Суғурта иши

Ushbu kitobda sug‘urta faoliyatining nazariy va amaliy jihatlari, uning iqtisodiy mohiyati, turlari, tashkil etish tamoyillari, xorijiy tajriba va O‘zbekistondagi rivojlanish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati: Sug‘urtaning jamiyatdagi roli, funktsiyalari, tasniflash asoslari, sug‘urta bozorining tuzilishi va ishtirokchilari haqida ma'lumot beriladi.
  • O‘zbekistonda sug‘urtaning rivojlanishi: Sug‘urtaning O‘zbekistondagi shakllanish tarixi, mustaqillik yillarida sug‘urta sohasidagi islohotlar va rivojlanish tendentsiyalari yoritiladi.
  • Sug‘urta atamalari va tushunchalari: Sug‘urta faoliyatida qo‘llaniladigan asosiy atamalar, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi.
  • Sug‘urtaning guruxlanishi: Sug'urta sohasini turli belgilariga qarab guruhlashtirish. Guruhlashtirish sabablari va maqsadlari haqida tushunchalar beriladi.
  • Sug'urta huquqi: Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va ahamiyati ko'rib chiqiladi.
  • Respublika sug'urta tashkilotlarini boshqarish: O’zbekiston Respublikasidagi sug‘urta tashkilotlarining tizimi, ularning vazifalari va boshqaruv tuzilmalari haqida ma'lumot beriladi.
  • Mulk sug‘urtasi: Mulk sug‘urtasining turlari, ob’ektlari, sug‘urta hodisalari va to‘lovlarini aniqlash tartibi yoritiladi.
  • Tadbirkorlik xavf-xatarlarini sug‘urtasi: Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, ularni sug‘urtalash shartlari va tartibi haqida ma'lumot beriladi.
  • Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi: Qishloq xo‘jaligi korxonalarida sug‘urta ob’ektlari va sug‘urta to‘lovlarini hisoblash usullari o‘rganiladi.
  • Shaxsiy sug'urta va sug'urtaning boshqa yo'nalishlari: Shaxsiy sug'urta turlari (hayotni sug'urtalash, baxtsiz hodisalardan sug'urtalash va boshqalar) va ularning xususiyatlari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Qayta sug'urtalash: Qayta sug'urtalashning mohiyati, ahamiyati, turlari va shartnomalari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Sug'urta faoliyatining moliyaviy asoslari: Sug'urta tashkilotlarining moliyasi, daromadlari, xarajatlari va moliyaviy rejalashtirish masalalari o'rganiladi.
  • Jaxon mamlakatlarida sug'urtaning rivojlanish xususiyatlari: Turli mamlakatlarda sug'urta tizimlarining rivojlanish darajasi, o'ziga xos xususiyatlari, tendentsiyalari va istiqbollari ko'rib chiqiladi.