Ирмаш-ривож” МЧЖ шароитлари учун 600.08.11 “Гилза” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ва операцияларининг технологик таъминот воситалари конструкцияларини ишлаб чиқиш

Ushbu diplom loyihasi

Asosiy mavzular

  • Kirish: Sanoatning turli tarmoqlarini mashinasozlik yangi texnika va ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlab, barcha sohalarini rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora tadbirlar quyidagilarni hal qilishga qaratilgan: korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslanuvchan texnologiyalarni keng joriy etish; qat'iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag'batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish.
  • Umumiy qism: "Gilza" detali poʻlat 40X GOST 4543-71 dan tayyorlanadi. Ushbu emirilishga bardoshlik qattiq sirtli gilza etarlicha mutsahkam va qayishqoq oʻzakda, katta tezlikda va oʻrtacha nisbiy bosim ostida ishlaydi. Oʻlchamlar aniqligini ta'minlash uchun oxirgi operatsiyada jilvirlash kabi ishlov berishdan foydalanish zarur.
  • Texnologik qism: Mashina detallarni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo quyidagi materiallardan iborat bo'lishi mumkin: 1. CHoʻyan, po'lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar. 2. Bolgʻalangan va shtamplangan xom-ashyo : 3. Po'latdan sovutilagan va qizdirilgan xollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metall - prokatlar. Xom-ashyoning turi ishlash shart-sharoitlariga bog'liq boʻladi. SHakldor detallar ishlash jarayonida cho'zilish va egilish tasirida boʻlmasada, odatda choʻyanlardan tayyorlanadi.
  • Konstruktorlik qismi: Frezalash operatsiyasi uchun moslamani hisoblaymiz. Zagotovkani oʻrnatish uchun a = 90° asos prizmani, pnevmotsilindr kuch qurilmasi orqali qisqichlar ishga tushiriladi. P qisish kuchi zagotovkaga tahmir qilayotgan kuch omillarini muovozanat shartidan kelib chiqib aniqlaymiz. Bu holatda P₂ tashqi kuch va Py radial kuchlar. Kesish maromlari hisoblaridan kuchlarni olamiz.
  • Xayot faoliyati xavfsizligi: Xavfli omillar bu metallga ishlov bergan vaqtda qirindi, asbob sinig'lari uchib odamga jarohat qilishi mumkin. Bundan tashqari xavfli omillarning biri elektr toki. CHunki xamma jihozlar elektr toki bilan ishlaydi. Bo'limda oʻtish va transportda oʻtish yo'llari ham mavjud, ular meyorga qaraganda, yoʻllar-2000 mm, o'tish joylari va dastgohdan 800-1200 mm teng boʻlishlari shart.
  • Iqtisodiy bo'limi: Sex bo'limlarida texnologik jarayonlarni loyihalashda uning samaradorligini aniqlaydigan asosiy koʻrsatkich bu ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi hisoblanadi. Texnologik jarayonlarning biron-bir operatsiyasi uchun qoʻshimcha nostandart qurilma, moslama mexanizm qoʻllangan holda operatsiyaning texnologik tannarxini aniqlash uchun keltirilgan sarf-xarajatlarni aniqlash talab etiladi.