Mirzo Ulug’bek tuman 1-sonli stomatologik poliklinikaning arxitektura dizayn yechimi
Diplom ishimda stomatologiya poliklinikasining dizayn yechimi ko'rib chiqilgan. Asosiy zonalarning xajmiy-rejaviy va badiiy yechimlari, ularning arxitekturasini rivojlantirish tendentsiyalari, tabiiy hamda sun'iy yoritish masalalari, qurilishdagi zamonaviy me'yor va qoidalar, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish me'yorlari va hokazolar qamrab olingan. Landshaft arxitekturasining bugungi holatiga holisona baho berish, uning kelajakdagi taraqqiyotini to'g'ri belgilash uchun bu sohada qo'lga kiritilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilinishi, umumlashtirilishi va tegishli xulosalar chiqarilishi kerak. Mustaqillik yillariga hali ko'p vaqt bo'lmasada, bu davrda bajarilgan bunyodkorlik ishlari, me'morchilik san'atining ilg'or yo'nalishlari va kamchiliklar aniqlanishi, tahlil qilinmog'i va xolisona baholanmog'i zarur. Landshaft arxitekturasi va dizayni keyingi yillarda keng urf bo'lmoqda. Hozirda bizning diyorimizda qurilayotgan yangidan-yangi binolar atrofi, yangi bog'lar(qishki bog', yopiq bog'), park va xiyobonlar landshaft arxitektori yoki dizaynerlarsiz go'zal va tartibli ko'rinishga ega bo'lmaydi. Yoshlarni go'zallikka oshno kishining oddiy va sinalgan yo'li ularning muhitini go'zal qilish, atrofidagi buyum, jihozlar, devorlar, muhitini ham chiroyli va mazmunli bo'lishini ta'minlash va tanlash eng muhim masala. Tashqi va ichki muhitda foydalaniladigan fovvoralar, dekorativ havzalar, skameykalar, axlat qutilari, gultuvaklar, kechki yoritish chiroqlari, reklama qurilmalari, stendlar kabi mo'jaz arxitektura formalari hamda formovka qilingan tabiiy o'simliklar, yashil devorlar, bordyurlar, klumbalar, rabatkalar, miksborderlar, Bino va imoratlarni tabiat bilan uyg'unlashtiruvchi vositalar kishilarga huzur baxsh etadi. Tashqi muhitni, shahar va binolar atrofi muhitini, ularning ichki muhitlariga kompozitsion jihatdan bir butunlik kashf etuvchi Landshaft arxitekturasi va Landshaft dizaynining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Mustaqillikka erishgach, sog'liqni saqlash muassasalariga xamda qurilish madaniyatiga bo'lgan e'tibor sezilarli darajada kuchaydi. Xalq boyligi sanaladigan yashashning turmush arzini himoyalovchi sog'lomlashtirish maskanlarini qayta tiklash ularni asrab avaylash, o'rganish davlat siyosatining muhim vazifalari sirasiga kiritildi. Chet mamlakatlari bilan o'rnatilgan tashqi aloqalar, katta bosimdagi information oqim boshqa soxalarda bo'lgani kabi arxitektorlar va quruvchilar oldiga xam yangi arxitekturaviy izlanishlar talablarni ko'ndalang qo'yiladi. Eng asosiysi jamiyatimizda sog'lomlashtirish maskanlarini ko'paytirish, qayta rekonstruksiya qilish jarayoni yuzaga keldi. Arxitektorlar va dizaynerlar tomonidan avvalgidan farqli o'laroq binolarga individual ijodiy yondashish saloxiyati kuchaydi. Bu hozirda qurilayotgan sog'lomlashtirish davolash maskanlari misolida yaqqol namoyon bo'la boshladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog'liqni saqlash soxasining bir gurux yetakchi mutaxasisslari bilan uchrashdi. "Sog'liqni saqlash soxasini isloh davlat siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biridir' Sh.Mirziyoyev. Mamlakatimizda sog'liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish tibbiyot xodimlari mexnatini rivojlantirish davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga aloxida e'tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov raxnamoligida amalga oshirilgan xalqimizning munosib xayot sifatini ta'minlash onalik va bolalikni muhofaza qilish har tomonlama sog'lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida hayotga tatbiq etilgan keng ko'lamli isloxotlar samarasida sog'liqni saqlash tizimi tubdan o'zgardi. Axolining sifatli tibbiy xizmatdan fodalanish O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risida”gi qonuni bilan mustaxkamlandi.
- Arxitektura qismi: Mirzo Ulug'bek tumani 1-sonli stomatologik poliklinikasining arxitekturaviy va konstruktiv yechimi. Bino konstruksiyasiga qo'yiladigan talablar quyidagicha: - Funksional talab – bino qaysi jarayonga mo'ljallangan bo'lsa, shu jarayonning talablariga to'la javob berishi kerak; - Texnik talablar – mustaxkamlik talablariga to'la javob berishi kerak. bunda loyihaning to'g'ri tanlangani, atmosfera ta'siriga chidamliligi va seysmik talabga to'liq javob berishi kerak; - Arxitekturaviy-badiiy talab – binoning ichki va tashqi ko'rinishi barcha talabga javob berishi kerak. Binoning konstruktiv elementlari: poydevor, devor, zinalar, parda devorlar, eshik va derazalar, ustunlar va h.k. Toshkent shaxar 1-stomotologiya poliklinika loyihasi qilinayotgan hudud, eng avvalo, konstruktiv jihatdan o'rganib chiqildi. Π Qurilish hududi – Mirzo Ulug'bek tumani Π Iqlimi – keskin continental Π Hududning zilzila bardoshligi – 8 ball Bino konstruktiv jihatdan mustahkamlik darajasi bo'yicha karkasli va temir betondan bo'lsa, to'liq ravishda talabga javob berad. Poliklinika binosida hamkarkasli, ham temir beton konstruksiyasidan foydalanildi. Kompleks loyihasini konstruksiyalashda KMK me'yoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda rejalashtirildi. Eng avvalo, asos grunti o'rganib chiqildi, geodezik olimlar tomonidan hudud ko'rib chiqildi. Asos tuprog'i laboratoriyada o'rganiladi. Zamin gruntining yuk ko'taruvchanligi, seysmik jihatdan mustahkamligi hisoblandi. Poydevor yer osti qismiga bog'langan bo'lib, u barcha tushadigan og'irlikni qabul qilib, asosga uzatadi. Asos esa yerga tarqatadi. Poydevor ostida joylashib, binoning og'irli gini o'ziga qabul qiluvchi tuproqning massasiga asos deb ataladi. Asoslar 2 xil bo'ladi: tabiiy asos va sun'iy asos. Bu loyiha ishi tabiiy asosga egadir. Tabiiy asos deb, qurilgan binoning og'irligini o'zining tabiiy holatida ko'tarib tura olishi mumkin bo'lgan poydevor osti tuprog'iga aytiladi. Asosiy konstruksiya temir-beton karkas va g'ishtdan. Temir beton konstruksiyasi ichki chizmalarga asosan qilingan. Eng yuqori binosi 2 qavatni tashkil etib, har bir qavat deformatsiya choklari bilan bo'lingan. Binoning yuk ko'taruvchi ustunlari (kollona) monolit temir-betondan loyihalangan. Bino poydevori yuk ko'taruvchi g'ishtli devor tagida B20 (M250) sinfiga oid portlandsementda tayyorlangan o'zaro kesishgan monalit temir-beton lentasimon, ustunlar osti esa ustunsimon qilib loyihalangan. Rigellar (ustunlar) monolit temir-betondan tayyorlanga bo'lib, kesimlari to'g'ri to'rtburchak shaklida 400x500 mm. qilib, B25 klassdagi betonlardan tayyorlanadi. Qavatlar aro yopmalar esa monolitdan, bog'lovchi to'sinlar ham qurilish maydonida temir-betonlardan monolit usulda o'rnatiladi. Devorlar binoning asosiy konstruktiv elementi bo'lib, ular tashqi muhitdan himoyalashdan tashqari o'ziga tushadigan yukni qabul qilib poydevorga uzatuvchi qurilma hisoblanadi. Tashqi devorga qo'yiladigan talablar: qor va yog'ingarchilik ta'siriga chidamliligi, shamol tezligiga ta'siri, quyosh radiatsiyaga bardoshliligi, temperature ta'siri, seysmik ta'sir va boshqalar. Devorlar asosan materialiga qarab paxsadan, g'ishtdan, yog'ochdan, betondan tayyorlanadi. Devorlar 3 turga bo'linadi: yuk ko'taruvchi, o'zini- o'zi ko'tarib turuvchi va osma devorlar. Mahalla guzari binosida asosan yuk ko'taruvchi devor qo'llanilgan. Tashqi devor panellarining konstruksiyasi bir va uch qatlamli bo'lishi mumkin. Bir qatlamli panellar, odatda, keramzit beton yoki yengil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. Uch qatlamli panellarning ikkita chetki qatlami temir-betondan ishlanib, o'rta qatlami mineral paxta, k'pik beton singari issiq-sovuqni o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Uch qatlamli panellar ichkariga qaragan temir-beton qatlami yuk ko'taruvchi qatlam hisoblanadi. Uning qalinligi hisob bilan belgilanib, zilzila kuchi 7 -8 ballgacha mo'ljallangan hududlar uchun 8sm va 9 balli hududlar uchun 10 smdan kam bo'lmasligi lozim. Demak bizning hudud 8 balli bo'lsa ham, yuk ko'taruvchi qatlam qalinligini 10 sm qilib oldik. Bu bino devorining mustahkamligini oshiradi. Tashqi devorlarni loyihalayotganda iqlimdan kelib chiqib, deformatsiya choklari qo'yiladi. Deformatsiya choklari ham 3 turga bo'linadi: temperature, cho'kish va zilzilaga qarshi choklar. Loyihalangan bino tashqi devorlarida temperatura choki qo'yilgan bo'lib, bu chok qalinligi 25 mm qilib olingan. Chok poydevorgacha keladi va harorat o'zgarganda devordagi turli xil yoriqlar oldini olish uchun qo'llanilgan. Ichki devorlar ham bir qator vazifalarni bajaradi. Xonalarni ajratish bilan birga tovush o'tkazmaslik ham muhim vazifa. Ichki devorlar bir qatlamli qilib ishlangan bo'lib, panel qalinligi 12 sm qilib olingan. Parda devorlar ichki devor guruhlari tarkibiga kirib, ko'ndalang va bo'ylama yo'nalishda joylashishi mumkin. Me'yoriy hujjatlarga asosan bir xonadan ikkinchi xona o'rtasidagi parda devorlarning tovush o'tkazmaslik hususiyati 0dB ga teng, xonalar orasida 9dB bo'lishi kerak. (dB tovush bosimining o'lchov birligi) Insonning tovush bosimi to'lqinlarini qabul qilish qobiliyati 0 bilan 12 dB oralig'ida yotadi. Parda devorning massasi oshgan sari tovush o'tkazmaslik xususiyati ham ortib boradi. Tovush energiyasi zichliklari har xil bo'lgan ko'p qatlamli parda devorlardan o'tganda o'z kuchini yo'qotadi. Agar qatamlar orasida bo'shliq ko'zda tutilsa, bunday parda devorlar tovush o'tkazmaydi. Binoning turiga qarab parda devorlar o'tga chidamli yoki yonmaydigan bo'lishi kerak. G'ishtli binolarni sesymik mustahkamligini oshirish uchun bir qancha tadbirlar o'tkaziladi: 1- seysmik kamarlar ishlatiladi, seysmik kamar balandligi minimum 15 sm. Eni asosan devor eniga bog'liq, agar devor 2 yoki undan ortiq g'isht bo'lsa, kamar eni devor endian kichikroq bo'lishi mumkin. Mavjud bo'lgan binosi loyihasiga biz qo'shimcha bino taklifini kiritdik. Bu bino Qorasuv-3 daxasida joylashgan bo'lib, shimoliy shimoliy Sharqiy tomondan Matqobulov Abdujamil ko'chasi bilan tutashgan G'arbiy Shimoliy tomondan Tyanshan tog'lari etaklarida, 440-480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2,340,900 kishini tashkil etadi (2013). Shahar Qozogʻistonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 327,9 km². Iqlimi. Iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati -25,-30 C° gacha boradi. Asosiy yog'inlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi. Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning o'rtacha temperaturasi -1,1°, eng past t-ra -29°. Iyulning o'rtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 360- 390 mm yog'in yog'adi. Chirchiq daryosidan chiqarilgan va butun shahar bo'ylab o'tadigan Bo'zsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqo'rg'on, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiklimiga ijobiy ta'sir ko'rsatad 2014-yilining boshiga kelib Toshkentning doimiy aholisi soni 2352,9 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Toshkent shahri MDH davlatlari orasida to'rtinchi o'rinda turadi (Moskva, Kiyev va Sankt-Peterburg shaharlaridan keyin). Mirzo Ulug'bek tumani (1935 yilgacha Proletar tumani, 1992 yilgacha Kuybishev tumani; 1992 yil maydan Mirzo Uluyebek tumani) — Toshkentdagi ma'muriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hozirgi chegarasi 1978 yil dan buyen oʻzgarmagan. Toshkentning shim.sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shim.sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yo'ligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zdi, Ulug'bek shaharchasi g'am tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km², shu jumladan, ko'kalamzorlashtirilgan hudud - 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Ko'chalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqo'rg'on ko'chalari, Buyuk ipak yo'li shohko'chasi, Habib Abdullayev ko'chasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, „Toshkentkabel", traktor zdlari, „Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi", lokbo'yoq zdlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes sub'yektlari bor. 27 i.t. instituta, 10 loyiha instituti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya unti va boshqalar) xamda umumqo'shin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy ta'lim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va san'at maktabi, 10 kasalxona va dispanser, „Ona va bola
- Badiiy-dizayn qismi: Mirzo Ulug'bek tuman 1-sonli stomatologik poliklinikasining badiiy – dizayn yechimi. Zamonaviy arxitekturada derazalardan o'zgacha usulda qo'llanilmoqda. Materiali plastikdan bo'lib, o'zgacha shakl berilgan. Derazalar ustiga milliy naqshdan bezak berilgan. Deraza oynalari qanchalik katta bo'lsa, xonaga shuncha ko'p yorug'lik tushadi. Tabiiy yorug'lik inson salomatligi uchun foydalidir. Yorug'lik yetarli darajada bo'lishi uchun tom qismida ham kichik hajmdagi derazachalardan foydalanilgan. Loyihamizning har bir xonasida tabiy yorug'lik kerak bo'lgani sababli hech bo'lmaganda kichik kichik hajmli derazalar joylashtirdik. Eshiklar bino ichiga kirish va birdan biriga o'tadigan xonalarni o'zaro izolyatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning soni va o'kchamlari xonaga to'g'ri kelgan kishilar soni, binoning ko'rinisi va boshqalar zamini bo'yicha aniqlanadi. Eshiklar devorlargamaxkamlanadigan rom ko'rinishidagi kesaki va ularga ilingan tavaqadan iborat bo'ladi. Tavaqa soniga qarab eshiklar bir, bir yarim va ikki tavaqali bo'lishi mumkin. Binoda joylashishiga ko'ra eshiklar ichki, tashgqi va shkaf eshiklariga bo'linadi. Odatda bir tavaqali eshiklarning kengligi 600, 700, 800, 900 va 1100 mm, ikki tavaqaliniki esa 1200, 1400 va 1800 mm ga teng qilib olinadi. Turar-joy binolari eshiklarining balandligi 2000 va 2300 mmga teng bo'ladi. Evakuatsiya uchun mo'ljallangan maxsus xonalar va xizmat eshiklarining balandligi 1200 va 1800mm bo'lishi mumkin. Bino loyihalanayotganda pol va ularning konstruktiv yechimi ham ko'rib chiqilgan. Pollar to'g'ridan to'g'ri oraliq yopmalar ustidan, podvalsiz binolarimizda esa to'g'ridan- to'g'ri grunt ustidan pollar tayyorlanadi. Pollarning yuzasi qoplama yoki haqiqiy pol deyiladi. Pollarning turlari ham ko'p: yog'och taxtali pollar, lenolium pollar, keramik pollar, mozaykali pollar va boshqalar. Agar bino podvalsiz bo'lsa, u holda o'lchami 25x25 sm bo'lgan tumbalar ustiga lagalar qo'yib qoqib chiqiladi. Taxta pollar shpuntlarining shakli to'rtburchak, doira yoki trapetsiya shaklida bo'lishi mumkin. Zinalar qavatlar orasidagi aloqani amalga oshirishga hizmat qiluvchi asosiy yuk ko'taruvchi konstruksiyalardandir. Bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yong'in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish hizmatini bajarishi kerak. Zinalar vazifasiga qarab quyidagi hillarga bo'linadi: Asosiy va yordamchi zinalar, qavatlar orasida kishilarning kundalik ommaviy qatnovi va binodan tashqariga chiqish uchun hizmat qiladigan zinalar. Yordamchi zinalar o't o'chirishda, avariya vaqtida foydalaniladigan, yerto'laga tushish uchun hizmat qiladigan zinalar kiradi. Zinalar qiya joylashgan marshlar, gorizantal supachalar va harakat xavfsizligini ta'minlovchi tutqichlardan iboratdir. Zina devorlari yetarli darajada o'tga chidamli bo'lgan maxsus xonalarda zina kataklarida quriladi. Binodagi zinalarning soni, joylashishi, o'lchamlari, qabul qilingan binoning arxitektura tarxiy yechimiga, qavatlar soniga odamlar harakati oqimining shiddatiga (intensivligiga) bevosita bog'liq. Zinalar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: mustahkamlik, harakat xavfsizligi, yongʻindan xavfsizlik, harakat vaqtida toliqmaslik, gigiyena, iqtisodiy va hokazo. Qavatlar aro zinalardagi marshlarning soniga koʻra 1,2,3,4 marshli zinalar boʻladi. Zinalar 15x30 nisbatda, ya'ni balandligi 15sm kengligi 30sm boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Zinalar materialiga koʻra: yog'och, poʻlat, temirbeton; yig'malik darajasiga koʻra: yaxli, yig'ma, yig'ma blokli boʻladi. Asosiy zinalarning bir marshdagi zinapoyalar soni 18dan ortiq va 3tadan kam bo'lmasligi kerak. Konstruktiv yechimga koʻra kapital qurilishda zinalar 2 ta asosiy yechim asosida industrial usulda tayyorlanmoqda: Yirik bir qavat uchun har birining ogʻirligi 101,5tonna boʻlgan 5ta elemantdan iborat, ya'ni 3ta supacha va 2 ta marsh. Og'irligi 3 tonna atrofidagi 2 ta elementdan iborat. Zina marshi 2ta yarim supa bilan birga quyma ravishda tayyorlangan, ya'ni yiriklashtirilgan elementlardan tashkil topgan zinalar marshlarining va supachalarining shakllari turlicha bo'lishi mumkin. LIFTLAR Liftlar besh va undan yuqori qavatli turar-joy binolarida qoʻllaniladi. Ular uch xil bo'ladi: odamlarni koʻtarib tushirishga mo'ljallangan, yuklarni koʻtarib tushirish uchun (sanoat binolarida) hamda xizmat (meditsina) liftlari. Yuk ko'tarishga nisbatan turar-joy binolarida 350 kg (5 kishi) va 500 kg (7 kishilik) yuk ko'taruvchi liftlar ishlatiladi. Liftlarning asosiy elementi mashina boʻlinmasiga o'rnashtirilgan ko'taruvchi lebedkaga poʻlat arqonlar yordamida osilgan kabinadan iborat bo'ladi. Lift shaxtasi butun balandligi boʻyicha to'rt tomonlama oʻraladi va uni ostkiqismida balandligi 1300 mm ga teng chuqurcha bo'lib, u joyga amortizator va tortib turuvchi uskuna joylashtiriladi. Mashina bo'limi shaxtaning tepa qismida yoki ostki qismida joylashdgan bo'lishi mumkin. Hozirgi paytda turar-joy binolarida o'rnatiladigan lift shaxtalari qalinligi 120 mm bo'lgan temir-beton yig'ma quti ko'rinishidagi elementlardan tuzib chiqiladi. Lift shaxtalarini odatda zinapoya yaqiniga o'rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. MODERN XIX asr oxiri XX asr boshlarida butunlay yangi zamonaviy uslub -modern paydo boʻldi. Uning asosiy belgisi –bezak; asosiy mazmuni -oʻsayotgan oʻsimlik; asosiy prinsipi -qo'l bilan ishlangan naqsh tabiiy shaklga o'xshatish va aksincha. Konstruktiv va dekorativ elementlar organik ravishda uyg'unlashib ketgan. Uylarning fasadlari simmetrik emas. Intererlarning ifodali xususiyatlari: karnizlarning (bukilgan) egilgan ko'rinishi, eshik va oynalar oraliqlarining aylana shakli, yog'ochdan qilingan boy naqsh bezaklari, rangli oyna, rangli metal. Yangi konstruktiv-texnik vositalar va loyiha yakka, ko'rinishi alohida binolarni ko'rish uchun ishlatiladi. "Modern" uslubi (fransuzcha moderne –yangi, zamonaviy). Modern -XIX-XX asrlardagi Amerika va Evropa san'atidagi yo'nalish (us;ub). Modern –turli davrlar san'at ko'rinishini o'zlashtirdi va qayta mazmun kiritdi, o'zining badiiy uslubini ishlab chiqdi, bu uslub assimetriyaning tamoyillariga, naqsh va bezakka asoslangan. Modernning uslublashtirish ob'yekti tabiiy shakllar hamdir. Bu faqat asarlardagi o'simliklar naqshlariga bo'lgan qiziqish bilan emas, balki ularning plastik va kompozitsion tuzilishi bilan –egri chiziqlarning ko'pligi o'simlik shaklidagi tekis bo'lmagan konturlar bilan tushuntiriladi. Modern bilan uzviy bog'liq bo`lgan jihat – bu simvolizm, u modern uchun falsafiy-estetik asos bo'ladi, o'zining g'oyalarini plastik tarzda amalga oshiradi. XIX asr oxiri -XX asr boshlaridagi Yevropa va Amerika san'atidagi uslub "modern" turli mamlakatlarda turlicha nom olgan: masalan “Art Nuvo” (Art Novvezu) -Fransiyada va Belgiyada, Yugendstil (Jugendstil) Germaniyada, Setsession (Sezession) Avstiyada, Liberti (Liberty) Italiyada va boshq. Modern jadal rivojlanayotgan industrial jamiyatda vujudga keldi. Modern san'atida, bir tomondan badiiylik, individuallik g'oyalari, ikkinchi tomondan san'atga utopik ravishda jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlar vositasi deb qaraldi (masalan: Bel'giyalik H.K. Van de Velde ishlarida sotsialistik utopist U. Morris g'oyalariga asoslanadi). Insonni o'rab turgan muhit – turar-joy binolari me'morchiligidan to liboslar detallarigacha uslubni shakllantiruvchi prinsiplari borligini tasdiqladi. Modern vakillari esa, me'morchilikka san'at sintezining noma'lum tarafining asosi deb qaradilar. Modern shaxsiy uylar-qasrlar, tadbirkorlik binolari, sanoat va savdo inshootlari, vokzallar, foyda keltiruvchi binolar me'morchiligida yaqqol ko'rindi. Modern me'morchilikda boshqa uslublar tizimidan, order yoki eklektik tizimidan olingan inter'er va fasad qismi bezaklarini inkor qildi. Modern uslubini konstruktiv va dekorativ elementlarga ajratib bo'lmaydi; modernning bezak uslubi - me'moriy shaklni estetik tushunib olishdadir. Bino tuzilishida ichki maydonning qurilishi muhim ahamiyatga ega, bu tashqi shaklni ritmik va plastik tasvirlashda ifodalandi. Modern binolarining fasadlari dinamik va qo'nimsiz shaklda, u haykaltaroshlikni yoki organik tabiiy hodisani eslatadi, gohida bino hajmi elementlarini yaqqol geometrik ko'rinishini ta'kidlab turadi. (Ispaniyada A.Gaudi, Belgiyada Viktor Orta va Van de Velde, Rossiyada F.O.Shextel' qurilishi, Xofman I., Y.M. Ol'brix Avstriyada, I.R.Makintosh Shotlandiyada). Modernning ayrim meʼmorlari funktsionalizmni qo'llab-quvvatladilar, binoning karkas tuzilishini aniqlab, hajm va og'irlikning o'zgarishiga e'tibor berdilar (O.Vagner va Xafman qurilishlari Avstraliyada, P.Berens Germaniyada, O.Perre Fransiyada). Milliy va tarixiy yo'nalishnng ayrim detallarini olgan XIX asr elektizmidan farqli ravishda modern uslublashtirish orqali turli davr va uslublarning san'at qirralarini organik o'zlashtirdi, bu oldingi me'morchilik namunalarida, bir butunlik g'oyasini tabiatdan olishda, badiiy obrazning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligi tamoyillarida aks etdi. Muhim ifoda vositasi bo`lgan bu xususiyatlar egri chiziqlar bezagidir. U o'ziga asarning kompozitsion tuzilishini bo'ysundiradi, shuningdek ekspressiv oqim bilan to'ldirilgan. Naqsh bilan boshlanishi modern san'atining barcha turlarini birlashtiradi. Inter❜yerlarda nafis chiziqlar o'rami, devor bo'ylab cho'zilgan harakatdagi o'simlik bezaklari, polda, shipda ham birlashish joylarida to'planadi, me'moriy (bo'shliqni) maydonni biriktirib, uni faollashtiradi. Naqsh chiziqlari ma'naviy-ruhiy va ramziy ma'noga ega, tasvirni begona element bilan, jonlikni jonsiz bilan uyg'unlashtiradi. Venalik modern ustalari -Xofman, Ol'brix, Makintosh rahbarligidagi "To'rtta Shotland guruhi ishlarida aylana va kvadrat (mazmuni) motiviga geometrik naqsh juz'iy o'zgarish beradi. Modern uchun san'atning dastgohli va amaliy bezak shakllariga chuqur kirib borish o'ziga xos. Rangtasvirda panno muhim ahamiyat kasb etadi, haykaltaroshlikda esa -relyef. Me'mor, rassom va haykaltaroshning asosiy maqsadi sintetik, butun san'at asari yaratishdir. Bu an'ana universal-rassomning tug'ilishida o'z aksini topadi, u ijodiy faoliyatning turli xil ko'rinishida ifodalanadi. (mas., Van de Velde). Modern rangtasviri uchun naqshli gilamli ko'rinishning bezakli shartligi bilan ayrim detallar, figuralar, qiyofani (natural) tabiiy sezishning moslashib ketishi xos, bunda katta nafis monoxromli rangli tekislik qo'llanilai. P.Gogen, Fransiyadagi "Nabi” rassomlar guruhi, Avstraliyadagi G.Klimt, Belgiyada Knopf, Novergiyada E.Munk, oz bo'lsa ham M.A.Vrubel', Rossiyadagi “Mir iskusstva" vakillari asarlarida modern uslubi simvolizm uchun xos bo'lgan mavzularni gavdalantirish uchun ishlatiladi. Modern haykaltaroshligi (bel'giyalik J.Minne, Nemis G.Obrits) shakl va ko'rinishning qo'nimsizligi va dinamikasi bilan farq qiladi. Modern ayniqsa amaliy bezak san'atida keng yoyildi, huddi me'morchilikdagidek organik shakllarga ayrim detallarning, predmetlarning o'xshashligi. (Gaudining keramik va temir buyumlari; E.Gimarning metroga kirishdagi metall peshtoqlari; E.Gallening shisha buyumlari; R.Lalik (Fransiya) taqinchoqlari, AQSHda L.K.Tiffanning shisha idishlari, Van de Velde mebeli) Modern me'morchiligi tabiiy chiziqlar va yangi texnologiyalardan (metal, shisha) foydalanish bilan to'g'ri chiziqni inkor etadi. Boshqa uslublar kabi, modern me'morchiligini bir vaqtning o'zida nafis, ko'rkam imoratlar yaratishga intilish farqlab turadi. Asosiy e'tibor faqat binoning tashqi ko'rinishiga emas, balki inter'yerga qaratiladi. Barcha konstruktiv elementlarga badiiy jihatdan ishlov beriladi, zinapoyalar, eshiklar, (stolbalar), ustunlar, balkonlar. Modern yo'nalishida ishlagan meʼmorlardan biri Bel'giyalik Viktor Orta (1861-1947). U o'z loyihalarida yangi materiallarni, ya'ni metall va oynani birinchi marta qo'lladi. Temirdan qilingan olib o'tuvchi konstruktsiyalarga u o'zgacha shakl berdi, bu shakllar (hayoliy) fantastik o'simlikni eslatadi. Zinapoya panjarasi, shipdan osilib turgan yoritgichlar hatto eshik (ruchka) ushlagichlari hammasi yagona uslubda loyihalandi. Fransiyada modern g'oyasini Ektor Gimar rivojlantirdi, u shuningdek Parij metrosiga kirish pavilonlarini qurdi. Antonio Gaudi esa keyinchalik me'morchilik xaqidagi klassik tushunchadan yiroqlashdi. U qurgan imoratlar atrofdagi manzaraga shunday mos tushganki, bu inson qo'li bilan emas, tabiat tomonidan yaratilgan degan fikr tugʻiladi. "Setsession" deb atalgan va birinchi Belgiyada paydo boʻlgan bu uslub Germaniyada "Yugendstil" degan nomni oldi. Avstriyada "setsession", Fransiyada "ar-nuvo” deb ataldi. “Setsession” atamasi XIX asr oxirida Yevropada vujudga kelgan "rassomlar va meʼmorlar ittifoqi" ya'ni "setsessiy” degan so'zdan kelib chiqqan, tarjimasi ixtilof ya'ni ajralib ketish. Birinchi setsessiya Myunxenda paydo boʻldi. Modern me'morchiligi turlicha. U oʻzidan oldingi yoʻnalishlarning elementlarini olgan. Bu uslubda qurilgan imoratlar Mavritaniya saroylarini, qasrlarini, zavod korpuslarini eslatadi. Ammo undan oldingi eklektizm, renessans va barokkodan shakli toʻgʻri nusxalari olishni inkor etishi bilan farq qiladi. XIX asr oxirida Chikagoda Luis Salliven, Amsterdamda Genrix Petrus Berlage, Belgiyada Anri van de Vel'de va Venada Otto Vagner oʻxshatishlikka qarshi chiqib, bir vaqtning oʻzida oʻz talablarini qoʻydilar, ularning qarshiligi e'tiborsiz qolmadi. Boshlang'ich davrda yoʻnalish rivojlana bordi va vaqt o'tishi bilan undan bir nechta oqim ajralib chiqdi. Neoromantizm -bunda gotika, renessans va roman uslubi elementlaridan foydalanilgan -S.Peterburgdagi fransuz elchixonasining katolik ibodatxonasi (L.N.Benua va M.M.Peretyatkovich), bino roman stilidagi elementlar bilan bezatilgan. Ichkarisi: neoromantizm: gotizm, vizantizm va yana bir qator an'analar. Neoklassitsizm, misol –Moskvadagi A.S.Pushkin muzeyi, Parijdagi Yelisey maydonidagi teatr (O.Perre), Londondagi “Pikadilli" mehmonxonasi (N.Shou), Peterburgdagi Bolshaya Morskaya ko'chasidagi Azov-Don banki. Ratsionalizm, bunda oddiy shakllar ustun turadi. Rossiyada “Ratsionalizm" atamasini odatda modernga emas, keyingi avangardga ishlatishadi. Irratsionalizm, misol –Parijdagi “Samariten” doʻkoni (F.Jurden). "G'isht uslubi” –meʼmorlar suvoqni inkor etishgan va imoratlarning barcha bezak, detallari g'ishtdan qilingan. (uning asoschisi Rossiyada V.A.Shtyoter). Ayrim yirik shaharlarda va hududlarda modern oʻziga xos xususiyatlariga ega. Shu asnoda quyidagi atamalar paydo boʻldi: Vena, Berlin, Parij moderni, Rossiyada -Moskva, Peterburg, Riga, provinsial va boshqalar. Skandinaviyada “Milliy romantizm" deb atalgan me'moriy yo'nalish vujudga keldi. Rossiyada bu yoʻnalish “Shimoliy modern" yoki "Finskiy modern" deb ataladi, bu stildagi uylarni Viborg shahrida ham uchratish mumkin. Modern me'morchiligida konstruktiv va bezak elementlari organik ravishda uyg'unlashib ketgan. San'at sinteziga bir butun misol bu qasrlar, pavil'onlar, modern davri jamoat binolari. Ular “ichkaridan tashqariga qilib qurilgandek, ya'ni ichki (bo'shliq) maydon binoning tashqi ko'rinishini ifodalaydi. Bunday imoratlarning fasad (old ko'rinish)lari shakllanayotgan organizmga o'xshab, bir vaqtning o'zida tabiiy shaklni va haykaltaroshning erkin tarzda shakllarni yaratish natijasini eslatadi. Ayniqsa, bu imoratlarning inter❜yerlari karnizlar egiluvchanligi, aylana shaklidagi oyna, eshiklar oraliqlari, yog'och naqshli bezaklar, rangli shisha, rangli metall bilan taassurotli. Ispaniylik me'mor A.Gaudi ijodi ajoyib me'moriy ansamblning yagona ramziy obrazini yaratishda yorqin va takrorlanmas misol bo'la oladi, u huddi osmonga qadar o'sa borib reallik va fantaziya bitta bilib ifodalangan. Modernning badiiy tili simvolizmning g'oya, obrazlarini tasvirlaydi, u murakkab o'simlik bezagi bilan moslashadi, egiluvchan oqayotgan chiziq va tekislikdagi rangli dog'lar bilan uyg'unlashadi. Xuddi shu ruhda amaliy san'at asarlari yaratilgan: panno, mozaika, vitraj, keramika, bezak rel'efi, mayolika haykaltaroshligi, chinni va shisha(vaza) guldonlar va boshq. Kartina va grafik qog'ozlarda ham modern uslubidagi dekorativ stilizatsiya xususiyatlari aks etdi. Modern rangtasviri bilan P.Gogen, M.Deni, P.Bonnar –Fransiyada, G.Klilet -Avstraliyada, E.Munk -Norvegiyada, M.Vrubel', V.Vasnetsov, A.Benua, L.Baket, K.Somov -Rossiyada, bog'liq. Modernda kitob va jurnal grafikasini keng yoyildi(O.Berddley Angliyada). Afisha va plakat keng yoyildi(Fransiyada A.Tuluz –Lotrek, Chexiyada A.Muxa). Tasviriy san'atda modern uslubining janrlar ajralmasligi rangtasvirning grafika, haykaltaroshlikning nisbiy nomustaqilligiga olib keldi. Meʼmor, rassom, haykaltaroshning maqsadi bir butun, sintetik san'at asari yaratish edi. Modern me'morchiligi boshqa uslublar kabi, modern me'morchiligini bir vaqtning o'zida nafis, ko'rkam imoratlar yaratishga intilish farqlab turadi. Asosiy e'tibor faqat binoning tashqi ko'rinishiga emas, balki inter'yerga qaratiladi. Barcha konstruktiv elementlarga badiiy jihatdan ishlov beriladi, zinapoyalar, eshiklar, (stolbalar), ustunlar, balkonlar. Modern yo'nalishida ishlagan meʼmorlardan biri Bel'giyalik Viktor Orta (1861-1947). U o'z loyihalarida yangi materiallarni, ya'ni metall va oynani birinchi marta qo'lladi. Temirdan qilingan olib o'tuvchi konstruktsiyalarga u o'zgacha shakl berdi, bu shakllar (hayoliy) fantastik o'simlikni eslatadi. Zinapoya panjarasi, shipdan osilib turgan yoritgichlar hatto eshik (ruchka) ushlagichlari hammasi yagona uslubda loyihalandi. Fransiyada modern g'oyasini Ektor Gimar rivojlantirdi, u shuningdek Parij metrosiga kirish pavilonlarini qurdi. Antonio Gaudi esa keyinchalik me'morchilik xaqidagi klassik tushunchadan yiroqlashdi. U qurgan imoratlar atrofdagi manzaraga shunday mos tushganki, bu inson qo'li bilan emas, tabiat tomonidan yaratilgan degan fikr tugʻiladi. "Setsession" deb atalgan va birinchi Belgiyada paydo boʻlgan bu uslub Germaniyada "Yugendstil" degan nomni oldi. Avstriyada "setsession", Fransiyada "ar-nuvo” deb ataldi. “Setsession” atamasi XIX asr oxirida Yevropada vujudga kelgan "rassomlar va meʼmorlar ittifoqi" ya'ni "setsessiy” degan so'zdan kelib chiqqan, tarjimasi ixtilof ya'ni ajralib ketish. Birinchi setsessiya Myunxenda paydo boʻldi. Modern me'morchiligi turlicha. U oʻzidan oldingi yoʻnalishlarning elementlarini olgan. Bu uslubda qurilgan imoratlar Mavritaniya saroylarini, qasrlarini, zavod korpuslarini eslatadi. Ammo undan oldingi eklektizm, renessans va barokkodan shakli toʻgʻri nusxalari olishni inkor etishi bilan farq qiladi. Modern me'morchiligida konstruktiv va bezak elementlari organik ravishda uyg'unlashib ketgan. San'at sinteziga bir butun misol bu qasrlar, pavil'onlar, modern davri jamoat binolari. Ular “ichkaridan tashqariga qilib qurilgandek, ya'ni ichki (bo'shliq) maydon binoning tashqi ko'rinishini ifodalaydi. Bunday imoratlarning fasad (old ko'rinish)lari shakllanayotgan organizmga o'xshab, bir vaqtning o'zida tabiiy shaklni va haykaltaroshning erkin tarzda shakllarni yaratish natijasini eslatadi. Ayniqsa, bu imoratlarning inter❜yerlari karnizlar egiluvchanligi, aylana shaklidagi oyna, eshiklar oraliqlari, yog'och naqshli bezaklar, rangli shisha, rangli metall bilan taassurotli. Ispaniylik me'mor A.Gaudi ijodi ajoyib me'moriy ansamblning yagona ramziy obrazini yaratishda yorqin va takrorlanmas misol bo'la oladi, u huddi osmonga qadar o'sa borib reallik va fantaziya bitta bilib ifodalangan. Modernning badiiy tili simvolizmning g'oya, obrazlarini tasvirlaydi, u murakkab o'simlik bezagi bilan moslashadi, egiluvchan oqayotgan chiziq va tekislikdagi rangli dog'lar bilan uyg'unlashadi. Xuddi shu ruhda amaliy san'at asarlari yaratilgan: panno, mozaika, vitraj, keramika, bezak rel'efi, mayolika haykaltaroshligi, chinni va shisha(vaza) guldonlar va boshq. Kartina va grafik qog'ozlarda ham modern uslubidagi dekorativ stilizatsiya xususiyatlari aks etdi. Modern rangtasviri bilan P.Gogen, M.Deni, P.Bonnar –Fransiyada, G.Klilet -Avstraliyada, E.Munk -Norvegiyada, M.Vrubel', V.Vasnetsov, A.Benua, L.Baket, K.Somov -Rossiyada, bog'liq. Modernda kitob va jurnal grafikasini keng yoyildi(O.Berddley Angliyada). Afisha va plakat keng yoyildi(Fransiyada A.Tuluz –Lotrek, Chexiyada A.Muxa). Tasviriy san'atda modern uslubining janrlar ajralmasligi rangtasvirning grafika, haykaltaroshlikning nisbiy nomustaqilligiga olib keldi. Meʼmor, rassom, haykaltaroshning maqsadi bir butun, sintetik san'at asari yaratish edi.
- Atrof muhit ekologiyasi: Mirzo Ulug'bek tuman 1-sonli stomatologik poliklinikasining atrof- muhit va ekologiyaga taʼsiri, muzeyning ekologiyasi. O'zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi - kishilarning hayotiy zarur bo'lgan ekologik xavfsiz muhitini ta'minlash uchun tabiatni muhofaza qshish va tabiiy resurslardan samarali foydalanshi, ya'ni tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi iqtisodiy -ekologik munosabat shaklini qo'llash O'zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi. Toshkent shahri. Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtidir. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Shu sababli landshaftning tuzilishi buloq, jilg'a, sharshara, kaskad, fontan, bular qatorida daryo va dengiz tarkibida qo'llaniladi. Insonga emotsional ta'sir etish darajasi suvning hajmi va qudrati, balandligi va tushish tezligiga, oqimning tasviriga va suv inshootlaridagi suvning jildirab oqishiga bog'liq. Agar loyihalanayotgan hududda kerakli hajmdagi va qudratdagi suv havzasi mavjud bo'lsa, u holatda asosiy masala uni dekorativ xususiyatlarini kuchaytirish va kamchiliklarini berkitish bo'ladi. Bugungi kunda fan-texnika jadal sur'atlarda rivojlanib, inson va tabiat o'rtasidagi tabiiy muvozanat bo'zilayotganligi, tabiatga nisbatan jamiyat a'zolarida g'amxo'rlik sust ahvolga kelib qolganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko'zlab munosabatda bo'lish, kelajak avlodga uni go'zal va tabiiyligicha qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo'lib turibdi. Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda bo'lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi. O'zbekiston o'z istiqlol yo'lida izchil qadam bosar ekan o'z ona tabiatini asrab-avaylash yuzasidan bir qator dunyoning yirik mamlakatlari bilan har tomonlama aloqalarni o'rnatmoqda. Lekin shuni ham aytish kerakki ayni vaqtda dunyo ekologik jarayoni tubdan o'zgarib bormoqda. Biz yashab turgan hozirgi dunyoning atmosferasini toza ekologik talablarga javob beradi deya olamiz-mi?- yoq albatta deyishimiz mumkin. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek "Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolardan biri. Bu muammoni hal etish barcha xalqlarning manfatlariga mos bo'lib svilizatsiyaning bugungi kuni va kelajagi ko'p jihatidan shu muammoni hal etishga bog'liq". Atrof-muhit ekologiyasi hususida bosh qomusimizda ham ta'kidlab o'tilgan. "Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va xayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir" XX asrga kelib O'zbekiston ekologik muammolarni oldini olish va yaxshilash bo'yicha quyidagi taklif va strategik yo'nalishlarni ishlab chiqdi. "O'zbekiston Respublikasi 1999-2005 yillarga mo'ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish harakat davlat dasturi”, O'zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi”, “O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigenasi bo'yicha milliy harakat dasturi”, “Blollogik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiyasi va harakat rejasi” kabi hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Bu hujjatlarda davlat tizimining jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabat shakli, hozirgi kunda va kelajakda qanday bo'lishi O'zbekistonning ekologik konsensiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan. Ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyasining nomukammalligi, tabiatga nisbatan iste'molchilik an'analari bularning barchasi jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining bosh sababidir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'zining "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarining Xavfsizlikka taxdid bulimida Ekologik muammolar to'g'risida aloxida to'xtalib utgan¹. I.Karimov ekologik muammolarning tobora chuqurlashib, keskin ijtimoiy muammoga aylanayotganligi haqida suz yuritar ekan, ekologik muammolarga karshi ta'sirchan chora-tadbirlarni ruyobga chiqarish, ekologik tanglik taxdidini barham toptirish respublika aholisi uchun, jismonan sog'lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologik jixatdan musaffo hayotiy muxit yaratish imkonini beradi, deb bayon qiladi. Jumladan, "Ekologik xavfsizlik muammosi allakachonlar milliy va mintakaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng mikyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizasiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jixatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog'liqdir" deb aloxida ta'kidlaydi. Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki to`laqonli va sog'lom turmush kechirishi uchun zarur mo`tadil atrof-muhit sharoitlariga ham ega bo`lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e'tirof etgan. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Shuning uchun ham respublikamizda ekologiya xavfsizligi, atrof-muhit tozaligi, umuman olganda ekologik muammolarni oldini olishga qaratilgan bir qancha qonunlar joriy etildi. Bular quyidagilar: O`zbekiston Respublikasining qonuni “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining qonuni "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining qonuni “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining qonuni “Ekologik ekspertiza to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining qonuni “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining qonuni "Chiqindilar to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining qonuni “Ekologik nazorat toʻgʻrisida" O`zbekiston Respublikasining qonuni “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida" Mintaqaviy ekologik muammolar . Er yuzasining muayyan mintaqasi o'ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, etnografik hususiyatlari uni tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, o'rmonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar hisoblanadi. O'zbekistondagi ekologik muammolar. Bugungi kunda Mustaqil O'zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Holbuki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekotizimlarning holatiga muayyan darajada sal'biy ta'sir ko'rsatadi. Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 1. Yirik hududiy sanoat majmualari joylashgan mintaqalarda (Angren-Olmaliq -Chirchiq, Farg'ona-Marg'ilon, Navoiy va hakazo) tabiatni muhofaza qilish muammolari. 2. Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. 3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o'g'itlar bilan ifloslanishi. 5. O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish. O'zbekistonning ekologik siyosati. Er kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop muhitning chuqurlashuvida ozmi-ko'pmi O'zbekiston Respublikasining ishtiroki bor. Istiqomat qilayotgan 29 mln.dan ziyod aholining yarmidan ko'prog'i ekologik xavfsiz bo'lmagan muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning atrofida ro'y bergan ekologik inqiroz holati Sovet davrining noekologik agrar va iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatimiz, shaxsan Prezident I.A.Karimov, ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg'unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqdalar.