Informatika
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti oliy matematika va informatika kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Oliy matematika va informatika" fanidan ma'ruzalar matnidir. Unda oliy ta'lim muassasalari talabalariga matematika va informatika fanidan bilim berish maqsadida tuzilgan ma'ruzalar jamlangan.
Asosiy mavzular
- Axborot va informatika: Axborotning mohiyati, uning xossalari, axborotni kodlash usullari, ma'lumotlarni tartiblash strukturasi va fayl strukturasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Personal kompyuter qurilmasi: Personal kompyuter qurilmasining apparat vositalari, sistemali blokdagi ichki qurilmalar, doimiy saqlovchi qurilma (DSQ), video karta, ovoz kartasi, qattiq disk va diskovodlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Programmalar va operatsion sistema: PKning programma ta'minoti bosqichlari, amaliy programmalarga tavsif berish, operatsion sistemaning axamiyatini tushuntirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, kompyuter bilan ishlash rejimlari, fayl sistemasi va operatsion sistemaning vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
- Kompyuter tarmoqlari: Lokal va global tarmoqlar, tarmoqlar klassifikatsiyasi, tarmoq topologiyasi, tarmoqning ishlash printsiplari va Internet haqida ma'lumotlar berilgan.
- WWW hizmati . Brauzerlar. Elektron pochta: WWW xizmati, HTML tili, giperssilka tushunchalari berilgan. Brauzerlar va elektron pochtaning ishlash printsiplari tushuntirilgan.
- HTML hujjatni formatlash teglari: Web sahifa yaratishning umumiy strukturasi,sahifa fragmentlarini chiqarib ko'rsatish va hujjatni formatlash teglari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Jadvallar, Grafik ob'yektlar: Web sahifada jadvallar yaratish, grafik obʼyektlar qoʻyish usullari, karta tasvir haqida ma'lumotlar berilgan.
- MBBT (maʼlumotlar bazasini boshqaruv tizimi): MBBT haqida umumiy tasavvur hosil qilish va baza yaratish jarayonlari bilan tanishtirish masalalari yoritilgan.
- Accessning maqsad va imkoniyatlari: Accessda jadvallar yaratish va jadvallar aro bog'lanish o'rnatish jarayoni, releatsion ma'lumotlar bazasi,access ob'ektlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Ma'lumotni izlash va zaproslar tiplari: QBE, SQL,Zapros yaratish usullari, Hisoblanadigan maydon yaratish, Parametrli zapros va o'zgartirishga doir zaproslar haqida ma'lumotlar berilgan
- Forma va hisobot yaratish: Forma va hisobot yaratish usullari, formaning turlari, formaning strukturasi, xisobotning strukturasi Makroslar va ulardan foydalanish haqida ma'lumotlar berilgan.
- EXCEL elektron jadvali: Elektron jadvallar haqida asosiy tushunchalar, formula va funktsiyalar, malumotlarni kiritish va formatlash ishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.