ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu darslik "Elektrotexnika nazariy asoslari" fanining birinchi qismi bo'lib, unda elektr va magnit zanjirlarining nazariyasi, elektr va magnit maydonlar hamda ularning xususiyatlari, Lorentz kuchi, elektromagnit induksiya hodisasi, o'zinduksiya va o'zaro induksiya elektr yurituvchi kuchlari, to'liq tok qonuni, elektr tokining turlari, elektr zanjirlarining umumiy tushunchalari va qonuniyatlari, sinusoidal o'zgaruvchan tok zanjirlari, elektr zanjirlarining rezonans hodisalari, nosinusoidal davriy kuchlanish va toklar, o'tkinchi jarayonlar hamda ularning sabablari, elektr zanjirlar sintezi va tarqoq parametrliligi kabi mavzular chuqur yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Elektromagnit maydon va uning xususiyatlari: Har qanday elektr va magnit hodisalari elektr va magnit maydonlarida sodir bo'ladi. Bu maydonlar elektr energiyasining uzatishda muhim rol o'ynaydi.
- Elektr maydoni kuchlari va ular bajaradigan ish: Elektr maydonida harakatlanayotgan zaryadlangan jismlarga elektr maydon tomonidan ta'sir etuvchi kuchlar va ularning bajaradigan ishi haqida ma'lumot berilgan.
- Magnit maydoni va uning xususiyatlari: Tabiatda shunday moddalar ham uchraydiki, ular o'z atrofida faqat o'ziga xos bo'lgan kuchlar maydonini hosil qiladi. Bunday kuchlar xuddi boshqa kuchlar maydoniga yoki o'xshash kuchlar maydoniga nisbatan mexanik kuch bilan ta'sir eta oladi. Bunday kuchlar manbai bo'lmish moddalar magnit deb ataladi.
- Elektromagnit induksiya hodisasi: Bu muhim elektromagnit hodisa magnit maydonida harakatlangan elektr o'tkazgichda (simda) e.yu.k. hosil bo'lishini namoyish qiladi va birinchi marta M.Faradey tomonidan 1831-yilda tajriba asosida isbotlangan.
- Elektr toki va uning turlari: Elektr toki – bu zaryadlar oqimidir. Zaryadlarning har qanday harakatida elektr toki hosil bo'ladi. Elektr tokining turlari: o'tkazuvchanlik toki, siljish toki, ko'chma tok.
- Sinusoidal o'zgaruvchan tok: Amalda elektromagnit energiyasini bir turdan boshqa turga aylantirishning barcha fizik jarayonlari hozirgi zamon elektrotexnikasining (elektrmashinalar, elektronika, radiotexnika, aloqa, elektroavtomatika, yarimo'tkazgichlar, hisoblash texnikasi va boshqalar) asosini tashkil etadi, ya'ni e.yu.k., kuchlanish, tok va boshqa elektromagnit miqdorlarning vaqt bo'yicha o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi.
- Elektr zanjirlarida rezonans hodisalari: Rezonans hodisalari tebranish sistemalarida, ya'ni energiyaning tebranib o'zgarishi ro'y beradigan elementli (energiya to'plovchi) sistemalarda sodir bo'ladi. Matematik mayatnik bilan elektr tebranish konturi texnikada eng ko'p tarqalgan tebranish sistemalari hisoblanadi (6.1-rasm).
- Nosunusoidal davriy kuchlanish va toklar: Deyarli barcha hollarda davriy o'zgaruvchan tok deyilganda, har doim sinusoidal qonuniyat bilan o'zgaruvchi tok tushuniladi. Ammo, asos o'zgaruvchan elektr miqdorlari deyarli hech qachon sinusoidal bo'lmaydi.
- O'tkinchi jarayonlar: Elektr zanjirning bitta turg'unlashgan holatdan boshqasiga o'tishini xarakterlovchi jarayon “o'tkinchi jarayon” deb ataladi.
- To'rtqutblik zanjir sintez asoslari: Murakkab elektr zanjirlarni tahlil qilishda passiv to'rtqutbliklar mavjud bo'lib, ularning kirish va chiqish qismlari orasidagi funksional bog'lanishni aniqlashdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, to'rtqutbliklar bo'lgan holda, buning ma'nosi manbaning kuchlanishi Ú1 va toki Ì1 ma'lum bo'lsa, iste'molchining kuchlanishi Ú2 va toki Ì2ni aniqlashning qonuniyatlarini va bog'lanishini topish demakdir.