Vatan tarixi (1-kitob)
Ushbu kitob Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy tarixidan to X asrgacha boʻlgan davrni yoritadi. Unda ibtidoiy davr, qadimgi davlatlar, arab bosqini, eftaliylar va turk xoqonligi, somoniylar, qoraxoniy, g‘aznaviy, saljuqiy va xorazmshohlar davlatlari, shuningdek, Amir Temur va temuriylar davri hamda islom madaniyati, ilmiy taraqqiyot va badiiy adabiyotning rivojlanishi keng qamrab olingan. Kitobda X asr oxiriga qadar boʻlgan davr tarixiga oid eng muhim voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-iqtisodiy hayot, madaniyat taraqqiyoti, buyuk allomalar ijodi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy davrlardan boshlab qadimiy davlatlar tuzilmasiga qadar boʻlgan tarixiy yoʻli, ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotini yoritadi.
- I bob. Oʻrta Osiyo ibtidoiy tarixining bosqichlari. Ibtidoiy tarixni davrlashtirish: Oʻzbekiston hududida eng qadimgi odam izlari, tosh davrlari (paleolit, mezolit, neolit), eneolit, bronza davri, ularning bosqichlari va tavsiflari yoritilgan.
- II bob. Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari. Chet el bosqinchilariga qarshi kurash. (milloddan avvalgi birinchi mingyillik): Urug‘-qabila jamoasining yеmirilishi, ahamoniylar, makedoniyaliklar va ularning bosqinchilik siyosati, ularga qarshi kurashlar haqida maʼlumot beriladi.
- III bob. Oʻrta Osiyodagi qadimgi davlatlar (miloddan avvalgi IV asrdan milodning IV asrigacha): Salavkiylar, Parfiya, Yunon-Baqtriya, Qang‘, Farg‘ona, Kushon davlatlari, Buyuk ipak yo‘li, «Avesto» kitobi, moniylik dini va qadimgi yozuvlar haqida batafsil maʼlumotlar beriladi.
- IV bob. Oʻrta asrlar davri. Oʻrta Osiyo xalqlari ilk oʻrta asrlar davrida (V–VIII asrlar). Yerga egalik munosabatlarining rivojlanishi. Eftaliylar va Turk xoqonligi davri (V–VII asrlar): Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi va ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayot yoritilgan.
- V bob. Arab xalifaligi davrida Movarounnahr va Xuroson (VII – VIII asrlar): Arab xalifaligining tashkil topishi, arablar bosqini, Qur’oni karim, arablar zulmining kuchayishi, xalq ozodlik kurashlari, Abu Muslim va Muqanna qo‘zg‘olonlari haqida batafsil maʼlumot beriladi.
- VI bob. Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi: Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiy va Xorazmshohlar davlatlari, ularning ijtimoiy-siyosiy va xo‘jalik hayoti hamda madaniy rivojlanishi haqida maʼlumot beradi.
- VII bob. IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda madaniy hayot: Movarounnahr va Xorazmda IX–XII asrlarda madaniyatning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, Sharq dunyosining buyuk daholari, islom madaniyati, tasavvuf, musiqa san’ati va xalq og‘zaki ijodi haqida maʼlumot beradi.
- VIII bob. Movarounnahr va Xorazm mo‘g‘ullar bosqini davrida (XIII asrning boshi — XIV asrning birinchi yarmi): Chingizxonning mo‘g‘ullar davlati tashkil topishi, Chingizxon va Xorazmshoh Muhammadning o‘zaro munosabatlari, mo‘g‘ullarning bosqini va undan kеyingi davr madaniy hayoti yoritilgan.
- IX bob. Amir Temur va temuriylar davri (XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asr): Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi, saltanatining tuzilishi, ichki hayoti, harbiy san’ati, madaniy hayoti, undan kеyingi davrlar, jumladan, Shohruh, Husayn Boyqaro va Ulug‘bеk hukmronligi, ularning ijodiy va madaniy meroslari, xalq og‘zaki ijodi, musiqa san’ati, bahouddin Naqshband va Najmiddin Kubro tariqatlari, Xoja Ubaydulloh Ahror, Abdurahmon Jomiy va Alishеr Navoiy ijodi haqida batafsil maʼlumotlar beriladi.
- X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot: XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot, xususan, Amir Temur va tеmuriylar davridagi madaniyat, qurilish, meʼmorchilik, ilm-fan, tarixshunoslik, xalq og‘zaki ijodi, musiqa san’ati, nafis kitob va xattotlik san’ati, tasviriy san’at, Bahouddin Naqshband, Xoja Ubaydulloh Ahror hamda Alishеr Navoiy va boshqa buyuk allomalar ijodi haqida maʼlumot beradi.