O‘zbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qo’mitasining interyer va lanshaft dizayn yechimi

Ushbu diplom loyihasi Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga taklif sifatida berilgan. Ushbu loyiha

Asosiy mavzular

  • Kirish: “O'zbekmuzey" respublika jamg'armasi tomonidan 17-dekabr.2015 y. № 52 sonli iltimosnomasini bajarish maqsadida diplom mavzusi “Olimpiya shon-shuhrat muzeyi binosi va ekspozitsiyasining arxitekturaviy dizayn yechimi” tanlab olindi. Prezidentimiz o'z asarlarida ham sport sohasiga alohida e'tibor beradilar. Davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqboliga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq ravshan belgilab berilgan ana shu chiqishlarida mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy sohalar – ta'lim – tarbiya, ilmu fan, sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at, sport tizimini izchil rivojlantirish, har bir hudud va mintaqani ravnaq toptirishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar to'g'risidagi qarashlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilingan. Mustaqillik sharofati bilan O'zbekiston Xalqaro Olimpiya harakatining eng faol a'zosiga, huquqli ishtirokchisiga aylandi.
  • Arxitektura qismi: Muzey binosining konstruktiv elementlari poydevor, devor, zinalar, parda devorlar, eshik va derazalar, ustunlar va h.k. “Olimpiya shon-shuhrat muzeyi” loyihasi qilinayotgan hudud, eng avvalo, konstruktiv jihatdan o'rganib chiqildi. Qurilish hududi – Yunusobod tumani Iqlimi – keskin kontinental Hududning zilzila bardoshligi – 8 ball Bino konstruktiv jihatdan mustahkamlik darajasi bo'yicha karkasli va temir betondan bo'lsa, to'liq ravishda talabga javob beradi. Muzey binosida hamkarkasli, ham temir beton konstruksiyasidan foydalanildi.
  • Badiiy-dizayn: Konstruktivizm stili arxitektura va interer dizaynida 20 asr boshlarida paydo bo'lgan. Stil oddiyligi, funksionalligi, mustahkamligi bilan e'tiborni tortadi. Dizayner g'oyani yanada estetik jihatdan boyitib hozirgi kunda eng mashhur stilga aylantirildi. Bu stilda to'g'ri liniyalardan foydalaniladi turli xil ornamentlarga o'rin yo'q. Konstruktivizm bu geometrik shakllar, aniq bo'lmagan va mustahkam materiallar stilidir. Xay-tek stili arxitektura va dizaynda paydo bo'lish tarixi 19 asrning 70 yillariga borib taqaladi.
  • Atrof muhit ekologiyasi: Bugungi tobora rivojlanib borayotgan dunyoda taraqqiyot bilan birga atrof-muhit, ekologiya buzulishi ham kuchayib bormoqda. Atrof - muhitni, ekologiyani asrab-avaylash uchun har bir bajarayotgan ishimizning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga e'tibor qaratishimiz lozim. Agar tabiatga ziyon keltiradigan holatlar vujudga kelsa, bu holatni to'liq bartaraf etishimiz to'liq bartaraf etish imkoni bo'lmaganda esa iloji boricha ziyonni kamaytirishimiz darkor. Zero tabiatga keltirayotgan har bir zararimiz ertaga o'zimizga keltirayotgan zararimizdir.
  • Xulosa: Olimpiya shon-shuhrat muzeyini loyihalashdan oldin ushbu mavzu yuzasidan ma'lumotlar to'pladik. Respublikamizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sportni yanada ommaviylashtirish, o'zbekistonlik sportchilarning olimpiada, jahon, qit'a birinchiliklari va xalqaro musobaqalardagi zafarlarini, olimpiya harakatini keng targ'ib etish maqsadida 1996 yil 1 sentabr kuni hukumatimiz qarori bilan "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyi ochilgan. Biz bu muzey loyihasasini loyihalash davomida shunday xulosaga kelindiki, hozirgi kunda mustaqil O'zbekistonimizning sport sohasi rivojlanib borayotganligi, jaxon orenalarida yuqori o'rinlarni olayotgan sporchilarimiz soni ortib borayotganligi sababli, Olimpiya muzeyi sport musobaqalari eksponantlariga o'rinlar yetishmasligi, ayrim ma'muriy yordamchi xonalar yetishmasligidan sababli ushbu binoga qo'shimcha yordamchi bino vazifasini o'tovchi binoni loyihaladik.