Samarqand shahrining tarixiy qismida yangi binolar fasadini me'moriy-badiiy tashkillashtirish va eskilarini ta'mirlash tamoyillarini tadqiq qilish
Ushbu kitob Samarqand shahrining tarixiy qismida zamonaviy binolar fasadlarini me'moriy-badiiy tashkillashtirish hamda eski binolarni ta'mirlash tamoyillarini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Samarqand tarixiy qismi, an'anaviy va zamonaviy binolar fasadlari, shuningdek sobiq ittifoq davrida qurilgan binolar fasadlarini ta'mirlash va qayta qurish tamoyillari tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Samarqand shahrining tarixiy qismi haqidagi umumiy ma'lumotlar: Samarqand jahon sivilizatsiyasining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri bo'lib, dunyo madaniyati va fani xazinasiga beqiyos hissa qo'shgan shahardir. Shahar 290 dan ortiq arxitekturaviy va 2 mingga yaqin arxiologik yodgorliklar mavjud. Shahar tarixi va tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar berilgan.
- An'anaviy me'moriy obidalar va ularning fasadlari: An'anaviy me'moriy obidalarimiz shakillanishi juda qadim davrlarga borib taqaladi. Qadimiy imoratlar, inshoatlarning har biri inson qo'li bilan tiklangan, uning har bir g'ishtida bobolar nafasi seziladi. Asil san'atkorlar ijodi, fantaziyasi, mehnatlari o'laroq tiklangan binolarda mo'ayyan davr madaniyatining in'ikosini ko'ramiz. Me'morchilikda pishiq g'isht, yog'och, ganch va boshqa materiallardan foydalanilganligi, an'anaviy bezaklar va uslublar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Zamonaviy qurilgan binolar va ularning fasadlarini o'rganish: Ajdodlarimizning me'morchilik soxasidagi ulkan yutuklarini davom ettirgan holda hozirda viloyatimiz meʼmorlari tomonidan milliy va zamonaviy usullarda kuplab madaniy-maishiy, jamoat va ishlab chikarish binolari qad kutarmokda. Zamonaviy binolarning tashqi qiyofasi va milliy arxitekturaga mosligi, ularning milliy me'morchiligimizga uyg'unlashtirilishi haqida fikrlar bildirilgan.
- Sobiq ittifoq davri binolar fasadlarini tamirlash va qayta qurish tamoyillarini tadqiq qilish: Sobiq ittifoq davrida qurilgan binolarning umumiy xususiyatlari, ularning shakli va tuzilishi, milliy me'morchilikka mosligi, fasadlarini ta'mirlash va qayta qurish tamoyillari, Vatanimiz tajribalari hamda horijiy tajribalar haqida so'z yuritiladi. Ushbu davrda qurilgan binolarning milliy me'morchilikka zid jihatlari va ularni ta'mirlash usullari ko'rib chiqilgan.