Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish chiqindisi- kalsiy xlorid asosida alinit sementi olish texnologiyasi

Ushbu dissertatsiya Qoʻngʻirot soda zavodi chiqindisi boʻlgan kalsiy xlorid asosida alinit sement ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda kalsiy xloridning sementning qotish muddatiga va mustahkamligiga ta'sirini oʻrganildi. Kalsiy xlorid qoʻshilgan sementning qotish muddatining tezlashishi va mustahkamligining oshishi aniqlandi. Bu esa energiyani tejash va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiyaning dolzarbligi, mavzuning mohiyati va tadqiqot maqsadi, vazifalari hamda ob'ekti va predmeti bayon etilgan.
  • I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI: Soda ishlab chiqarish texnologiyasi va undan hosil boʻladigan chiqindilar, silikat materiallar klassifikatsiyasi, sement turlari, kimyoviy va mineralogik tarkibi, sement ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom-ashyolar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • II BOB. ASOSIY TADQIQOT OB'EKTI VA USLUBLARI: Tadqiqot olib borish usullari, sement qorishmasining normal quyuqligini aniqlash, tishlashish muddatini aniqlash, sementning xajmini bir me'yorda oʻzgarishini aniqlash, egilish va siqilish kuchiga boʻlgan mustaxkamlik chegarasini aniqlash hamda sement qorishmasining konsistensiyasini aniqlash usullari bayon etilgan.
  • III BOB. TAJRIBA-TADQIQOT QISMI: Soda ishlab chiqarish chiqindilarining xossalarini tadqiq etish, kalsiy xlorid asosida alinitsement shixtasini hisoblash va kuydirish, alinit sement ishlab chiqarish texnologiyasi oʻrganilgan.