SamDAQI Arxitektura fakulteti “Tasviriy san’at” kafedrasi interyerlarining dizayn yechimi
Ushbu
Asosiy mavzular
- Bosh sahifa: O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, "Arxitektura" fakulteti, "Landshaft dizayni va interyer" kafedrasi, Bitiruv malakaviy ishi(loyihasi)ning TUSHUNTIRISH XATI, Mavzu: "SamDAQI Arxitektura fakulteti “Tasviriy san'at" kafedrasi interyerlarining dizayn yechimi", Diplomant: Amonova.N., Rahbar: Safoyev.B.D., Samarqand-2017.
- MUNDARIJA: 1. Kirish, 2. Arxitekturaviy rejalashtirish qismi, 3. Badiiy qismi, 4. Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi, 5. Ekologiya qismi, 6. Xulosa, 7. Adabiyotlar ro'yxati.
- KIRISH: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qarorni imzoladi. Qaror oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma'no-mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o'qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash boʻyicha ixtisoslik yoʻnalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta'lim tizimidagi mavjud holatni oʻrganish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, qator oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta'lim jarayonining oʻquv-metodik va axborot ta'minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta'lim tizimida oʻquv jarayoniga ilg'or xalqaro tajribani keng joriy etish, etakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yoʻlga qo'yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti. Qabul qilingan qarorga koʻra, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi.
- Arxitekturaviy rejalashtirish qismi: Bitiruv malakaviy ish mavzusi: "Samarqand davlat Arxitektura Qurilish instituti Arxitektura fakulteti Tasviriy san'at kafedrasi interyerlarining dizayn yechimi". Arxitektura fakulteti 2- qavat rejasi va Arxitektura fakulteti Bosh rejasi ko'rsatilgan. Arxitektura fakulteti "Tasviriy san'at” kafedrasi qisqacha tarixi Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish institutining ochilishi munosabati bilan kafedra 1966 yilda tashkil topgan. Kafedra dastlab "Rasm, rangtasvir va haykal-taroshlik" nomi bilan atalgan. Quyidagi professor o'qituvchilar uning mudirlari bo'lib ishlaganlar: S.M.Muxammedshin 1966-67 yillarda, V.V.Vanyagin 1967-71 yillarda, N.T. Sultonov 1971-77 yillarda, N.J. Kalonov 1976-82 yillarda, F.G.Yuldoshev 1982-87 yillar, N.T. Sultonov 1988-01 yillarda, F.G' Yuldoshev 2001-2009 yillarda, X.X. Jo'rayev 2009-2012 yillarda, Saloxiddinova D.Z. 2012-13, T.Yorqulov 2013-2016 yillarda 2017 yildan hozirga qadar kafedra mudiri v.b. bo'lib Sh.Urinbayev faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
- Badiiy qism: "SamDAQI Tasviriy san'at kafedrasi intererlarining" badiiy-me'moriy echimini topishda eng avval xonalarni funksional zonalarga ajratishga qaratilib, unga e'tibor berilgan. Devorlarning ranglari, bo'yoqlar kombinatsiyasi, yorug'likning bezak materiallari bilan muvofiqligi badiiy kompozitsiya shaklining uygʻunligiga olib kelgan. Bino qismlari va ayrim oʻziga xos bezalgan joylar zamonaviy dizaynga mos keladi. Barokko, rokoko, georgian, ampir, viktorian, bidermayer va klassik kabi tarixiy interer uslublari Evropa mamlakatlarida ancha rivojlangan. Bu uslublar bugungi kunda bizda ham ommalashmoqda.
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi: Diplom loyiha ishi “SamDAQI Arxitektura fakulteti Tasviriy san'at kafedrasi intererlarining dizayn echimi” mavzusida boʻlib, unda bino intererlarining me'moriy dizayn echimi masalasi qarab chiqilgan. Diplom ishi dizayn echimi loyihasi hozirgi zamon muhandislik talablaridan kelib chiqqan holda insonlarni xavfsizligini ta'minlash, elektr xavfsizligi oshirish va yogʻin-sochinlardan odamlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari o'rganib chiqilib xiyobonning funksiyaviy dizayn echimi ko'rib chiqilgan. Ob'ekt Samarqand shahri Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida joylashgan boʻlib, havo xavzasiga nisbatan kam ifloslangan, ekologik toza xududda joylashgan. Binoning sharq tamonida faollar zali binosi, shimol tomonida TTJ, janub tomonida avtoturarjoy va gʻarb tomonida sport maydonlari joylashgan. Regionning o'ziga xos meteorologik va klimatik xususiyatlariga koʻra, yil davomida atmosfera havosidagi zararli aralashmalarni tarqalib-yoyilib ketishini qiyinlashtiradigan sharoit kam kuzatiladi. Me'moriy-landshaft echimida shamol yoʻnalishi, quyoshning tushishi va yog'ingarchilik vaqtida suvlarning ketish yo'li, xavoning isib ketishi, havoning sovib ketishi, er rel'eflari, havoning tezligi eng muhim o'rinni egallaydi.
- Ekologiya qismi: Loyixa kilinayotgan ob'ekt qurilishining atrof-muxitga ta'sirini baxolash va ekologik taxlil qilish. Loyixa qilinayotgan ob'ekt qurilishining atrof-muxitga ta'sirini baxolashda quyidagilarni oʻrganib chiish va bajarish talab etiladi: 1.Loyixa kilinayotgan ob'ekt kuriladigan joyning (xududning) fiziko-geografik va iklim sharoitlari; 2. Xududning ekologik xolati va mavjud ta'sir etuvchi manbalar; 3.Xududning tuprogi, er osti va er usti suv resurslari; 4. Xududning oʻsimlik va xayvonot dunyosi, axoli salomatliligi; 5.Xududning mavjud tabiiy ekologik xolatini baxolash; 6.Loyixa echimini va texnologik echimning alternativ variantlarini ekologik taxlil kilish; 7.Ob'ekt kurilishida atrof-muxitga ta'sir etuvchi omillarni (kimyoviy moddalar, shovkin, tabiiy resurslardan foydalanish, kattik chikindilar) baxolash; 8.Kurilish davomida va ishlab chikarishda roʻy berishi mumkin boʻlgan avariya (xalokatli) xolatlarni va ularning atrof-muxitga ta'sirini taxlil kilish.
- Xulosa: Institutning qisqacha tarixi O'tgan asr oltmishinchi yillarining boshiga kelib, nafaqat O'zbekistonda, balki O'rta Osiyo respublikalarida: Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog'istonda qurilish industriyasiga qarashli tashkilot va korxonalarda yuqori malakali me'morchi-lik va qurilish sohasida chuqur bilimga ega bo'lgan me'mor, quruvchi muhandislariga bo'lgan ehtiyoj sezilarli darajada bo'lgan. Shu sababli, O'zbekistonda mustaqil arxitektura qurilish instituti tashkil etish ehtiyoji tug'ilgan. 1965-1966 yillarda Toshkent Politexnika institutida yangidan tashkil qilingan arxitekgura, sanoat va grajdan qurilishi (PGS) va qishloq xo'jaligi qurilishi fakultetlarini birlashtirib, mustaqil qurilish instituti tashkil qilish bo'yicha ishlar olib borilayotgan edi. Bu borada olib borilayotgan ishlarni 1966 yilda Toshkentda sodir bo'lgan yer qimirlash va undan ko'rilgan talofot tezlashtirdi. O'zbekiston Respublikasi hukumatining 367-sonli qarori hamda oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307-sonli bo'yrug'i asosida Samarqand shahrida Samarqand Davlat arxitektura - qurilish instituti tashkil etildi. SamDAQIning Samarqand shahrida ochilishiga birinchidan Toshkentdagi yer qimirlash sabab bo'lgan, ikkinchidan Samarqandning 2750 yillik tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri ekanligi, madaniyati yuqori darajada rivojlanganligi, noyob arxitektura yodgorliklariga boy bo'lganligi, uchinchidan esa Samarqand qadimdan fan va madaniyat markazi ekanligi asos bo'ldi. SamDAQIning shaklanishi va rivojlanishi O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1966 yil 15 iyuldagi 307 sonli buyrug'i asosida SamDAQI ga 1966-1967 o'quv yilida dastlabki qabul rejasi kunduzgi bolimga 525 nafar talabadan iborat bo'lgan edi. Bu reja mutaxassisliklar bo'yicha, quyidagicha taqsimlang'an edi: 1201 «Arxitektura» mutaxassisligiga - 100 ta; 1202 «Sanoat va fuqaro qurilishi» mutaxassisligiga - 350 ta; 1721 «Qurilish iqtisodi va qurilishni tashkil etish» - 75 ta talaba qabul qilish belgilangan edi.
- Adabiyotlar ro'yxati: 1. Buyuk va mukaddassan Mukaddas Vatan. Toshkent 2011 Ilmiy ommabop risola. 2. Landshaft arxitekturasi Adilova. L.A Ukuv kullanma Toshkent 2000 3. Arxitektura. Ma'ruza matnlari. M.Maxmudov Sam. 2005y 4. “Arxitekturaviy loyixalash asoslari”. Oʻquv qoʻllanmasi. TAKI, 2000 yil. 5. QMQ 2.08.02-96. Jamoat binolari va inshootlari. (Obщestvennыe zdaniya isoorujeniya)./ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Arx. va Qurilish qoʻmitasi. Toshkent, 1995.-232 bet(oʻzb.t.-1...99b). 6. T.M.Maxmatkulov, G.SH.SHomirzaev, A.Rayimkulov. «Xayotiy faoliyat xavfsizligi» fanidan ma'ruzalar matni. TATU Samarkand filiali. Samarkand-2007. 7-8 betlar 7. Gʻ. YO. YOrmatov, O. R. YUldoshev, A. L. Xamraeva. "Xayot faoliyati xavfsizligi” (Darslik), Toshkent, "Adolat” nashriyoti, 2009 y.(61-86 betlar). 8. Безопастность жизнедеятельности. Под. ред. С.В.Белова, М, Высшая школа, 2002. 9. X.Raximova. A.A'zamov. T.Tursunov. “Mehnatni muhofaza qilish", Toshkent, Oʻzbekiston, 2003. 10. O. Qudratov, T. G'aniev. "Hayot faoliyati xavfsizligi”, Toshkent, Mehnat, 2004.