Zarmetan oltin rudali kon sharoitida konchilik ishlarini olib borishdagi geomexanik jarayonlarni taxlil qilish.
Ushbu malakaviy bitiruv ishida Zarmitan oltin rudali kon sharoitida konchilik ishlarini olib borishdagi geomexanik jarayonlarni taxlil qilish masalasi atroflicha o'rganilgan. Konning geologik tuzilishi, geodezik tayanch tarmoqlari, konda olib borilayotgan marksheyderlik ishlari, konni qazib olish ishlari, hayot faoliyati xavfsizligi, konchilik korxonasining malakaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlari va ekologik muommolariga doir masalalar bo'yicha ham ish olib borilgan. Amaliyotda to'plangan ma'lumotlar, adabiyotlar, kafedra o'qituvchilarining ko'rsatmalari va tavsiyalari asosida ish yozilgan. Ish natijasida olingan bilimlar va ko'nikmalar malakaviy ishni muvaffaqiyatli yakunlashga xizmat qilgan.
Asosiy mavzular
- Konning geologik tuzilishi: Zarmitan oltin konining geologik tuzilishi, tog' jinslarining stratigrafiyasi, tektonikasi, magmatizmi, geomorfologiyasi, gidrogeologiyasi va foydali qazilmalari haqida ma'lumot beriladi.
- Marksheyderlik ishlari tahlili: Kon xududida geodezik tayanch va tasvir tarmoqlarini tahlili, Zarmitan konida marksheyderlik syomkalari, tayanch tarmoqlari va ularni geodezik geometrizatsiyalash usullari ko'rib chiqilgan.
- Geomexanik ko'rsatkichlarning o'zgaruvchanligini baholash: Zarmitan oltin rudali kon sharoitida konchilik ishlarini olib borishdagi geomexanik jarayonlarni taxlil qilish, uzilmali strukturalar va darzliklar, ularning geometrik ko'rsatkichlarini geometrizatsiyalash usullari yoritilgan.
- Konchilik ekologiyasi: Konda konchilik sanoatining atrof-muhitga ta'sirini, ifloslanishning oldini olish choralarini va hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash usullari haqida ma'lumot beriladi.