Tabiiy va texnogen tusdagi favquloddagi vaziyatlarda talofatlarni bartaraf etish va aholi muhofazasi
Bitiruv malakaviy ish, jumladan, kirish, mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati, bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari, tanlangan ob'ektlar va tadqiqot usullari, bitiruv malakaviy ishdagi ilmiy yangiliklar va natijalari, bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati, bitiruv malakaviy ishning tuzilishi haqida umumiy malumot, 2 ta bob: I-bob.Tabiiy tusdagi favquloddagi vaziyatlar haqida tushuncha, tabiiy ofatlarning turlari, kelib chiqish sabablari va hususiyatlari, tabiiy ofatlarning belgilari, shikastlanish darajalari va har bir halokat o'choqlarida olib boriladigan tadbirlar, Oʻzbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari, II-bob. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari, texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishiga sababchi omillar, Gidrotexnik inshootlardagi avariyalarda olib boriladigan chora-tadbirlar, Yong'in xavfi bo'lgan ob'ektlardagi avariyalar, xulosa qismi, ishda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda internet maʼlumotlaridan tashkil topgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasi ta'lim islohotining nazariy-metodologik asoslari va hozirgi kunda o'rta maktab ta'limida bo'lajak yoshlarga talim-tarbiya berish jarayonini yangi nazariy-amaliy asosda tashkil etishning muhimligi.
- Dolzarbligi va amaliy ahamiyati: Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda talofatlarni bartaraf etish va aholi muhofazasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va uni hayotda to'g'ri tadbiq etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bunda malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat bo'lib kelmoqda.
- Tabiiy ofatlar va ularning turlari: Tabiiy ofatlar - bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi oʻzgarish boʻlib, u birdan, tezlikda insonlarning mo'tadil yashash, ishlash sharoitlarini buzilishi, odamlarning oʻlimi hamda qishloq xoʻjalik hayvonlarining, moddiy boyliklarning buzilishi va yoʻq boʻlib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir. Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol, yongʻin, qurg'oqchilik, yer surilishi va boshqalar.
- Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar: Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar - bu insonlarning faoliyati natijasida yuzaga keladigan halokatlar bo'lib, ular oqibatida turli xil zararli moddalar tarqalishi va atrof-muhitga ta'sir ko'rsatishi bilan tavsiflanadi. Jumladan, transport, ishlab chiqarish, energetika, kimyo sanoati va boshqa obyektlardagi avariyalar bunga misol bo'la oladi.
- Favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish: Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish harakatlari rejasi fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Jumladan, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar va ularning oldini olish ishlari amalga oshiriladi.