, xususan Zodiak yulduz turkumlarini chuqurroq o'rganish uslubi bayon etilgan. Ushbu uslubdan astronomiya fanini o'qitishda o'qituvchilar, ushbu fanga qiziquvchi talabalar va o'quvchilar foydalanishi mumkin. Zodiak yulduz turkumlarini osmon sferasida bir qarashda boshqa yulduz turkumlaridan ajratish qiyin tuyuladi, ammo Oy yordamida Zodiak yulduz turkumlarini osmondagi o'rnini oson aniqlash mumkin. Maqolada Oyning to'lin fazasi misolida Zodiak yulduz turkumlarini aniqlash usuli tushuntirilgan va jadvalda 2017 yil sentabr-oktyabr oylarida Oyning Zodiak yulduz turkumlarida bo'lish jadvali keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Zodiak yulduz turkumlarini o`rganishda Oyning vizual ko`rinma harakatlaridan foydalanish: Ushbu maqolada Stellarium dasturi asosida astronomiya fanidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish, kuzatishlar olib borish xususan Zodiak yulduz turkumlarini chuqurroq o'rganish yuzasidan uslub bayon etilgan. Bu uslubdan astranomiya fanini o'qitishda o'qituvchilar, ushbu fanga qiziquvchi talabalar va o'quvchilar foydalanishi mumkin.
- Oyning yerdagi yoritilganligi va Zodiak yulduz turkumlarini aniqlash: Oyning yerdagi yoritilganligi Quyoshnikidan ko`p marta kam hisoblanadi. Oyning to`lin Oy faza holatini olib, Oyning boshqa fazalari yoritilgani yana ham ko`p marta kam hisoblanadi. Shunday ekan, Oyning har bir sanada qaysi Zodiak yulduz turkumida turganligini aniqlash va uning atrofidagi yulduzlarni kuzatish imkoni mavjud. Shu bilan Oy turgan Zodiak yulduz turkumini osmondagi o`rnini aniqlab olish qiyin emas. Hozir esa bu ishni kompyuterda Stellarium dasturi yordamida osongina bajarish imkoniyatiga egamiz.
- Amaliy kuzatuvlar va Stellarium dasturidan foydalanish: Stellarium dasturiga Oyning harakati bo'yicha sanalar kiritilib, Oyning o'rni va uning atrofidagi yulduzlar aniqlanadi, ularning nomlari va gravyuralarini (ko`rinishlarini) ham ko`rish mumkin. Zodiak yulduzlarning ketma-ketligini yulduzlarning xaritasi yordamida aniqlab olish mumkin. Kuzatishni oldindan rejalashtirib olgan ma'qul. Jadvalda Oyning Zodiak yulduz turkumlarida bo`lish jadvali keltirilgan.