Mikro va makro iqtisodiyot
Ushbu kitob "Mikro va Makroiqtisodiyot" fani boʻyicha maʼruzalar to‘plamidir. Unda mikro va makro iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va modellari, bozor mexanizmlari, ishlab chiqarish xarajatlari, inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy o'sish kabi mavzular qamrab olingan.
Asosiy mavzular
- Bozor mexanizmi va uning elementlari: Talab, taklif va narx muvozanati: Ushbu mavzuda bozor mexanizmining asosiy elementlari, ya'ni talab, taklif va narxning o'zaro bog'liqligi, talab va taklif qonunlari, hamda muvozanat narxi shakllanishi jarayonlari tahlil qilinadi.
- Ishlab chiqarish xarajatlari: Firmaning qisqa va uzoq muddatli xarajatlari, xarajat turlari, doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar, umumiy, o'rtacha va chegaraviy xarajatlar kabi tushunchalar mazmuni ochib berilgan.
- Ishsizlik va uning iqtisodiy ahamiyati: Ushbu mavzuda ishsizlikning mohiyati, turlari (friksion, tarkibiy, davriy), sabablari va oqibatlari, shuningdek, ishsizlikni tartibga solish bo'yicha davlat siyosati ko'rib chiqiladi.
- Inflyatsiya va uning oqibatlari: Inflyatsiyaning mohiyati, sabablari, turlari, talab va taklif inflyatsiyasi, Fillips egri chizigʻi, hukumatning inflyatsiyaga qarshi siyosati, inflyatsiyaning oqibatlari kabi masalalari yoritilgan.
- Makroiqtisodiyotga kirish. Makroiqtiosodiyotning asosiy ko'rsatkichlari: Milliy hisob tizimi, asosiy miqdoriy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, asosiy qiymat makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.