“Konchilik ishi” ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun “Marksheyderlik ishi” fanidan amaliy mashg„ulotlarni bajarish uchun

Ushbu uslubiy qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti, Geologiya va konchilik ishi fakulteti, "Marksheyderlik ishi va geodeziya" kafedrasi tomonidan 5311600 – “Konchilik ishi” taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun "Marksheyderlik ishi" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun tayyorlangan. Kitobda "Marksheyderlik ishi" fanining dasturi asosida ishlab chiqilgan amaliy ishlarni bajarish tartibi, har bir amaliy ishning maqsadi, qisqacha nazariy ma'lumotlar, amaliyot stendining asosiy qismlari, zaruriy moslamalar, ishlarni bajarish tartibi, hisobot tarkibi va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Nazariy ma'lumotlarni tajriba oʻtkazish natijalaridan kelib chiqqan ma'lumotlar bilan hisoblab, amalda qoʻllash koʻzda tutilgan. Har bir parametr boʻyicha misollar keltirilgan boʻlib, bu talabalarning bilimlarini mustahkamlashda va koʻnikmalar hosil qilishda muhim rol oʻynaydi. Kitob oliy ta'lim bakalavriat bosqichining 5311600 "Konchilish ishi" yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • 1-Amaliy ishi.: Profil chiziqlari boʻyicha reperlarning siljishini kuzatish natijalarini hisoblash. Bu ishda tog' jinslaridagi kuchlanishlar, siljish zonasi, siljish muldasi, ishchi reperlarning choʻkishi, qiyaligi, egriligi, gorizontal siljishi va deformatsiyalarni hisoblash hamda ularni grafiklarda aks ettirish oʻrganiladi.
  • 2 – Amaliy ishi.: YAkka tartibdagi ob'yekt ostiga muhofazalovchi selik qoldirish. Bu ishda ob'ekt ostiga muxofaza ustunini qurish, foydali qazilmani boʻylama va koʻndalang vertikal qirqimlari boʻyicha siljishning havfli chegarasi burchaklarini aniqlash, deformatsiyalar yigʻindisi va gorizontal deformatsiyalarni hisoblash oʻrganiladi.
  • 3-Amaliy ishi.: Temir yoʻl ostiga muxofaza ustunini oʻrnatish. Bu ishda temir yoʻl ostiga muxofazalovchi ustun qurish malakasi hosil qilinadi. Temir yo'lining koordinatalari, nishabligi, qidiruv quduqlarining va qatlamda yotgan nuqtaning koordinatalari, egri uchastkalarning radius va burilish burchaklari, er yuzasidagi gorizontallar hisoblanadi.
  • Laboratoriya ishi №4: Er osti kon ishlari ta'sirida er yuzasini siljish parametrlarini aniqlash. Bu ishda koʻmir konlarida kuzatish stansiyalarini barpo qilish, qatlamning ogʻish burchagi, siljish burchaklari va boshqa parametrlarni aniqlash oʻrganiladi.
  • Laboratoriya ishi №5: Er yuzasidagi temir yoʻlga er osti ishlarini ta'sirini xisoblash va ximoyalashni optimal chegaralarini aniqlash. Bu ishda temir yoʻllarni er osti kon ishlarini zararli ta'siridan himoyalash choralari bilan tanishish, vertikal kesmalar oʻtkazish, siljish va deformatsiya qiymatlarini aniqlash, siljish va chegaraviy burchaklari va boshqa parametrlarni aniqlash hamda planga temir yoʻli tushirish oʻrganiladi.