Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
"TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN NOMETAL MATERIALLAR" fanidan O'QUV USLUBIY MAJMUA
Asosiy mavzular
- SILLABUS: Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili: Kafedra: Ta’lim sohasi va yo‘nalishi: Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot: Dars mashg‘ulotini o‘tkazishning vaqti va joyi: Individual grafik asosida professor-o‘qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti: Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizit lari): Namangan muxandislik-pedagogika instituti Erusti transport tizimlari tarkibida 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi Katta o’qituvchi., Xidirov Ulug’bek Xabibullayevich O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida 102 xonada Haftaning chorshanba, juma kunlari soat 14.00 dan 16.00 gacha Auditoriya soatlari Ma’ruza Amaliy Tajriba I- semestr 18 - 18 II-semestr 18 - 18 "Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar" fani quyidagi fanlarga asoslanadi: kimyo, avtomobil tuzilishi, Transport vositalarida qo`llaniladigan ekspluatatsion material, ichki yonuv dvigatellari, materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiyasi, avtomobillar ta'miri, avtomobilsozlik asoslari, avtomobil iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni boshqarishdir shuning uchun bu fanlarni bilish zarur. Do’stlik shoh ko‘chasi, 12-uy Muxandislik-texnika fakulteti xidirovulugbek @umail.uz Kursning boshlanish va davom etish muddati: 4 semestr davomida Ta’lim yo‘nalish lari O‘quv rejasiga muvofiq 2 kurs 4 semestrida Mustaqil ta’lim 23 23 Fanning mazmuni O’qitish mobaynida talabalarga transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar turlari, ularni tuzilishi, kimyoviy tarkibi, ularni olinish usullari, kimyoviy materiallardan detallar tayyorlash texnologiyasini, kimyoviy materiallardan yasalgan detallarni avtomobillarning qaysi uzellarida foydalanish mumkinligini o’rgatish va ularni dunyoning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarida kimyoviy materiallardan foydalanish bo’yicha olib borilayotgan ilg’or tajribalar bilan tanishtirish. Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni: Talabalar uchun talablar Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi - Professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - Inistitut intizom qoidalariga rioya qilish; - Mobil telefonni dars davomida o‘chirish; - Berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish; - Guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - Plagiat man etiladi; - Darsga o‘z vaqtida kelish; - 4 soatdan ortiq dars qoldirilgan taqdirda, dekanat ruxsati bilan darsga kirish. Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi.
- MUNDARIJA: I. SILLABUS 4 II. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI 12 III. NAZARIY MATERIALLAR 25 1 Kirish. Transport vositalarida ishlatiladigan kimyoviy materiallar. Kompozision material va ulardan foydalanishning istiqbollari. 25 2 Transport vositalarida ishlatiladigan smolalar 29 3 Transport vositalarida ishlatiladigan plastmassalar 33 4 Transport vositalarida ishlatiladigan rezinalar 47 5 Lok-biyoq materiallari va ular asosidagi qoplamalar 62 6 Transport vositalarida ishlatiladigan sintetik yelimlar va jihozlash materiallari. 79 IV. TAJRIBA MASHG‘ULOT MATERIALLARI 92 V. KEYSLAR BANKI 113 VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 120 VII. GLOSSARIY 122 VIII. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 126
- TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN NOMETAL MATERIALLAR fanidan: SILLABUS Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili: Namangan muxandislik-pedagogika instituti Kafedra: Erusti transport tizimlari tarkibida Ta’lim sohasi va yo‘nalishi: 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot: Katta o’qituvchi., Xidirov Ulug’bek Xabibullayevich Dars mashg‘ulotini o‘tkazishning vaqti va joyi: O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida 102 xonada Individual grafik asosida professor-o‘qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti: Haftaning chorshanba, juma kunlari soat 14.00 dan 16.00 gacha Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti Auditoriya soatlari Ma’ruza Amaliy Tajriba I- semestr 18 - 18 II-semestr 18 - 18 Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizit lari): Do’stlik shoh ko‘chasi, 12-uy Muxandislik-texnika fakulteti xidirovulugbek @umail.uz Kursning boshlanish va davom etish muddati: 4 semestr davomida Ta’lim yo‘nalish lari O‘quv rejasiga muvofiq 2 kurs 4 semestrida "Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar" fani quyidagi fanlarga asoslanadi: kimyo, avtomobil tuzilishi, Transport vositalarida qo`llaniladigan ekspluatatsion material, ichki yonuv dvigatellari, materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiyasi, avtomobillar ta'miri, avtomobilsozlik asoslari, avtomobil iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni boshqarishdir shuning uchun bu fanlarni bilish zarur. Fanning mazmuni O’qitish mobaynida talabalarga transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar turlari, ularni tuzilishi, kimyoviy tarkibi, ularni olinish usullari, kimyoviy materiallardan detallar tayyorlash texnologiyasini, kimyoviy materiallardan yasalgan detallarni avtomobillarning qaysi uzellarida foydalanish mumkinligini o’rgatish va ularni dunyoning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarida kimyoviy materiallardan foydalanish bo’yicha olib borilayotgan ilg’or tajribalar bilan tanishtirish. Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni: Talabalar uchun talablar Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi - Professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - Inistitut intizom qoidalariga rioya qilish; - Mobil telefonni dars davomida o‘chirish; - Berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish; - Guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - Plagiat man etiladi; - Darsga o‘z vaqtida kelish; - 4 soatdan ortiq dars qoldirilgan taqdirda, dekanat ruxsati bilan darsga kirish. Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi.
- TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN NOMETAL MATERIALLAR fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:: YeUTTUE № Mavzularning nomlari Jami soat Aud. soati M a`ruza Tajriba Mustaqil ta’lim 1 Kirish. Transport vositalarida ishlatiladigan ishlatiladigan kimyoviy materiallar. Kompozision material va ulardan foydalanishning istiqbollari. 5 2 - 3 2 Transport vositalarida ishlatiladigan smolalar 5 2 - 3 3 Transport vositalarida ishlatiladigan plastmassalar 17 6 6 5 4 Transport vositalarida ishlatiladigan rezinalar 7 2 2 3 5 Transport vositalarida ishlatiladigan rezinalar 9 2 4 3 6 Lok-biyoq materiallari va ular asosidagi qoplamalar 11 2 6 3 7 Transport vositalarida ishlatiladigan sintetik yelimlar va jihozlash materiallari. 5 2 - 3 Jami 59 18 18 23
- REYTING BAHOLASH MEZONI: t/r Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan ball O‘tkazish vaqti I. Oraliq nazoratdagi ballar taqsimoti 30 ball semestr davomida Ma’ruza mashg‘ulotlarida 1 Talabaning ma’ruza mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishi, muntazam ravishda konspekt Yuritib borayotganligi uchun 8 2 Mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajarganligi uchun (referat, esse, kollokvium, amaliy topshiriqlar: testlarini topshirishi, keys-stadi, o‘quv loyihalari va b.q.) 10 semestr davomida 3 Birinchi va ikkinchi oraliq nazoratlar (ma’ruza chi tomonidan olinadi) 12 3- hamda 6- mavzulardan keyin II. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti 40 ball Tajriba (Amaliy seminar) mashg‘ulotlarda 1 Talabaning mashg‘ulotlarda faol ishtirok etganligi, berilgan savollarga to‘g‘ri javob berganligi, mustaqil topshiriqlarni (referat va taqdimotlarni) bajarganligi uchun 22 semestr davomida 2 Birinchi va ikkinchi joriy nazoratlar (amaliy yoki seminar mashg‘ulot o‘qituvchisi tomonidan olinadi) 18 3- hamda 6- mavzulardan keyin III. YAkuniy nazorat 30 ball semestrning oxirgi ikki haftasida Jami: 100 semestrning oxirgi ikki haftasida Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichining namunaviy mezonlari: T/r Talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi (bilim, malaka va ko‘nikma darajasi) Ballar A) xulosa va qarorlar qabul qilish 86-100 ball ijodiy fikrlay olish mustaqil mushohada Yurita olish olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish mohiyatini tushunish bilish, aytib berish tasavvurga ega bo‘lish B) mustaqil mushohada Yurita olish 71-85 ball olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish mohiyatini tushunish bilish, aytib berish tasavvurga ega bo‘lish V) mohiyatini tushunish bilish 55-70 ball , aytib berish tasavvurga ega bo‘lish G) aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik 0-54 ball ilmaslik
- NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI: Semestr bo‘yicha dastur mazmuni 1-mavzu. Kirish. Transport vositalarida ishlatiladigan kimyoviy materiallar. Kompozision material va ulardan foydalanishning istiqbollari. Kirish. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan kimyoviy materiallarni kelib chiqish tarixi va rivojlanish istiqbollari. Kompozision materiallar. Kompozision materiallardan foydalanishning istiqbollari. Mamlakatimiz mutaqillikka erishgandan sung uzining avtomobil sanoatiga ega buldi. Hozirgi kunda Asaka shahrida «GM Uzbekiston avto» va Samarqand shahrida “ISO‘ZU”, “MAN” qushma korxonalarini tashkil etilishi zamonaviy engil, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarilishi mustahkam, bikr konstruktsion materiallarga bulgan talabni oshirib Yubordi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 2-mavzu. Transport vositalarida ishlatiladigan smolalar. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar va ularning xossalari. Polibutadienli smolalarning xossalari, ulardan olinadigan buym va detallar. Epoksid smolalarning xossalari va ularning qo’llanilish sohalari. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. XX asrning boshlarida sanoatda, jumladan texnika sohasida smolalar asosida olingan materiallardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik Ellis tomonidan to’yinmagan poliefirli smolaga vinilatsetat yoki stirol kabi monomerlarni qo’shish natijasida yanada qimmatli materiallar ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Smolalarga manomerlarni qo’shish ularning qovushoqligini kamaytiradi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalardan paddonlar, suv saqlash uchun idishlar, Suyuqlik bilan ishlatiladigan tizimlar uchun detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Elastik poliefirli smolalardan ko’proq mebel , turli xil tugmalar, yog’och materiallariga rezba ochish uchun qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Bikr poliefirli smolalardan zarb ta`siriga chidamli bo’lgan buyumlar: himoya niqoblari (shlemlari), avtomobillar va samolyotlar detallari ishlab chiqariladi. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari (VKMD) asosidagi smolalar termoreaktiv polimer hisoblanadi. Bunday smolalar toza holda (ya`ni, qo’shimchalarsiz) va boshqa ingredientlar bilan aralashma holida ham ishlatiladi. Ta’mirlash korxonalarida detallarni tiklashda ko’pincha epoksid smolalardan foydalaniladi. Ularni xona haroratida uzoq muddat saqlash mumkin. Suyuq smolaga qotirgich (u qo’shilganda polimer qotadi) va plastik xossalar beruvchi moddalar (plastifikatorlar) qo’shiladi. Q`orishmalar 150-200 g dan qilib tayyorlanadi. Ularni tayyorlangandan keyin 20-30 minut ichida ishlatib Yuborish kerak. Epoksid smolalar
- Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar.: Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Termoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. Reaktoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. Termoplastlardan buym olish texnologiyasi. Reaktoplastlardan buym olish texnologiyasi. Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda transport vositalari va avtomobillar konstruktsiyalarini plastmassa materiallarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu materiallarni ishlatish texnika vositalarining konstruktsiyalarini ixchamlash, massalarini kamaytirish, ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish tannarxini va mehnat sarfini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Plastmassalarni keng ko’llanishiga ularni qimmatbaho metall va yog’och materiallarining o’rnini bevosita almashtira olishi, ko’p hollarda o’zini xususiyatlari bilan ulardan ustun turishi sabab bo’lmoqda. Avtomobillarning konstruktsiyasini polimer materialsiz tasavvur qilish qiyin. Ularni ishlatish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, chunonchi, materiallarga sarf qilinadigan xarajatlar, detallar tayyorlashning mehnat sarfi kamayadi, detallar ancha yengillashadi, kapital mablag’ sarfi va ekspluatatsion sarflar (moylashga, ta’mirlashga) kamayadi va hokazo. Plastmassadan buyumlar tayyorlashda materiallar isrofi 5-10 %dan oshmaydi, metallardan tayyorlashda esa isrof ancha ko’p (60-70 %) bo’ladi. Plastmassadan olingan mahsulotlar metalldan tayyorlanganlarga nisbatan ikki-uch marta arzon bo’ladi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 4-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan rezinalar Rezinalar haqida umumiy ma`lumotlar. Kauchuk ishlab chiqarish. Rezina materiallar olish. Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari. Rezina materiallar xususiyatlarini harorat ta`sirida o’zgarishi. Eskirish jarayonida rezinaning xususiyatlarini o’zgarishi. Rezinalarning xususiyatlarini Suyuqliklar ta`sirida o’zgarishi. Avtomobil shinalarini ta`mirlash uchun materiallar. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Rezina buyumlar xalq xo’jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo’llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo’ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamliligi, yemirilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolyatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3.
- TAJRIBA MASHG’ULOTLARNING TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULARI.: Transport vositalarida ishlatiladigan plastmassalarni sinash usullarini o’rganish . Plastmassa materiallarning suv va nam shimuvchanligini aniqlash. Plastmassa materialning moy, benzin va spirt ta’siriga chidamliligini aniqlash. Plastmassa materialni cho’zilishga sinash. Plastmassa materialni statik egilishga sinash. Plastmassalarni kesilishga bo’lgan mustahkamligini tekshirish. Plastmassalarning siljishidagi mustahkamligini aniqlash. Plastmassalarni ikki tayanch orasida zarbiy egilishga sinash. Plastmassa materiallarni qattiqligini aniqlash. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Mahruza, namoyish etish, ko’rgazmali taqdimot, keys, videa-animatsiya metodlari. Adabiyotlar: A1-A2; Q1; Q2; Q3. Transport vositalarida ishlatiladigan rezinalarni sinash usullarini o’rganish. Rezinaning mustahkamligi va elastiklik xossalarini statik usulda sinash. Rezina elastikligini mayatnikli asbob yordamida aniqlash. Rezinaning qattiqligini aniqlash. Rezinaning yeyilishga bo’lgan qarshiligini sirpanish ishqalanish orqali aniqlash. Yelimlab biriktirilgan rezina-metall orasidagi bog’lanish mustashkamligini ajratish usuli bilan aniqlash. Rezinalarni qisqa muddatli statik siqilishga sinash. Rezinalarni ko’p marta takrorlanadigan bo’ylama egilishga sinash. Rezinalarda elastikli modulini chizilish deformasiyasi orqali aniqlash. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Mahruza, namoyish etish, ko’rgazmali taqdimot, keys, videa-animatsiya metodlari. Adabiyotlar: A1-A2; Q1; Q2; Q3. Lok-bo’yoq materiallari va ularni sifatini aniqlash, xossalarini o’rganish. Lok - bo’yoq materiallarning qovushoqligini aniqlash. Lok-bo’yoq materiallarning qurish vaqti va qotish darajasini aniqlash. Lok – bo’yoq pardaning qalinligini mikrometr yordamida o’lchash. Bo’yoq va emallarning berkituvchanligini aniqlash. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Mahruza, namoyish etish, ko’rgazmali taqdimot, keys, videa-animatsiya metodlari. Adabiyotlar: A1-A2; Q1; Q2; Q3.
- II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI: “Insert” metodi Metodning maqsadi: Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod talabalar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi. Metodni amalga oshirish tartibi: -o‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi; -yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi; -ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi: 1-jadval “Insert” metodi Belgilar Kasb Kasblar tasnifi Professiogramma “V” – tanish ma’lumot. “?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak. “+” bu ma’lumot men uchun yangilik. “– “ bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman? Belgilangan vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi va ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob berilib mashg‘ulot yakunlanadi. “SWOT-tahlil” metodi Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
- “Xulosalash” (RezYume, Veer) metodi: Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘quvchilarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashg‘ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu Yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
- “Keys-stadi” metodi. «Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday, Qanaqa (How), Nima-natija (What). •Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiys abablarni belgilang (indivi-dual vakichik guruhda).: “Assesment” metodi. Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‘nalishlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi va baqolanadi. Metodni amalga oshirish tartibi: ―Assesment‖ lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o’zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. Assesment – inglizcha so‘z bo‘lib, ―baho‖, ―baholash‖ ma’nosini bildiradi Bugun bu usul ta’lim tizimiga ham joriy etilgan bo‘lib, talabalarning bilim darajasi, malaka va ko‘nikmasini baholashga xizmat qiladi. SHuning uchun ushbu metoddan foydalanib, keysni samarali hal etish mumkin. Venn Diagrammasi metodi. Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishni tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
- Metodni amalga oshirish tartibi:: - ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi; - navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar; - juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar. “Blits-o‘yin” metodi. Metodning maqsadi: tinglovchilarda tezlik, olgan bilimlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maqsadida qo‘llash samarali natijalarni beradi. Metodni amalga oshirish bosqichlari: 1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. SHundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar
- “6x6x6” metodi: Bu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchi-talabani muayyan faoliyatga jalb etish orqali maolum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir aozosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. ―6x6x6‖ metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi (4-diagrammaga qarang Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta shakllantiradi.
- Toifali sharhini tuzish qoidalari 1. Toifalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagonausuli mavjud emas. 2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin. 3. O‘rganuvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan toifalarni berish mumkin emas: bu ularning mustaqil tanlovi bo‘la qolsin. 4. Toifali sharhni yaratish yakuniy mahsul sifatida emas, balki jarayon sifatida muhim.: 1-mavzu. KIRISH. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN ISHLATILADIGAN KIMYOVIY MATERIALLAR. KOMPOZISION MATERIAL VA ULARDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI. Reja: Kirish. 1.Avtomobilsozlikda ishlatiladigan kimyoviy materiallarni kelib chiqish tarixi va rivojlanish istiqbollari. 2. Kompozision materiallar. 3. Kompozision materiallardan foydalanishning istiqbollari. Tayanch so‘z va iboralar: Avtomobilsozlikda ishlatiladigan kimyoviy materiallar. Kompozision materiallar. Kompozision materiallarning turlari. Fanning maqsad va vazifalari, Zamonaviy kompozitsion materiallar, Istiqbolli kompozitsion materiallar, Avtomobillarda ishlatiladigan kimyoviy materiallarning rivojlanishi. Mamlakatimiz mutaqillikka erishgandan so`ng o`zining avtomobil sanoatiga ega bo`ldi. Hozirgi kunda Asaka shahrida «GM Uzbekiston avto» va Samarqand shahrida “ISUZU”, “MAN” qo`shma korxonalarini tashkil etilishi zamonaviy engil, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarilishi mustahkam, bikr konstruktsion materiallarga bo`lgan talabni oshirib yubordi. Zamonaviy konstruktsion materiallardan foydalanish ishlab chiqarilaetgan avtomobillarning sifati va harakat havfsizligi jihatidan sezilarli darajada Yuksalisha zamin yaratdi. Konstruktsion materiallarning yangi avlodi ilk marotaba Amerika Qo`shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan. Dastlab bunday materiallardan uchish apparatlarida foydalanilgan. Konstruktsion materiallarning yangi avlod kompozitsion material deb nomlanib ularning yaratilishi materialshunoslik sohasini sifat jihatdan Yuksaltirdi. Kompozitsion materiallardan avtomobilsozlik sanoatida foydalanish transport vositalarini xizmat muddatini av ishonchliligini oshirishga, ogirligini kamaytirish hisobiga ularning yonilgi sarfini kamaytirishga va IYODlari quvvatidan samarali foydalanish imkoninin yartdi. Kompozitson materiallarga bhlgan ehtiyoj shu darajada tezlik bilan hsmoqdaki, bu ehtiyojni qondirish uchun millionlab tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bunday materiallarning ba`zilarini shishaplastiklar va polimer birikmalar asosida olingan boshqa ko`pgina kompozitlardir. Bu kristallarning strukturasi va sirti takomillashganligi tufayli nihoyatda puxtaligi bilan xarakterlanadi. Tolalar bilan mustahkamlangan metallarga nisbatan kompozitlar sinfi ancha kengdir. Sinchlangan yoki dispers fazalar bilan to`ldirilgan plastiklar ajoyib xossalarga ega bo`ladi: ximiyaviy barqarorligi bilan birga nisbiy mustahkamligi yuqori, issiq o`tkazuvchanligi kam va detal’ hamda konstruktsiyalar tayyorlashda texnologik jihatlari qulay bo`ladi. Maxsus to`ldiruvchilar qo`shilgan sinchlangan plastiklar kosmik texnika ob`ektlarini issiqdan himoya qiluvchi sifatida, shuningdek bo`ylama mustahkamligi Yuqori bo`lgan konstruktsiyalarada ishlatiladi.
- 2-mavzu. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN SMOLALAR.: Reja: 1. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. 2. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar va ularning xossalari. 3. Polibutadienli smolalarning xossalari, ulardan olinadigan buym va detallar. 4. Epoksid smolalarning xossalari va ularning qo’llanilish sohalari. Tayanch so‘z va iboralar: Poliefirli smola. Umumiy maqsadlarga ishlatiladigan poliefirli smola. Elastik va bikr poliefirli smolalar. Atmosfera va kimyoviy ta'sirga chidamli smolalar. Vinilkarbonli smolalar. Polibutanli smolalar. Epoksid smolalar. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. XX asrning boshlarida sanoatda, jumladan texnika sohasida smolalar asosida olingan materiallardan foydalanila boshlandi. O’tgan asrning 30-yillarida amerikalik olim K.Ellis tomonidan to’yinmagan poliefirli smolalar asosida erimaydigan qattiq material ishlab chiqarish g’oyasi taklif etilgan. Bunda poliefirli smolaga perekisli initsiator qo’shish taklif etilgan edi. Keyinchalik Ellis tomonidan to’yinmagan poliefirli smolaga vinilatsetat yoki stirol kabi monomerlarni qo’shish natijasida yanada qimmatli materiallar ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Smolalarga manomerlarni qo’shish ularning qovushoqligini kamaytiradi. Buning natijasida suyultirilgan smolaga turli xil initsiatorlarni aralashtirish osonlashadi. To’yinmagan poliefirli smolalar turli xil xususiyatlarga ega. Xona haroratida suyuq smola uzoq vaqt (bir necha oy, hatto bir necha yil) qotmasligi mumkin. Lekin, unga perekisli initsiator qo’shilganda u bir necha daqiqa ichida qattiq holatga o’tadi. Bunda hech qanday chiqinda ajralib chiqmaydi. Smolani qattiq holatga o’tishida issiqlik ajralib chiqadi. Poliefirli smolalar turli xil buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi, jumladan, qurilish panellari, avtomobillar va samolyotlarning detallari va boshqalar. Bunday buyumlarni ishlab chiqarishda asosan sinchlovchi to’ldiruvchi poliefirli smolalardan foydalaniladi. Sinchlanmagan smolalardan esa turli xil tugmalar, su’niy mramir, kuzov shpatlyovkasi va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. To’yinmagan poliefirli smolalarning quyidagi turlari mavjud: umumiy maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalar; elastik poliefirli smolalar; bikr poliefirli smolalar; kam cho’kindili poliefirli smolalar; atmosfera ta`siriga chidamli poliefirli smolalar; kimyoviy ta`sirlarga chidamli poliefirli smolalar; issiqlik ta`siriga chidamli poliefirli smolalar. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalardan paddonlar, suv saqlash uchun idishlar, suyuqlik bilan ishlatiladigan tizimlar uchun detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Elastik poliefirli smolalardan ko’proq mebel , turli xil tugmalar, yog’och materiallariga rez ba ochish uchun qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Bikr poliefirli smolalardan zarb ta`siriga chidamli bo’lgan buyumlar: himoya niqoblari (shlemlari), avtomobillar va samolyotlar detallari ishlab chiqariladi. Kam cho’kindili poliefirli smolalardan avtomobillar va elektr jihozlari detallari tayyorlashda foydalaniladi. Atmosfera ta`siriga chidamli smolalardan qoplamalar,
- 3-mavzu. AVTOMOBILSOZLIKDA ISHLATILADIGAN PLASTMASSALAR.: Reja: 1. Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Termoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. 3. Reaktoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. 4. Termoplastlardan buym olish texnologiyasi. 5. Reaktoplastlardan buym olish texnologiyasi. Tayanch so`z va iboralar: Plastmassa.Termoplast. Reaktoplast. To`ldirgich. Plastifikator. Antioksidlovchi. Pigmentlar. Polietilen. Polipropilen. Ftoroplast. Poliakrilat. Polivinilxlorid. Poliamid. Smolalar. Qatlamli plastmassalar. Tekstolit. Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda transport vositalari va avtomobillar konstruktsiyalarini plastmassa materiallarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu materiallarni ishlatish texnika vositalarining konstruktsiyalarini ixchamlash, massalarini kamaytirish, ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish tannarxini va mehnat sarfini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Plastmassalarni keng ko’llanishiga ularni qimmatbaho metall va yog’och materiallarining o’rnini bevosita almashtira olishi, ko’p hollarda o’zini xususiyatlari bilan ulardan ustun turishi sabab bo’lmoqda. Plastmassalar tabiiy yoki sun’iy smolalar asosida olinadigan yuqori molekulyar birikmalardir. Plastmassalar qizdirish va bosim ta’sirida plastik deformatsiyalanib ma’lum shakl olishi va bu shaklni turg’un saqlab turishi mumkin. Plastmassalar ishlab chiqarish muntazam ko’payib, ulardan foydalanish sohalari kengayib bormoqda. Avtomobillarning konstruktsiyasini polimer materialsiz tasavvur qilish qiyin. Ularni ishlatish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, chunonchi, materiallarga sarf qilinadigan xarajatlar, detallar tayyorlashning mehnat sarfi kamayadi, detallar ancha yengillashadi, kapital mablag’ sarfi va ekspluatatsion sarflar (moylashga, ta’mirlashga) kamayadi va hokazo. Plastmassadan buyumlar tayyorlashda materiallar isrofi 5-10 %dan oshmaydi, metallardan tayyorlashda esa isrof ancha ko’p (60-70 %) bo’ladi. Plastmassadan olingan mahsulotlar metalldan tayyorlanganlarga nisbatan ikki-uch marta arzon bo’ladi. Plastmassalar murakkab tarkibga ega. Ularning asosiy qismini tabiiy yoki sun’iy smolalar (polimerlar) dan iborat bo’lgan bog’lovchi moddalar tashkil etadi. Ular molekulalari bir necha marta qaytariladigan kimyoviy bog’langan zvenolardan tashkil topgan moddalardir. Plastikligi, ya’ni kerakli shaklni olishi va uni saqlab qolishi polimerlarning o’ziga xos xossasidir. Ba’zi polimer birikmalarda atomlarning qo’shni guruppalari bikr karkas tarzda bog’langan bo’ladi. Bunday materiallar eruvchan bo’lmaydi. Plastmassa tarkibiga bog’lovchi moddadan tashqari yana quyidagilar kiradi: To’ldiruvchilar(yog’och uni, qurum, shisha momiq, qog’oz, asbest, gazlama, metall kukunlari va hokazo). To’ldiruvchilar qimmat turadigan asoiy bog’lovchi modda sarfini kamaytirish, shuningdek buyumning mustahkamligini oshirish, kirishishini kamaytirish uchun mo’ljallangan. Asbest tolalar materiallarning issiqqa
- 4-mavzu. AVTOMOBILSOZLIKDA ISHLATILADIGAN REZINALAR: Reja: 1. Rezinalar haqida umumiy ma`lumotlar. 2. Kauchuk ishlab chiqarish. 3. Rezina materiallar olish. 4. Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari. 5. Rezina materiallar xususiyatlarini harorat ta`sirida o’zgarishi. 6. Eskirish jarayonida rezinaning xususiyatlarini o’zgarishi. 7. Rezinalarning xususiyatlarini suyuqliklar ta`sirida o’zgarishi. 8. Avtomobil shinalarini ta`mirlash uchun materiallar. Tayanch so’z va iboralar Rezina. Tabiiy kauchuk. Suniy kauchuk. Vulkanizasiya. Yumshatgichlar. Ebonit. Maxsus rezina-lar. Umumiy ishlarga mo`ljallangan rezinalar. Rezinaning eskirishi. Rezinaning qattiqligi. Rezina komponentlari. Rezina-elimlar. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Rezina buyumlar xalq xo’jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo’llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo’ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamliligi, yemirilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolyatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi. Har qanday rezinali materialning asosi kauchuk bo’lib, zamonaviy yengil avtomobillarda 300 tagacha nomdagi umumiy soni 500-600 ta bo’lgan detallar (yuk avtomobillarida esa 200 tadan 500 tagacha detali) rezinadan tayyorlangan bo’lib, bu detallarni tayyorlash uchun 250-400 kg kauchuk, ya’ni 500-800 kg rezina materiallar sarflanadi, 40 t yuk ko’tara oladigan MAN markali avtomobillarni faqatgina shinalari 4000 kg ni tashkil etadi. Avtomobillarda sarflanadigan rezina materiallarining umumiy massasi avtomobil massasining 8-9 foizini tashkil etadi, shu bilan birga avtomobilning umumiy tannarxini 10-40 foizini tashkil etadi, bundan ko’rinadiki rezina qimmatbaho va kamyob materialdir. Rezinadan texnikada keng ko’lamda foydalanishga sabab quyidagilardir: - materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori sifatli rezinalar uchun - cho’zilishdagi solishtirma uzayish 1000 foizga yetadi); - yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalarning eng yaxshi sortlarini - uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi); - gazni juda kam miqdorda o’tkazishi va suvni butunlay o’tkazmasligi; - yuqori dielektrik xususiyatlari. Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarga asoslangan holda rezinali materiallardan turli xildagi rezinotexnik buyumlar: shinalar, bikr shlanglar, amortizatorlar, tasmali uzatmalar, qistirmalar, salüniklar, muftalar, transport tasmalari
- Kauchuk ishlab chiqarish. Ilgari kauchukli o’simlik shirasidan olinadigan tabiiy kauchuk (TK) dan foydalanilardi. Rezina ishlab chiqarish ko’payishi bilan kauchuk yetishmay qoldi. Hozirgi paytda rezinalarning anchagina qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari hisoblangan, turli sintetik kauchuklar (SK) asosida tayyorlanadi. Ammo dastlabki paytda sintetik kauchukdan olingan rezinalarning fizik-mexanik xossalari tabiiy kauchukdan tayyorlangan rezinanikiga qaraganda yomon edi (mustahkamligi, nisbiy cho’zilishi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi past edi). Lekin neft -kimyo sanoatining yutuqlari tabiiy kauchukdan olingan rezinalardan ishlab chiqarish imkonini beradi.: Kauchuk yuqori molekulyar birikma bo’lib, molekula massasi 100-500 mingga teng (raqam molekula vodorod atomidan necha marta og’ir ekanligini ko’rsatadi). Polimerning katta uzun molekulasi yumaloqlanishga harakat qiladi, lekin bunga molekulalarning o’zaro ta’sir kuchi qarshilik ko’rsatadi. Shuning uchun ham kauchuk juda elastik bo’ladi. Tabiiy kauchuk (TK) Braziliyada o’sadigan geveya daraxtining kauchuk tashuvchilari (shirasi)dan olinadi. Iqlim sharoitiga ko’ra mamlakatimizda geveya daraxtini o’stirish mumkin emas, boshqa tarkibdagi kauchuk tashuvchilari bo’lgan o’simliklar ishlab chiqarish ahamiyatiga ega emas. Shuning uchun mamlakatimizda rezina sanoatining xom ashyosi sifatida sintetik kauchuklardan foydalaniladi. SK ning vatani sobiq ittifoqdir. 1932 yilda dunyoda birinchi marta S.V.Lebedev uslubiga asosan zavod sharoitida butadienli SK sintez qilingan, bu kauchuk uchta xarf bilan markalanadi-SKB. SKB o’zining sifati bo’yicha tabiiy kauchukdan anchagina yomon, shuning uchun uni boshqa SK lar siqib chiqarmoqda. O’tgan asrning 60- yillari boshlarida stereoregulyatorli butadienli kauchuk SKD (divinildi) ishlab chiqarildi. Bu kauchuklar elastikligi bo’yicha TK lardan qolishmaydi, yeyilishga va sovuq ta’siriga chidamliligiga ko’ra TK lardan yaxshiroq. Stereoregulyatorli SK lardan eng istiqboliligi izorenli kauchuk SKI (masalan, SKI-3) dir. Uning formulasi, xossalari TK niki bilan bir xil bo’lganligi uchun uni to’la almashtira oladi. Avtomobillarning rezinali detallarini tayyorlashda monomerlarni polimerizatsiyalash mahsulotlaridan keng foydalaniladi. Istiqbolli universal SK larga butilkauchuk-izobutilenni-izopren bilan sopolimeri kiradi. Bu material avtomobil kamerlarini ishlab chiqarishdagi eng yaxshi materiallardandir (u yuqori gaz o’tkazmaslik xususiyatiga ega). Hozirda 200 turdan ortiq SK lar mavjud. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi to’g’risida ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. 3.1-jadval. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi Kauchuk Asosiy xususiyatlari Ishlatilish sohasi Tabiiy (TK) o’zilishda yuqori mustahkamlik va elastiklikka ega. 60o S dan 100o S gacha haroratlarda ishlatishga yaroqli. 3,6,8,10,12
- 5-mavzu. LOK-BO’YOQ MATERIALLARI VA ULAR ASOSIDAGI QOPLAMALAR: Reja: 1. Lok-bo’yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Lok-bo’yoq qoplami hosil qilish. 3. Lok-bo’yoq materiallari va ular asosidagi qoplamalarni markalash. 4. Asosiy lok-bo’yoq materiallari. 5. Lok-bo’yoq materiallarining sifatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar. 6. Lok-bo’yoq materiallarini ishlatishda xavfsizlik choralari. Tayanch so’z va iboralar: Lok. Buyok. Gruntovka. Shpatlevka. Erituvchi. Plyonka xosil qiluvchi. Lok-buyok materiallarini markalash. Moyli buyoq. Nitroemallar. Buyoqning qovushoqligi. Lok-bo’yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar. Lok-bo’yoq qoplamalar matallarni korroziyalanishdan saqlabgina qolmasdan yog’ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning tashqi ko’rinishini ko’rkamlashtiradi. Avtomobillarni, qishlok xo’jalik mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Bundan tashqari, bo’yalgan buyumlar elektr izolyatsiyalash va issiqdan saqlash xossalarga ega bo’ladi. Lok-bo’yoq materiallari detallarni yuzalarini yupqa plyonka qatlam bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlamga zarur ishlov berilganda lok-bo’yoq qatlami deb Yuritiladi. Lok-bo’yoq qatlami ham boshqa turdagi nometall va metall qoplamalar kabi buyum va konstruktsiyalarni tashqi muhit ta’siridan asrash va ularga tashqi ko’rinish berish uchun xizmat qiladi.
- 6-jadval. Lok-bo’yoq materiallarning qovushoqligini aniqlash natijalari: Lok-bo’yoq material markasi Lok-bo’yoq materialining tajriba paytidagi harorati, o S Qovushoqligi, s O’lchashlar O’rtacha qiymati, s 1 2 3
- 5.4-jadval. Shpatlyovkani quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi: Shpatlyovka quritish rejimi Harorat oC quritish davomiy ligi, soat Ishlatish sohasi Perxlorvinil: Xv-005 Xv-004 20 60 2,5 1.0 Umumiy va mahalliy qoplam berishda. Mahalliy shpatlyovkalashda ishlatiladi. Pentaftalli PF-002 20 24 Umumiy va mahalliy shpatlyovkalashda ishlatiladi. Moyli KF-003 100 1,0 Isiqlikdagi sirtlarda qoplama hosil qilishda umumiy va mahalliy shpatlyovkalashda ishlatiladi. Nitrotsellyuloz ali NL-007 20 1,0 Unchalik katta bo’lmagan nuqsonlarni to’g’rilashda ishlatiladi. Alkidlistirolli MS-006 20 0,25 Unchalik katta bo’lmagan nuqsonlarni to’g’rilashda ishlatiladi. Epoksidli: EP-0010 20 24 CHuqurligi 2 mm gacha (to’ldirgich bilan 5 mm gacha) bo’lgan nuqsonli yuzalarda kimyoviy turg’un qoplam hosil qilishda ishlatiladi. EP-0020 20 24 5 mm gacha egilgan yuzalarni to’g’rilashda ishlatiladi.
- 5.3-jadval. Gruntlarni quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi: Grunt quritish rejimi Harorat, oC quritish davomiy ligi, soat Ishlatish sohasi va asosiy xususiyatlari Vinilxlorid sopolomeri: XS-010 20 1,0 Qora metall, mis va uning qotishma-laridan tayyorlangan buyumlarning sirtida kimyoviy, moy va benzin ta’siriga chidamli bo’lgan qoplamlar hosil qilishda ishlatiladi. XS-059 20 24 Qora metallar, alyuminiy va uning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar sirtida kimyoviy va atmosfera ta’siriga chidamli qoplamlar hosil qilishda ishlatiladi. Gliftalli, GF-0019 20 100 12 0,5 Qora metallar, mis va uning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar sirtini korroziyaga qarshi chidamliligini ta’minlash uchun ishlatiladi Fenolüfor malüdegidli FL-03 20 100...175 12 0,25...0,5 Qora metallar, mis va uning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar sirtini korroziyaga qarshi chidamliligini Yuqori bo’lishini ta’minlash uchun ishlatiladi Moyli KF-030 20 80 40 4 Alyuminiy va uning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar sirtida atmosfera tA’siriga chidamli qoplamlar hosil qilishda ishlatiladi. FL-086 20 80 5 2 Alkidlistirolli MS-015 20 2 Isiqlikda ishlatiladigan qora metallardan tayyorlangan buyumlar sirtida qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi. Pentaftalli PF-020 100 0,5 Qora metallar va yog’ochdan tayyorlangan buyumlar sirtida atmosfera ta’siriga chidamli qoplamlar hosil qilishda ishlatiladi. Akrilli AK-070 20 1,0 Alyuminiy va magniy qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar sirtida qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi.
- VII. GLOSSARIY: Ўзбек тилида XEA Smola Nordon neftli smolalar Rus tili Международное энергетическое агентство Катра Кислые нефтяные смолы Инглиз тилида The International Energy Agency Map Acidic petroleum resins Мазмуни Xalqarо energetika agentligi Asfaltli mоddalar - uglerоd, vоdоrоd, kislоrоd va оltingugurt-larning murakkab birikmalaridir. Yarim suyuq cho`ziluvchan, to`q sariq yoki jigarrang mоdda. Asfaltоgen kislоtalar va ularning angidridlari yarim qattiq va qattiq mоddalar bo`lib, zichligi 1 g/sm 3 dan yuqоri.