Yosh dzyudochilarni tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash uslubiyati
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi yosh dzyudochilarning tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish vosita va usullarini nazariy va amaliy asoslarini ilmiy asoslab berish va mashg`ulot jarayoniga tadbiq etishdan iborat.
Asosiy mavzular
- Kirish: Ishning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" gi qonun (2015 y 04 sentabr, yangi taxriri), "O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaror (1999 y 27 may № 271), Oʻzbekiston Konstituttsiyasi, “Ta'lim to'g'risida” gi toʻgʻrisidagi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997 y 29 avgust)da jismoniy tarbiya va sportga alohida urg'u berilishi mazkur ishning asosiy dalillaridir. Respublikamiz dzyudocilari ham xalqaro sport arenalarida Oʻzbekiston bayrogʻini balandlarga ko'tarib kelmoqdalar. Rishod Sabirov, Diyorbek Urazboyev, Abdulla Tangriyev, Haitjon Olimova, Tursunposhsha Nurmetova, Sevinch Solayeva va bosqa koʻplab dzyudo yulduzlari etishib chiqdilar va yuksak natijalarga erishdilar. Shu bilan birga dzyudo kurashini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, oʻquv-mashg'ulot jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish, yosh dzyudochilarni jismoniy qobiliyatlarini zamonaviy ta'lim-tarbiya texnologiyalari asosida tarbiiyalash dolzarb vazifalardan biridir. Dzyudochilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga o`rgatish vosita va usullarini nazariy va amaliy asoslarini yangi innavatsion texnologiyalardan foydalanish orqali tarbiyalash ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
- Bob. Mavzu doirasidagi muammolarni o`rganilganlik `darajasi: Bobning birinchi qismida Dzyudoda tezkor-kuch sifatlarining o`rni, maqsadi va vazifasi, Dzyudo kurashida tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalashning vosita va usullarining pedagogik asoslari hamda Dzyudo kurashida tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishning pedagogik ahamiyati yoritiladi. Ikkinchi qismida esa Malakaviy ishning maqsadi, vazifalari, uslublari va uni tashkil qilish tartibi, jumladan Adabiyotlar tahlili, So'rovnoma o'tkazish, Pedagogi tajriba va uni tashkil qilish, Matematik-statistik hisoblash bayon etiladi. Uchinchi qismida esa Tadqiqot natijalari va ularni qiyosiy taxlili, jumladan Malakali murabbiylar orasida o`tkazilgan so'rovnoma natijalari va Dzyudochilar tamonidan mashg`ulotlarda qo`llangan texnik-taktik harakatlar natijalari keltiriladi.
- Yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarliklarini pedagogik asoslari.: Bobning 1.1 qismida Yosh sportchilarning jismoniy tayyorlash sport mashg'ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, organizmni har tomonlama rivojlantirish, sog'likni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish va tayyorgarlikning barcha boshqa turlari uchun mustahkam funktsional baza yaratishga yo'naltirilgan jarayon sifatida tushunilishi bayon etiladi. Zamonaviy sport sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga yuksak talablar qo'yadi.
- Jismoniy qobiliyatlarning umumiy tavsifi.: Jismoniy qobiliyatlar va jismoniy sifatlar tushunchalarining ta'riflari va o'zaro aloqalari haqida birmuncha qarama-qarshi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta'sirini belgilaydigan funktsional tizimlar layoqatining namoyon bo'lish shakllari sifatida tushuniladi, boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imkoniyatlar nazarda tutiladi. Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt "jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar" degan atama qo'llanilgan.
- Jismoniy qobiliyatlar rivojining notekis va geteroxronligi (turli vaqtga mansubligi).: Rivojlanishning notekisligi bir bosqichdagi jismoniy qobiliyat ko'rsatkichlarining o'sish darajasi boshqalardagiga qaraganda ancha jiddiy bo'lishi mumkinligini bildiradi. Bu uncha katta bo'lmagan vaqt kesmalari (masalan, bir necha hafta, oylik darslar) uchun ham, umuman rivojlantirish jarayoni uchun ham (aytaylik, bir necha yillik mashg'ulotlar uchun) to'g'ri bo'la oladi. Odatda, jismoniy qobiliyatlarning eng ko'p o'sishi jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishning boshlang'ich davrida kuzatiladi. Jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish ko'rsatkichlari o'zgarishlarida (o'sishida) geteroxronlik (turli vaqtga mansublik) hodisasi kuzatiladi.
- Jismoniy qobiliyatlarning "ko`chishi".: Turli jismoniy qobiliyatlar birbirlari bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Bir qobiliyatning rivojlanish darajasidagi yo'naltirilgan o'zgarish boshqasining rivojlanish darajasida o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi. Bu hodisa “jismoniy qobiliyatlarning ko`chishi” deb ataladi. Ko`chish ijobiy va salbiy bo`lishi mumkin. Ijobiy ko`chishda bir qobiliyatning rivojlanishi boshqasining takomillashuviga ta'sir ko`rsatadi. Salbiy ko`chishning xususiyati shuki, bir qobiliyatning rivojlanishi ikkinchisining o`sishini sekinlashtiradi yoki uning rivojlanish darajasini pasaytiradi.
- Kurashchi tezligi: Kurashchi tezligi – bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim harakatlar va usullarni bajarish qobiliyatidir. Tezkorlik sifatini yaxshi rivojlan-tirmasdan kurashda yuqori natijalarga erishib bo`lmaydi. O'z raqibidan hatto sekundning yuzdan bir bo'lagiga tezroq harakat qiladigan kurashchi uning oldida muhim ustunlikka ega bo'ladi.
- Hujum harakatlari tuzilmasini egallash tamoyili: Yuqori malakali kurashchilar ma'lum bir tuzilmadan iborat kombinatsiyalarni - murakkab hujum harakatlarini qo'llay-dilar. Birinchi (aldamchi) harakat shu qadar aniq hujum qilish xavfi bo'lib ko'rinadiki, deyarli har doim raqibning ma'lum bir himoyalanish reaktsiyasini keltirib chiqaradi, hujum qiluvchi bunday reaktsiyadan foydalanadi. Shu orqali javob reaktsiyasi vaqti bo'yicha unga yutqazib quyadi.
- Pedagogik tajriba natijalari va ularning taxlili: Biz 2016-yil noyabr oyidan 2017-yil may oyigacha pedagogik tajriba o`tkazdik. Tajriba natijalaridan ko`rinib turibdiki, nazorat guruhida tajribadan oldingi natija bilan testdan keyingi natija orasida farq katta emas, tajriba guruhida esa o`sish yuqori bo`ldi. Tajriba guruhida esa o`sish yuqori bo`ldi. Turgan joyda uznilikga sakrash soni tajribadan oldin o`rtacha 1.92 metr tashkil etgan bo`lsa, tajribadan keyin 2.12 metrni tashkil etdi. Turnikda tortilish (15 soniya ichida) soni tajribadan oldin o`rtacha 7 martani tashkil etgan bo`lsa, tajribadan keyin 13 martani tashkil etdi.
- Uslubiy tavsiyalar: 1. Yosh dzyudochilarni tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish ushun dastlab kurashchilarga harakat koordinatsiyalarini malakalarini shakllantirish lozim. 2.Kurashchining har bir bajaradigan usuli yoki harakati tezkor-kuch harakterida bo`lishi kerak, chunki musobaqa faoliyati kurashchidan kuchni tezkorlida namayon qilishni taqoza etadi. 3. Dzyudochilar tezkor-kuch sifatlarini sport mashg`ulotining tayyorlov davrida umumiy tayyorgarlik mashqlari yordamida, musobaqa davrida o`quv-mashg`ulot, mashg`ulot va musobaqa mashqlari yordamida tarbiyalash yaxshi samara beradi. 4. Yosh dzyudochilarga jismoniy tayyorgarlikning maqsadi, vazifasi va ahamiyatini, tarbiyalash vositalari, uslublari hamda uslubiyatlarini muntazam nazariy jihatdan o`rgatib borish, ularda jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga bo`lgan ongli munosabatlarini shakllantirish muhimpedagogik vazifa hisoblanadi. 5. Yosh dzyudochilarni tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalashda ularni yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini inobatga olgan holda tarbiyalash yaxshi samara beradi. 6. Dzyudochilarni tezkor-kuch sifatlarini sport mashg`ulotlarining mezotsikllari ning umumiy vazifalarini inobatga olgan holda tarbiyalash sportchilarni sport musobaqalariga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko`rishning omillaridan biridir.
- Xulosa: 1. Yosh dzyudochilarni tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish dzyudo kurashi harakat texnikasi va taktikasi elementlarini samarali egallab olishda va bajarishga yaxshi imkoniyat beradi. 2. Yosh dzyudochilarning tezkor - kuch sifatlari kurashchining umumiy jismoniy tayyorgrligiga hamda morfo-funktsional tayyorgarligiga bog'liq. Agar kurashchilarning funktsional va umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada rivojlangan bo`lsa, bu ularning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlanishga muhim zamin yaratadi. 3. Dzyudochilarni tezkor-kuch sifatlarini sport mashg`ulotlarining mezotsikllari-ning umumiy vazifalarini asosida tarbiyalash sportchilarni sport musobaqalariga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko`rishning muhim omillaridan biridir. 4. Yosh dzyudochilarning tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash musobaqa jarayonida usullarni tez bajarishga va kuchidansamarali foydalana bilishiga asos bo`ladi.