"H T M L тилида Web саҳифалар яратиш "

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma veb-sahifalar yaratish asoslarini, HTML tilini va boshqa veb texnologiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Qo'llanma HTMLning asosiy tushunchalari, teglar, atributlar va ularning vazifalari, shuningdek, veb texnologiyalarining infrastrukturasini qamrab oladi. Kitob veb-sahifalar yaratishni o'rganmoqchi bo'lgan talabalar, magistrlar va boshqa foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Veb Brauzerlar va HTML Tili Asoslari: Brauzerlar tarixi, turlari (Netscape, Internet Explorer), HTML tilining veb sahifalar yaratishdagi o'rni, WWWga kirish
  • HTML Tili va uning asoslari: HTML hujjatining tuzilishi, teglar, atributlar, elementlar, URL tushunchasi
  • Giperbog'lanishlar va giper murojaatlar: Gipermatn texnologiyasi, URL, nisbiy va mutlaq adreslar, giperbog'lanishlarni yaratish
  • HTML hujjatda matnni formatlash: Shrift, o'lcham, rang, shrift uslubi, teglarni tekkislash, ro'yxatlar yaratish
  • Maxsus belgilar va ularni HTML kodida yozish: HTMLda maxsus belgilarni tasvirlash, CER, xalqaro belgilash
  • HTML hujjatga grafik obyektni joylashtirish: grafik obyektni web-sahifaga joylashtirish, tarmoq texnologiyasining grafik formatlari
  • Web-sahifada jadvallarni yaratish: Web sahifada jadvallar yaratish, ularni formatlash, attributlari
  • Fremylar haqida umumiy tushuncha: Fremylar, atributlari, fremylar bilan ishlash usullari
  • Xujjatni tavsiflash META tegi: META tegi, vazifasi, ishlatish usullari, attributlari
  • Stillarning kaskad jadvallari: CSS, sintaksis, meros olish, stil jadvallarini HTML-hujjatga qo'shish