Soliq statistikasi va prognozi

Uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Toshkent Moliya instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib, "Soliq statistikasi va prognozi" fanidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada faning predmeti va vazifalari, soliq hisobi, tahlili va prognozlashga oid nazariy va amaliy ma'lumotlar, nazorat savollari, mustaqil ish mavzulari, shuningdek, mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tishda foydalaniladigan usullar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Soliq statistikasi va prognozi: Fan predmeti, maqsadi va vazifalari, prognozlash va rejalashtirishning o'ziga xos xususiyatlari va umumiy jihatlari, soliq tushumlarini prognoz qilishning zarurligi va mohiyati, Xalqaro valyuta fondi amaliyotida soliq tushumlarini prognoz qilish amaliyoti.
  • Soliqlarni hisoblashda qo'llaniladigan ko'rsatkichlar va ularning iqtisodiy ahamiyati: Soliq hisob-kitoblarining o'ziga xos xususiyatlari, ularning mohiyati, soliqlarni hisoblash va byudjetga o'tkazish tartibi, soliq hisoblash usullari, soliq hisoblashda foydalaniladigan ko'rsatkichlar.
  • Soliq elementlarining soliqlarni prognoziga ta'siri: Soliq elementlari tarkibi va ularni prognozlashdagi ahamiyati, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar to'laydigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bazasini aniqlash tartibi, soliq tushumlarini tahlil qilish, vertikal, gorizontal va omiliy tahlil, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga ta'siri.
  • Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha tushumlarni prognoz qilish tartibi va usullari: O'zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish va diversifikatsiyalash sharoitida Davlat byudjeti daromad qismini prognozlashtirishning mohiyati, prognozlashtirishni tashkil qilish, Davlat byudjeti daromadlar qismi loyihasini tuzish tartibi.
  • Soliq to'lovchilar tomonidan soliq majburiyatini bajarish tartibi va soliq qarzini majburiy undirishni tashkil etish: Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog'liq obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning ortiqcha to'langan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish.
  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini prognoz qilish tartibi: Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i byudjetning daromad qismini shakllantirishdagi o'rni, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i to'lovchilarning sonini o'zgarishi bilan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i tushumlarini o'zgarishining bog'liqligi, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini prognoz qilish usullari.
  • Qo'shilgan qiymat solig'i prognozini tashkil qilish: Qo'shilgan qiymat solig'ini prognoz qilish usullari, soliq prognozini tashkil qilish va kerak bo'lgan ma'lumotlarni jamlash, operativ prognozlashtirish maqsadi, qo'shilgan qiymat solig'i oborotini aniqlash va uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar tahlili asosida prognozlashtirish.
  • Aksiz solig'ini prognoz qilish tartibi: Aksiz solig'ini prognozlashtirishning mohiyati, aksiz solig'ini prognoz qilish usullari, soliq prognozini tashkil qilish va kerak bo'lgan ma'lumotlarni jamlash, aksiz solig'ini prognozlashtirishda foydalanadigan ma'lumotlar, xo'jalik yurituvchi subyektlarning soliq va debitorlik qarzlari.
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini prognoz qilish: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini prognoz qilishning mohiyati, soliq to'lovchilari va ularning sonining o'zgarishi, soliq tushumlari hajmining o'zgarishiga ta'siri, jismoniy shaxslarning daromad solig'ini prognozlashtirishda foydalanadigan ma'lumotlar.
  • Mol-mulk solig'i va resurs to'lovlarini prognoz qilish tartiblari: Mol-mulk solig'i va uni prognozlash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar, yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni prognoz qilishda soliqning yalpi bazasini aniqlash tartibi, jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni prognoz qilishda soliqning yalpi bazasini aniqlash tartibi, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini prognoz qilish tartibi.
  • Soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidagi soliqlarni prognoz qilish: Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari va ularning soni o‘zgarishining byudjet tushumlariga ko‘rsatgan ta’siri, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni prognoz qilishning mohiyati, yagona yer solig‘ini o‘ziga xos xususiyati, uni prognoz qilish mohiyati, yagona yer solig‘ini prognoz qilish usullari, prognozni tashkil qilish va zaruriy ma’lumotlarni jamlash tartibi.
  • Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga majburiy to‘lovlarni prognoz qilish: Byudjetning nosoliq daromadlari tarkibi va ularning tahlili, budjetga boshqa tushumlarni tahlil qilish va prognozlash tartibi, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga tushumlar tahlili va prognozi, Respublika Yo‘l jamg‘armasiga tushumlar tahlili va prognozi.