Marksheyderlik ishi

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Muhandislik Geologiyasi va Konchilik Ishi fakultetida tayyorlangan "Marksheyderlik ishi" fanidan ma'ruza matnlari to'plami hisoblanadi. Kitobda yer yuzasining va tog' jinslarining siljishi, deformatsiyasi, uni o'rganish usullari, ushbu jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, ushbu jarayonlarni hisoblash metodlari va ularni kamaytirish choralari batafsil yoritilgan. Marksheyderlik kuzatish stansiyalarini tashkil qilish va ularda o'lchash ishlari bajarish tartiblari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-ma'ruza: Tog' jinsining siljishi: Bu ma'ruzada yer yuzasining va tog' jinslarining siljishi va deformatsiyasi, siljish protsesini paydo bo'lish harakteri bo'yicha ko'rinishlari, havfli, asosiy siljish va deformatsya ko'rinishlari, tog' massivi deformatsiya holatlari va tog' jinslari mustahkamlik pasporti kabi mavzular yoritilgan.
  • 2-ma'ruza: Kon lahimlari atrofida tog' jinslari deformatsiyasi va siljishi: Bu ma'ruzada kon lahimlari atrofida tog' jinslari deformatsiyasi va siljishining sabablari, yotiq qatlamlarni qazishda tog' jinslarini siljishi va siljish muldasi tushunchasi haqida ma'lumot berilgan.
  • 3-ma'ruza: Siljish jaraenining terminlari va parametrlari. Yer yuzasining deformatsiyasi ko'rinishlari va mulda shakllari: Ushbu ma'ruzada siljish va deformatsiya qiymatiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillar, chegaraviy burchaklar va maksimal cho'kish burchaklari, yer yuzasining qiyaligi va yer yuzasining gorizontal deformatsiyasi hamda siljish protsessining muhim ko'rsatkichlari haqida so'z boradi.
  • 4-ma'ruza: Siljish jaraeni parametrlariga va harakteriga ta'sir etuvchi asosiy omillar: Bu ma'ruzada ko'mir konlarini qazishda siljish jaraeni parametrlariga ta'sir qiluvchi omillar, kon ishlari chuqurligining oshishini siljish jaraenini harakteriga ta'siri, qazish chuqurligini siljish jaraenining burchak parametrlariga ta'siri hamda qazish lahimlari sonining yer yuzasi siljish jaraeni harakteriga va uning qiymatlariga ta'siri ko'rib chiqilgan.
  • 5-ma'ruza: Siljish jarayonini o'rganish usullari. Joyda kuzatish usuli.: Ushbu ma'ruza tog' jinslari va yer yuzasini siljish jarayonini o'rganish usullari, kuzatish stansiyalarining ko'rinishlari, tipovoy va maxsus kuzatuv stansiyalari, uzoq muddatli kuzatish stansiyalari va ularda bajariladigan o'lchash ishlari haqida ma'lumot beradi.
  • 6-ma'ruza: Yer yuzasi va tog' jinslarining siljishini fizik modellarda kuzatish: Bu ma'ruzada siljish jarayonini modellashtirish usuli, usulning asosiy talablari va siljish jarayonini analitik kuzatish usuli haqida ma'lumot berilgan.
  • 7-ma'ruza: Yer yuzasi deformatsiyasini va siljishini hisoblash metodlari: Ushbu ma'ruzada yer yuzasi deformatsiyasini va siljishini hisoblashning maqsadi va metodlari, siljish jaraenini vaqt bo'yicha rivojlanishini baholash hamda siljish jaraenini xavfli deformatsiyalar davri yoritilgan.
  • 8-ma'ruza: Ruda konlarida tog' jinslarini siljish jaraeni va yer osti qazish ishlarining ob'ektlarga zararli ta'siridan himoya qilish choralari.: Ruda konlarida siljish protsessining xarakteri va unga ta'sir etuvchi omillar, siljish xarakteriga ko'ra klassifikatsiyasi, hamda ob'yektlarni himoya qilish choralari batafsil bayon etilgan.
  • 9-ma'ruza: Ob'yektni himoya qilishning tog' - kon choralari: Bu ma'ruzada yer yuzasi va ob'ekt asosi deformatsiyasini kamaytirish choralari, kon ishlarini maxsus usulda olib borishni klassifikatsiyasi, muhofazalovchi seliklar (ustunlar) va vertikal kesmalar usuli, havfli siljish zona chegaralarini aniqlash va temir yolni muhofazalash choralari yoritilgan.
  • 10-ma'ruza: Kon lahimlarini suv ostida qolishdan muhofaza qilish choralari: Ushbu ma'ruzada suv havzasi ostida kon lahimlarini xavfsiz o'tkazish, suv havzalarini kon lahimlariga havfli ta'sir zonalarini aniqlash, kon lahimlarini suv ostida qolishdan muhofaza qilish choralari hamda ob'yektni himoyalashning konstruktiv choralari haqida ma'lumot berilgan.
  • 11-ma'ruza: Qazilma boylik konlarini ochiq usulda qazishda tog' jinslari siljishi: Bu ma'ruzada kar'er yonbag'rining va jinslarning ustuvorligi buzilishi ko'rinishlari, sochilmalar, ko'chkilar va ularning turlari, cho'kishlar haqida ma'lumot berilgan.
  • 12- ma'ruza: Kar'yerlarda jinslarning ustuvorligini buzilishi ko'rinishlari: Ushbu ma'ruzada kar'yer yonbag'rining va jinslarning ustuvorligi buzilishini ko'rinishlari, sochilmalar, ko'chkilar va ularning turlari hamda cho'kishlar haqida ma'lumot berilgan.
  • 13- ma'ruza: Kar'yer borti va ag'darmalarni deformatsiyasini marksheyderlik kuzatish: Bu ma'ruzada kar'yer borti va pog'onalarni ustuvorligini, deformatsiyasini kuzatish usullari, bevosita va bilvosita usullar, marksheyderlik kuzatish stansiyalarini barpo qilish tartibi va ularda bajariladigan ishlari haqida so'z boradi.