2000 ўринга мўлжалланган кўп тармоқли ёпиқ спорт биноларини лойиҳалаш

Ushbu uslubiy ko'rsatma Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib,

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mazkur uslubiy ko'rsatmada amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida bitiruv va kurs loyihasini bajarish jarayonida 2000 o'rinli ko'p tarmoqli yopiq sport binosini loyihalash ko'rsatilgan. Unda hajmiy-loyihaaviy, funksional, konstruktiv, estetik masalalar, loyihalash xususiyatlari hamda me'yoriy hujjatlar asosida yoritiladi. Kurs loyihasi 5580100 - "Arxitektura-bakalavr" ta'lim yo'nalishining 4 kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
  • I-bo'lim. Kirish, umumiy ma'lumotlar: Sport inshootlarining tarmog'i va tasnifi, jumladan, yopiq sport inshootlari, ularning yuklamasi va tomoshabinlar evakuatsiyasi, loyihalashning funksional va fizik-texnik asoslari, xonalarining uchta asosiy guruhlari, hajmiy loyihaaviy yechimlar, yopiq sport inshootlarida yordamchi xonalar, me'moriy-kompozitsion va konstruktiv yechimlar, bosh reja (plan), loyihalash uchun xona maydonlari kabilar yoritilgan.
  • II-bo'lim. Loyiha bosqichlarining uslubiy ko'rsatmasi va nazorat savollari: Sport binolarini loyihalashda loyiha bosqichlari bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar va nazorat savollari keltirilgan.
  • III-bo'lim. Kurs loyihasini bajarish uchun umumiy talablar va bosqichlar: Kurs loyihasining tarkibi, uni bajarishning nazorat bosqichlari, shuningdek, fan uchun lug'at va talabalar bilimini baholash mezonlari berilgan.