Archa efir moylarini olish laboratoriya reglamentini yaratish

Ushbu bitiruv malakaviy ilmiy ishining asosiy maqsadi O'zbekiston hududida o'sadigan archa, qarag'ay o'simligi sox-shabbalaridan medetsina, farmasevtika, parfyumeriya uchun zarur bo'lgan: sirop, ekstrakt va essensiyalar tayyorlashni yo'lga qo'yishdir. Tadqiqotda archa o'simligining efir moylarini ajratib olish texnologiyasi, iqtisodiy ko'rsatkichlari, foydalanish usullari va xossalari o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oʻzbekistonning buyuk kelajagini qurish uchun nafaqat malakali qadrlar, balki xar bir fuqaro o`z xissasini qo`shishi shartligi, dorivor o'simliklardan efir moddalar ajratib olish, efir moyli o'simliklarning kimyoviy tarkibini va xossalarini o'rganish, biologik va farmakalogik xususiyatlarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi haqida ma'lumot beriladi.
  • Tanlangan mavzu bo'yicha adabiyotlar, patentlar va internet ma'lumotlari tahlili: Dunyo florasida efir moyli oʻsimliklarning ko'pligi, ularning kimyoviy tarkibi, qoʻllanilishi, sanoatda foydalanishi va ilmiy tadqiqotlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Ishning qisqacha mazmuni, maqsad va vazifalari: Xalq xo'jaligini turli sohalarida efir moddalarga bo'lgan talabning ortib borishi, o'simlik va jonzotlarni o'rganish, sanoatbop xom-oshyolar olish va biotexnologik jarayonlarni takomillashtirish maqsadida o'simliklardan efir moylarini ajratib olish texnologiyasini rivojlantirish hamda bu jarayon asosida archa va qarag'ay o'simliklaridan dorivorlik va sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan moddalarni olish ko'zda tutilgan.
  • Tajriba- tadqiqotlar qismi: Archa va qarag'ay o'simliklaridan efir moyini ajratib olish uchun tajribalar o'tkazilgan, uslub tanlanib asoslangan. Tajriba natijalari asosida diagrammalar tuzilgan va tahlil qilingan.
  • Kutilayotgan iqtisodiy ko'rsatgichlar: Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan uskuna va jihozlar qiymati, ularning amortizatsiyasi, ish haqi xarajatlari va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlar hisoblangan.
  • XULOSA: Bitiruv malakaviy ilmiy ishini bajarish jarayonida archa va qarag'ay o'simliklari haqida umumiy ma'lumotlar, tarkibidagi efir moylari, biologik aktiv moddalari, ularni ajratib olish usullari o'rganilgan. Texnologik sxemalar tuzilgan, iqtisodiy ko'rsatkichlari hisoblangan. Loyiha natijasida korxonaning rentabelligi 2,8% ekanligi aniqlangan.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati: Ishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, patentlar, internet manbalari ro'yxati keltirilgan.
  • Ilovalar: Ish doirasida bajarilgan tadqiqotlar, ishlab chiqarish sxemalari, rasmlar va jadvallar keltirilgan.