Ўзбекистон қишлоқ аҳоли пунктлари ҳудудларини архитектура-режавий ташкиллаштиришда жамоат марказларини шакллантиришнинг шаҳарсозлик тамойиллари

Ushbu dissertatsiya O'zbekiston qishloq aholi punktlari jamoat markazlarini shakllantirishning shaharsozlik tamoyillarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda qishloq aholi punktlari jamoat markazlarining me'moriy-rejaviy tashkil etish masalalariga e'tibor qaratilgan. Tadqiqotda qishloq aholi punktlari jamoat markazlarining rivojlanish tendensiyalari, ularning shakllanishi, joylashuvi va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan me'moriy-rejaviy yechimlar hamda tamoyillar o'rganilgan. Qishloq jamoat markazlarining turli funksional zonalari, ularning joylashuvi, iqlim sharoitlariga moslashuvi hamda zamonaviy talablarga javob beradigan me'moriy yechimlarni ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Kitobda shaharsozlikning nazariy va amaliy jihatlari, O'zbekiston sharoitida qishloq joylarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari hamda qishloq aholi punktlarining me'moriy-rejaviy tashkil etilishi bo'yicha muhim masalalar tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekistonda qishloq jamoat markazlarining ahamiyati: Qishloq jamoat markazlarining tarixiy shakllanishi, O'zbekistondagi qishloq jamoat markazlarining o'rni va zamonaviy holati tahlili.
  • O'zbekiston qishloq aholi punktlari joylashuvining shakllanishi: Qishloq hududlaridagi aholi joylashuvining o'ziga xos xususiyatlari, tizim tashkil qiluvchi markazlarning rivojlanishi, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari tuzilmasi.
  • O'zbekiston qishloq aholi punktlar markazlarini rivojlantirish tamoyillari: Jamoat markazini shakllantirish va me'moriy yechimini tashkil etish, madaniy-ma'rifiy va tibbiy xizmat ko'rsatish muassasalari va korxonalarini tashkil qilish, xizmat ko'rsatish ob'ektlarini ilmiy loyihaviy shakllantirish.