Тарихий лексикография

Ushbu kitob turkiy filologiya tarixida muhim o'rin tutuvchi leksikografiya masalalariga bag'ishlangan. Unda o'zbek tilshunosligi tarixining shakllanishi, lug'atchilik an'analari, turli davrlarda yaratilgan lug'atlar va ularning tuzilish prinsiplari, so'zlarning izohlash usullari kabi mavzular o'rganiladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O'zbek tilshunosligi tarixida lug'atchilikning o'rni, leksikologiya va leksikografiya tushunchalari, tarixiy leksikografiyaning vazifalari va o'rganish ob'ektlari, lug'at va lug'atchilik an'analari haqida ma'lumot beriladi.
  • Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asari: Mahmud Koshg'ariyning hayoti va ilmiy merosi, asarning tilshunoslikdagi o'rni, tuzilish prinsiplari, so'zlarni izohlash usullari, grammatik qoidalar va ularning berilishi, asarning nashrlari va tadqiq etilishi haqida ma'lumotlar keltiriladi.
  • Mahmud Zamahshariyning "Muqaddimatu-l-adab" asari: Mahmud Zamahshariyning hayoti va faoliyati, asarning tuzilishi, undagi turkiy so'zlarning o'rni, lug'atning tuzilish prinsiplari, lug'atdagi turkiy so'zlikning muhim til xususiyatlari va ahamiyati haqida ma'lumotlar beriladi.
  • XIV-XV asrlarda turkiy til bo'yicha arab tilida yaratilgan lug'atlar va grammatik asarlar: Mamluklar davlatida turkiy tilga e'tibor, arab tilida turkiy tilni o'rganish bo'yicha yaratilgan asarlar, "Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug'aliy" va "Attuhfatu-z-zakiyatu fillugatit turkiya" asarlari haqida ma'lumotlar keltiriladi.
  • XV-XVI asrlarda "chig'atoy turkiysi" bo'yicha yaratilgan lug'atlar va grammatik asarlar: Alisher Navoiyning o'zbek tilshunosligiga qo'shgan hissasi, "Muhokamatu-l-lug'atayn" asari, Navoiyning talqin prinsiplari, Navoiy turkiy tilining so'z boyligi to'g'risida, Alisher Navoiyning lug'atchilik faoliyati, "Sab'at abhur" lug'ati haqida ma'lumotlar beriladi.
  • XVII-XIX asrlarda yaratilgan lug'at va grammatik asarlar: Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" asari, Mirzo Mexdixonning lug'atshunoslikdagi xizmatlari, Fazlullaxon barlosning "Lug'at-i turkiy" asari, Fathali Qojorning "Kitob-i lug'at-i atrokiya" asari, “Xamsa bo halli lug'at" asari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Hozirgi tilshunoslikda turkiy yozma yodgorliklar bo'yicha yaratilayotgan lug'atlar: Hozirgi zamon lug'atchiligining o'ziga xos xususiyatlari, yozma yodgorliklar bo'yicha tuzilgan lug'atlar, "Drevnetyurkskiy slovar" va A.K. Borovkovning "Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv." asarlari haqida ma'lumot beriladi.