Informatika va axborot texnologiyalari fanidan algoritm va dasturlash bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlari
Ushbu kitob informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga bag‘ishlangan. Unda algoritmlash va dasturlash bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar, har bir laboratoriya ishi uchun variantlar to‘plami keltirilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchilari va kursni mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Arifmetik ifodalarni algoritmik tilda yozish: Standart matematik funktsiyalar bilan ishlash va oddiy arifmetik ifodalarni algoritmik tilda ifodalash usullari ko'rsatilgan. Funktsiyalar va ularning algoritmik tildagi ifodalari, nostandart matematik funktsiyalarni standart funktsiyalar orqali ifodalash usullari berilgan.
- Chiziqli algoritmlar va dasturlar tuzish: Oddiy arifmetik ifodalarni hisoblashning chiziqli algoritmlarini blok-sxema usulida tasvirlash, dasturlashda o‘zgaruvchilarni tavsiflash, o‘zlashtirish, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlaridan foydalanish o‘rgatiladi.
- Tarmoqlanuvchi jarayonlar algoritmlari va dasturlarini tuzish: Tarmoqlanuvchi algoritmlarni tuzish, blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash, shartli va shartsiz o‘tish operatorlaridan foydalanish usullari keltirilgan.
- Takrorlanuvchi jarayonlar algoritmi va dasturini tuzish: Siklik algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash, sikl operatorlaridan foydalanish, takrorlanish soni aniq va noaniq bo'lgan sikllarni tashkil etish usullari o'rgatiladi.
- Massivlar ustida amallar bajarishga doir algoritm va dasturlar tuzish: Massiv elementlari ustida har xil almashtirishlar va hisoblashlar bajarish algoritmlarini yaratish, massivlarni dasturda tavsiflash va ulardan masalalar yechish usullari ko'rib chiqiladi.
- Shakllar chizish va funktsiya grafiklarini qurish dasturlarini tuzish: Turbo Pascal va Pascal ABC grafik imkoniyatlaridan foydalanib turli xil shakllarni yasash va bo'yash, funktsiya grafiklarini yasash usullari ko'rsatilgan.
- Delphi vizual dasturlash vositasida oddiy matematik hisoblashlar dastur ilovalarini yaratish: Delphi forma komponentalarini o‘rganish, komponentalar imkoniyatlaridan foydalanib dastur ilovalarini yaratish usullari keltirilgan.