“Ирмаш-механика” МЧЖ шароитлари учун 350.02.04 “Тана” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ва операцияларининг технологик таъминот воситалари конструкцияларини ишлаб чиқиш
Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
Asosiy mavzular
- KIRISH: O'zbekiston Respublikasi Prizidenti SH.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi farmonidan kelib chiqib, bazaviy tarmoqlarda moderinizatsiya, texnik va texnologik qayta jixozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zamonaviy moslanuvchan mini texnologiyalarni tadbiq etish; ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimiz ichlab chiqaruvchilari maxsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korhonalar tomonidan yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o'zlashtirish; iqtisod qilishning qattiq tartibini joriy etish, jumladan, tehnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash, ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini hamda boshqa sarf -harajatlarini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish harajatlarini va mahsulot tannarhini keskin kamaytirish tehnik va ishlab chiqrish intizomiga rioya qilish, mahsulot sifatini boshqarishning halqoro standartlarini tadbiq etish; moslanuvchan narh-navo siyosatini amalga oshirish, Johon bozorlarida narh-novo konyukturasi tez o'zgarib borayotgan sharoitda eksport mehanizmlarini takomillashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishlardir. O'tgan yillar ichida Ishlab chiqarish jarayonlarini mukammallashi va rivoji natijasida mashinasozlik soxasida quyidagi tarmoqlar paydo bo'ldi, bular, temir quyish texnologiyasi, temirlarga bosim ostida bolg'alash, shtampovkalash, metal qirqish tarmoqlari va boshqalar. Mashinasozlik texnologiyasi ishlab chiqarish jarayoni ilmiy intizomga asoslangan jarayon deb hisoblanadi. Bizni jamiyatimizda mashinasozlik tarmoqlari keng rivojlanagan. Bular asosan seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarish korxonalaridir.Bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan yangi ixcham firmalar va jamoaga maishiy xizmat ko'rsatuvchi korxonalar rivoj topdi. Bundan buyon ham ishlab chiqarish korxonalari faqat bozor talablariga javob bergan holda rivoj topadi. Diplom loyixasini bajarilishi “Mashinasozlik texnologiyasi” bo'yicha nazariy bilimlarni amalda mustaxkamlash imkonini beradi. Bunday bilimlar O'zbekiston Respublikasini yetakchi mashinasozlik korxonalaridagi xaqiqiy seriyali ishlab chiqarish sharoitlarini o'rganish evaziga mustaxkamlanadi. Diplom loyixasi mashinasozlik texnologiyasining nazariy asoslari va mexanizmlar detallarini tayyorlashning ilg'or texnologiyalari hamda ularni yig'ishning zamonaviy usullari to'g'risidagi malumotlardan foydalangan holda bajarilgan.
- 1. UMUMIY QISM: 1.1. Detalni xizmat vazifasi. "Tana” mashinasozlikda, sanoatda qishloq xojaligidagi mashina,mehanizm va uzellarda juda ko'plab foydalinadi. Tanalarga bazaviy detal sifatida mexanizm yoki uzelning qolgan barcha detallari maxkamlanadi. Shunga asosan maxkamlanuvchi yuzalar aniqligi yuqori bo'lsa, bazi yuzalariga zagotovka xolatidan keyin ishlov berilmashi mumkin. Uning materiali Stal 45 GOST 1050-88. Detalning barcha yuzalari o'rtacha aniqlikda ishlov beriladi. Yuzalarning g'adir budirligi 6,3 mkm ga teng. Asosiy ish bajaruvchi yuzalar T1 va T2 pazlar va G, J, B yuzalardir. Sababi bu yuzalarda rezba bor va biriktirish vazifasini bajaradi. Stal45 ning kimyoviy tarkibi (GOST 1050-88), 1.1-jadval Po'lat markasi S Si Mn Stal 45 0.42-0.49 0.17-0.37 0.5-0.8 Stal 45 ning mexanik xossalari 1,2-jadval Mexanik xossalari Po'lat markasi Vq, kg/mm² Gots, kg/mm² δς, % Ψ, % dn, kg/mm² HB Stal 45 64-76 36 17 40 8 197 1.2. Ishlab chiqarish turini aniqlash. Har bir mashinasozlik korxonasi bir yil davomida ishlab chiqarishga kerak bo'lgan mahsulot va zaxira qismlarining ma'lumotiga ega. Bu ma'lumot ishlab chiqarish dasturi deb ataladi va unda ma'lumotni turi, soni, oʻlchami va materiali toʻgʻrisida ham etarlicha axborot bor. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosanssexlar boʻyicha ishlab chiqarish dasturi tuziladi. Har bir mahsulot umumiy koʻrinishining chizmasi, detallarning ishchi chizmasi, yigʻuv chizma, spetsifikatsiyalar va texnik talablar bilan boyitiladi. Ishlab chiqarish dasturining xajmi, mahsulot tasnifi, jarayonning texnik va iqtisodiy shartlariga asosoan shartli ravishda uchta ishlab chiqarish turi mavjud: donali, seriyali, yalpi. Har bir ishlab chiqarish turi oʻziga xos tashkiliy shaklga ega. Shuni aytish kerakki, bitta korxonada xar-hil ishlab chiqarish turlari boʻlishi mumkin. Ishlab chiqarish turi va unga to'g'ri keladigan ishni tashkil qilish shakli tehnologik jarayonni tasnifini hamda uning tuzilishini aniqlaydi. SHuning uchun ham ishlab chiqarish turini aniqlash detalga mexanik ishlov berish tehnologik jarayonni loyixalashni boshlang'ich asosiy bosqichidir. Ishlab chiqarish turini jadvallar usuli bilan aniqlaganda detalning ogʻirligi va yillik ishlab chiqarish dasturi talab qilinadi.
- 2. TEXNOLOGIK QISM: 2.1. Zagotovka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash Zagotovkalar toza va xomaki zagotovkalarga boʻlinadi. Toza zagotovka deganda tayyorlangandan keyin kesib ishlanmaydigan, oʻlchamlari va tozaligi tayyor detal chizmasida koʻrsatilgan oʻlcham va tozalikka toʻgʻri keladigan zagotovkalar tushuniladi. Xomaki zagotovkalar chizma talablariga muvofiq keladigan oʻlcham, aniqlik va tozalikdagi detal hosil qilish maqsadida qoʻyim kesib olish uchun mexanik ishlanishi zarur boʻlgan zagotovkalardir. Mashina detallari uchun zagotovkalar asosan quyidagi usullar bilan tayyorlanadi: qora va rangli metallardan quyish yo'li bilan; bosim bilan ishlash (bolgʻalash va shtamplash) orqali; qora va rangli metallar prokatidan; metallokeramikadan (kukun metallurgiyasi yoʻli bilan); payvandlash – zagotovka qismlarini bir butun qilib ulash yo'li bilan; metallmas materiallardan (plastik massalar va boshqalardan). Zagotovka olish usulini tanlash, detalni oʻlcham va materiali, ishchi vazifasi, uni tayyorlashga texnik talablar, yillik dastur va umumiy tuzilishi kabi omillar belgilab beradi. Bu masalani xal qilishda zagotovka oʻlchami va tuzilishi detalni oʻlcham va tuzilishiga maksimal yaqin boʻlishini ta'minlash kerak. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zagotovka aniqligini oshirish va tuzilishini murakkablashtirish uni tannarxini oshishiga olib keladi. SHuning uchun ham zagotovka olishni optimal usuli zagotovka tannarxi kam boʻlgandagi usulidir. Zagotovka olishni mavjud usullarini tahlil qilib, berilgan ishlab chiqarish sharoitida detalimiz uchun zagotovkani shtamplash yo'li bilan olamiz.
- 3. KONSTRUKTORLIK QISM: 3.1. Dastgox moslamasini bayoni va xisobi. Pqisish kuchi zagotovkaga tacir qilayotgan kuch omillarini muovozanat shartidan kelib chiqib aniqlaymiz. Bu holatda P₂ tashqi kuch va Py radial kuchlar. Kesish maromlari hisoblaridan kuchlarni olamiz. P₂ = 555N; P = 0,6· Pz = 337,2N. Qisish uchun zarur kuch: P3 = Pyf₂ + KP2 f₁+f₂ [2, 113 bet, 10 jad.], bu erda f₁ - tayanchga zagotovkani tegishidan hosil boʻlgan ishqalanish koeffitsienti. f₂ - qisqich bilan zagotovkani tegishidan hosil boʻlgan koeffitsient. K - mustahkamlik zahira koeffitsienti. K = Ko • K₁· K2 ·K3 · K4 · K5 ·K6, [2, 117 bet.], bu erda Ko = 1,5 - kafolatli zahira koeffitsienti [2, 117 bet.], K₁ = 1 qora ishlov berishda kesish kuchining oishishni hisobga olish koeffitsienti, [2, 117 bet.], K₂ = 1,6 kesuvchi asbobning oʻtmasligi natijasida kesish kuchining oishishni hisobga olish koeffitsienti, [2, 117 bet. 111 tab.], K3 =1 uzuq-uzuq tokarlik ishlov berishda kesish kuchining oishishni hisobga olish koeffitsienti, [2, 117 bet.] K₁ = 1,2 - mustahkamlash kuchining doimiyligini hisobga olish koeffitsienti [2, 117 bet.], K5 = 1 - ergonomiklini hisobga olish koeffitsienti [2, 117 bet.], K = 1,5 - aylanma momentni hisobga olish koeffitsienti, [2, 117 bet.], K = 1,5·1·1,6·1·1,2·1·1,5=4,32 f₁ = 0,16 [2, 118 bet., 12 jad.], f2 = 0,16 P = 337,2-0,16+4,32-555 = 15342,6 N 0,16+0,16 Dastak tizimining elkasi nisbati: i = 125 = 5 25 Kerakli pnevmotsilindr surish kuchlari: P3 = Pu bu erda, in - tizimning jami FIK. n = Пп.ц. Пр.С., bu erda Пц = 0,9 - pnevmotsilindr FIK, Np.c. = 0,8 - tirsakli tizim FIK. = 0,9 0,8 = 0,72 P = 15342,6 = 4021 N 5.0,72 P=0,63 MPa; D=100mm; d = 25 mm ikki tomonga ta'ir qiluvchi pnevmotsilindrni tanlaymiz. 4380 N - itaruvchi kuch. 4080 N – tortuvchi kuch. Ushbu pnevmotsilindr zagotovkani ishonchli qotirilishini tahminlaydi. 3.2 Nazorat moslamasini bayoni va xisobi. Bizga berilgan detalimiz oʻz oʻqi atrofida aylanuvchi detallar sinfiga kirganligi va detalni asosiy yuzasi silindr boʻlganligi sababli detalimizni indikatorlar yordamida nazoratdan oʻtkazamiz. Nazorat moslamasini xatoligi hisobiy kattaligi quyidagicha boʻladi. Δmoslama=√∆₁²+∆₂²+√∆₃² + ∆₄² + ∆₅² Bu erda ∆₁ =0,005 mm –moslama oʻrnatish uzellarini tayyorlashda chiziqli oʻlcham boʻyicha xatolik; ∆2=0 uzatish qurilmalarining sistematik xatoligi; ∆₁=0 oʻrnatish xatoligi; 3 ∆₁=0 tekshirilayotgan detal oʻlchov bazasini oʻrnatish uzel ishchi yuzasi bilan mos tushgandagi noaniqlik ∆₁=0,005 mm tasodifiy xatolik, ∆₁= 0,001 mm qollanilayotgan oʻlchash uslubiy xatolik. Bulardan kelib chiqadiki moslama xatoligi
- 4. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.: Mehnat haqidagi qonunlar Kodeksi ishdagi zararli vaziyatlarni bartaraf qilish, baxtsizlik hodisalarning oldini olish va ish o'rinlarni sanitariya-gigienik jihatdan ko'ngildagidek bo'lishi uchun barcha zarur choralarni ko'rishini ma'muriyat zimmasiga yuklanadi. "Tana" detalini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda turli metall qirqish dastgohlaridan, standart va maxsus metall qirqish asboblari va moslamalaridan, tayyor detallarni va zagatovkalarni uzatib berish uchun konveyerlardan, chiqindilarni olib chiqish uchun transportyorlar, yuklarni ko'tarib tashish uchun kran-balkalardan foydalaniladi. Jarayonda detal dastgohdan ikkinchi dastgohga qo'l yoki maxsus qurilma orqali uzatib beriladi. Vtulka detaliga ishlov berish jarayoni GOST123-002-85 boʻyicha ishchilar mehnatini xavfsizlik sharoitlarini inobatga olgan holda tuzilgan texnologik jarayon, metall qirqish dastgohlaridan iborat bo'lgan ishlab chiqarish tizimidir. Dastgohlar moslanib kerakli kesuvchi asboblar bilan ta'minlangan. Bu dastgohlar universal va yarim avtomatikdir. Bo'limda mavjud bo'lgan xavfli moddalar SNiP – 93 normativlar bilan me'yorlangan. Ishchi joylarni yaxshilash uchun boʻlimda issiq va sovuq suv,ichimlik suvi,dam olish joylari ko'zda tutilgan. Texnologik jarayonni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash mehnat sharoitini engillashtiradi. Mehnat sig'imi va yordamchi vaqt ham kamayadi. SHuning uchun zagatovka sexda va tashqaridan elektrokaralar yordamida tashiladi. Osma kran yordamida dastgoxlar montaj va demontaj qilinadi. Qo'llanilgan moslamalar iloji boricha mexanizatsiyalangan boʻladi. Ogʻir yuk va dastgohlarni koʻchirish uchun kranbalka qoʻlaniladi. Korxonada bir nechta zararli va havfli omillar mavjud. Zararli omillar birinchi mexanik ishlov berishdagi, ya'ni kesib ishlashdagi ajraladigan chang, tovush, vibratsiyadir. CHang odamning organizmiga kirib nafas olish yoʻlarini kasallantiradi va koʻz pardasini ishdan chiqaradi. Vibratsiya, ya'ni tebranish tufayli professional kasalliklar paydo boʻladi. CHiqadigan tovush odamning miyasiga ta'sir etib uni charchatadi va maʼlum kasalliklarni kelib chiqishiga sabab boʻladi. SHularni inobatga olgan xolda sexda ventiliyasiya va tabiiy yorug'lik bilan taminlangan,xavfli zoʻnalarni barchasi atrofi oʻralgan.Ishlab chiqarish uchastkasi asosiy va qoʻshimcha korpuslardan iborat. Asosiy korpus-temir-beton yig'ma konstruksiyadan iborat, yonib portlash xavfliligi bo'yicha "D" kategoriyaga kiradi. Korxonada ishchilarga maxsus kiyimlar, qo'lqoplar, kaskalar va koʻzoynaklar beriladi. Bo'limda oʻtish va transportda oʻtish yoʻllari xam mavjud, ular me'yorga koʻra yo'llar 2000 mm, oʻtish joylari dastgoxdan 800 1200 mm teng masofada bo'lishlari shart. Ularni soni texnologik jarayon katta - kichikligiga qarab olinadi. Odamni o'lchovi 800 mm olinadi. Odam va stanok orasidagi masofa 1500 mm qilinib olinadi. YOritilganlik darajasi. Ishlab chiqarish joyidagi yoritilish tizimi yoritilganlik normalariga mos holatda tabiy va suʼniy yoritilish orqali taʼminlanadi.
- 5. IQTISODIYOT QISMI: Sex bo'limlarida texnologik jarayonlarni loyihalashda uning samaradorligini aniqlaydigan asosiy koʻrsatkich - bu ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi hisoblanadi. Texnologik jarayonlarning biron-bir operatsiyasi uchun qoʻshimcha nostandart qurilma, moslama mexanizm qoʻllangan holda operatsiyaning texnologik tannarxini aniqlash uchun keltirilgan sarf-xarajatlarni aniqlash talab etiladi. Buning uchun quyidagi boshlang'ich ma'lumotlar zarur boʻladi. 5.1. Yillik ishlab chiqarish dasturi N=9000 dona. 5.2. Asosiy jamg'armalar xarajatlari 5.2.1. Bino-inshoatlar qiymatini aniqlash S = 1,3QумБАБ, bu erda, 1,3 – bino usti (qoʻshimcha hajmi)ni hisobga oluvchi koeffitsient; Q_um – binoning umumiy maydoni (tashqi oʻlcham bilan), Q_um = 187,2 m^2 (5.4-boʻlim); hB - bino balandligi, hB = 8,5 m; qB - binoning 1 m³ bahosi, qB = 9610 soʻm S = 1,3187,2 · 8,5 · 9610 = 19878861,6 минг сўм. 5.2.2. Dastgoh, jihoz va asbob-uskunalar qiymati. a) Dastgohlar qiymati ularning soni, preyskurant bahosi, transport xarajatlari, montaj va sozlash xarajatlaridan kelib chiqib hisoblanadi va 93700000 sumga teng. b) Asbob uskuna va moslamalar qiymati: Ularning qiymati dastgohlar balans qiymatining 15% ga teng deb olinadi: Ѕас = 15% Сдаст = 0,1593700000 = 14055000 сўм. v) Ishlab chiqarish inventarlari qiymati: Ishlab chiqarish inventarlari qiymati dastgohlar balans qiymatining 1,5% ga teng deb olinadi: Ѕас = 1,5% Сдаст = 0,015-93700000 = 1405500 сўм. ac 5.3 Asosiy fondlarning tarkibi va tuzilishi 5.1-jadval Ko'rsatkichlar Boshlang'ich (balans) qiymat, so'm Umumiy amortizatsiya me'yori, % Yillik amortizatsiya miqdori, so'm Asosiy ishchilarning jami ish haqi fondi: 42911200,67 soʻm. YOrdamchi ishchilarni ish haqi: 5.2-jadval Xizmatchilar kategoriyasi va lavozimi Soni Oylik maoshi, so'm Yillik ish haqi, so'm YAgona ijtimoiy sug'urta to'lovi, so'm Yillik mukofot puli 1 MTX 1.1 Bo'lim boshlig'i 1 1249365 14992380 3748095 2998476 1.2 Katta usta 1 864945 10379340 2594835 2075868 1.3 Usta 0 672735 0 0 0 2 OIX 1 2.1 Omborchi 1 672735 8072820 2018205 2018205 3 KXX 1 3.1 Farrosh 1 288315 3459780 864945 864945 JAMI 4 36904320 9226080 7957494 YOrdamchi ishchilarning jami ish haqi fondi: 54087894 so'm. 5.5 Jihozlarni tutish va ulardan foydalanish xarajatlarini aniqlash Dastgohlarni ekspluatatsiya uchun sarf-xarajatlar asosiy ishchilar ish haqining 150% ga teng deb olinadi: Сэкс = 1,55их = 1,5 25241882,75 = 37862824,13 сўм. 5.6 Umumiy sex sarf-xarajatlarini aniqlash Sex sarf-xarajatlar asosiy ishchilar ish haqining 120% ni tashkil qiladi: Ѕцех = 1,25их = 1,2 25241882,75 = 30290259,3 сўм. Umum korxona sarf-xarajatlar barcha ishchilar ish haqining 90% ini tashkil qiladi: S_кор = 0,92S_ИҲі = 0,9 (25241882,75 + 36904320 = 55931582,48 сўм. 5.7 Tana detalining tannarxi kalkulyasiyasi 5.3-jadval № Sarf xarajatlar Bir dona maxsulot Yillik dastur uchun, ming