Avtomabillar texnik ekspluatasiyasi
Ushbu kitob "Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi" fanidan olingan ma'ruzalar, laboratoriya mashg'ulotlari va mustaqil ta'limni tashkil etish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar asosida tuzilgan. Kitobning asosiy maqsadi - talabalarga avtomobil tizimlarining ekspluatatsiyasi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning zamonaviy usullari, jihozlari hamda ularning ishlash prinstiplarini o'rgatishdir. Kitobda avtomobilning umumiy tuzilishi, dvigatel, transmissiya, kuzov va kabina, rul boshqarmasi, tormoz tizimi, elektr jihozlari, shinalar, shuningdek, servis jihozlari va ularning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish, fanning predmeti, vazifalari va manbalari: Avtomobil transportini ekologikligi, iqtisodiyoti, rivojlanish istiqbollari, zamonaviy avtomobillar va ularning tuzilishi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning nazariy asoslari.
- Avtomobillarning tortish-iqtisodiy xususiyatini diagnostikalash jihozlari: Avtomobilning tortish xususiyatlarini aniqlash va baholash, diagnostika jihozlari, yonilg'i sarfini aniqlash usullari, chiqindi gazlar tarkibini aniqlash.
- Avtomobil kuzovi va kabinasini tozalash va yuvish jihozlari: Avtomobil salonini va kabinasini tozalash va yuvish jihozlari, chang so'rg'ichlar, yuvish jihozlari turlari, avtomobilni qo'lda yuvish jihozlari, cho'tkali yuvish jihozlari, avtomatik yuvish qurilmalari, avtomobilning chiqindi gazlarini va qatlamlarini tozalash.
- Avtomobilning yurish qismini diagnostikalash, TXK va JT jihozlari: G'ildiraklarni o'rnatish burchaklarini diagnostikalash jihozlari, avtomobil osmasini diagnostikalash jihozlari, shinalarni ajratish-yi'gish, ta'mirlash jihozlari, g'ildiraklarni muvozanatlash jihozlari.
- Avtomobilning tormoz tizimini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi: Tormoz tizimini diagnostikalash stendlari, ABS tizimli tormoz boshqarmasini diagnostikalash, tormoz boshqarmasi agregat va detallarini ta'mirlash jihozlari.