"Talabalar mustaqil ishini tashkil etish "

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish usullarini ochib beradi. Adabiyotlarni o'qish, konspekt tuzish, referat, kurs ishi, bitiruv-malakaviy ish yozish hamda amaliyotni o'tash bo'yicha tavsiyalar berilgan. Kitobda mustaqil faoliyatning turli shakllarini tashkillashtirish bo'yicha o'qituvchilar uchun maslahatlar berilgan. Qo'llanma bakalavriat va magistrantlar uchun foydali.

Asosiy mavzular

  • Talabalar mustaqil ishining mohiyati va unga qo'yiladigan umumiy talablar: Mustaqil ishning maqsadi, turlari (reproduktiv, bilib izlaydigan, ijodiy) va tashkil etish chora-tadbirlari.
  • Ilmiy va o`quv adabiyotlari bilan ishlash: Adabiyot turlari (ilmiy, o'quv-ilmiy), mutolaa turlari va qoidalari, ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish qoidalari, axborotni markirovkalash usullari.
  • Konspekt yozish: Konspektning maqsadi, vazifalari va turlari (rejali, mavzuli, matnli, xronologik, erkin, obzorli). Konspektlashtirish qoidalari.
  • Referat yozish va rasmiylashtirish: Referatning ta'rifi, turlari (informativ, indikativ, monografik, tahliliy), tarkibi, tuzish bo'yicha yo'riqnoma, baholash mezonlari.
  • Kurs ishi yozish va rasmiylashtirish: Kurs ishining maqsad va vazifalari, yozishga tayyorgarlik, talablar, ilmiy adabiyotdan foydalanish, ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash, rahbarlik, himoya.
  • Bitiruv-malakaviy ishini yozish va rasmiylashtirish: Bitiruv-malakaviy ishi yozishning umumiy qoidalari, mavzuni tanlash va biriktirish, bajarilish muddati, rahbarlik, tuzilishi va mazmuni, rasmiylashtirish, baholash.
  • Malakaviy amaliyot o`tash: Amaliyotning maqsadi va vazifalari, tashkil qilish va unga rahbarlik, shartnoma majburiyatlari, rahbarlarning vazifalari, natijalarni yakunlash.