Pul va banklar
Ushbu kitob "Pul va banklar" fanini chuqur o'rganish maqsadida tayyorlangan bo'lib, unda pulning paydo bo'lishi, zarurligi va funksiyalari, pulning qiymat shakllarining evolyutsiyasi, pulning turlari, pul aylanishi va uning tarkibi, inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo'llari, kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, moliya-kredit tashkilotlari va ularning roli, jahon valyuta tizimi va uning rivojlanishi, shu jumladan Yevro valyutasi, inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo'llari, bank inqirozlari hamda AQSh va Yevropa mamlakatlari bank tizimlari va ularning faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- 1-Mavzu. Pul va banklar faniga kirish: Bozor munosabatlarining yuqori sur'atlarda rivojlanib borishi har bir sub'ektning pul, banklar, kredit va moliyaviy bozorlarning dastagi bo'lgan moliyaviy instrumentlar hamda ularda yuzaga keladigan o'zgarishlarga munosabati va qiziqishlarini kuchaytirib boradi. Chunki, bozor mexanizmi iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib tez o'zgarib, yangilanib turadi va shular asosida u mamlakat iqtisodiyotining har tomonlama rivojlanib borishi yo'nalishlarini belgilab beruvchi doimiy harakatda bo'lgan dastak hisoblanadi.
- 1.2. Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi: Iqtisodiyotning asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste'moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko'rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar o'rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o'ynaydi.
- 1.3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni: Moliyaviy bozorlar, moliya institutlari va pulga doir munosabatlarda chigalliklarning yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf hisoblanib, uning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishiga, siyosiy va saylovlar jarayonlariga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Pul, banklar va moliyaviy bozorlarni o‘rganish ko‘plab mavjud muammolarni tushunishga yordam beradi. Avvalo bu fanda bozor munosabatlarining muhim instrumenti sifatida pulning mohiyati, uning paydo bo‘lishi, pulning zarurligi, pul bajaradigan funktsiyalar, bozor munosabatlarini samarali qaror toptirishda pulning roli va ahamiyati kabi masalalarga e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, ushbu fanda mavjud muammolarni ochib berish va ularni o‘rganish qanchalik darajada ahamiyatli ekanligi ham ko‘rsatib beriladi.
- 1.3.1. Moliya bozorlari faoliyati: Moliyaviy bozorlar – bu tijoriy banklar, sug‘urta kompaniyalari, o‘zaro fondlar, moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklarni oladi. Ushbu muassasalarning faoliyati davlat tomonidan qattiq tartibga solib boriladi. Agar biror shaxs, masalan, Jeneral Motors ga qarz bermoqchi bo‘lsa, u kompaniya prezidentiga borib o‘z pul mablag‘larini tavsiya qilmaydi. Bundan ko‘ra u kompaniyaga to‘g‘ridan - to‘g‘ri emas, balki moliyaviy vositachilarga - bir iqtisodiy subektlarning bo‘sh mablag‘larini o‘zida jamlab, boshqalarga kreditga beruvchi muassasalarga qarz beradi.