Mikroiqtisodiyot

Ushbu kitobda "Mikroiqtisodiyot" fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari va uni o`rganish usullari chuqur tahlil qilingan bo`lib, nazariy qoidalar va ularning amaliyotda qo`llanilishi keng yoritilgan. Kitobda bozor tizimi, talab va taklif nazariyalari, narxlarning shakllanishi, firma xarajatlari, elastiklik, bozorlar turlari (raqobatli, monopol, oligopol), hamda ijtimoiy ne’matlar va umumiy resurslar kabi muhim mavzular o`z ichiga olgan. Shuningdek, kitobda davlat siyosati va uning bozorga ta’siri, tavakkalchilik va uning iqtisodiy oqibatlari, hamda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi foydasi kabi masalalar atroflicha ko`rib chiqilgan. Kitobning har bir bobida keltirilgan nazariy ma’lumotlar amaliy misollar, keys-stadi va nazorat savollari bilan mustahkamlangan.

Asosiy mavzular

  • Mikroiqtisodiyot faniga kirish: Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash, normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyotning ahamiyati, bozor va uning vazifalari hamda qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Iqtisodiyotning o`nta tamoyili: Odamlar tanlovga duch kelishlari, biror narsaning qiymati, unga erishish uchun voz kechiladigan narsadir, oqil odam chegarani o`ylashi, odamlar rag`batlarga ta’sirchanligi, savdo hammaga foydali va bozorlar odatda iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda yaxshi bir yo`l, davlat ba’zan bozor faoliyati oqibatlarini yaxshilashi mumkin.
  • Talab, taklif va bozor muvozanati: Bozorlar va raqobat, talab, taklif va ularning birgalikda bozor muvozanatida o`zgarishi, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Elastiklik va uni hisoblanishi: Talab elastikligi, taklif elastikligi, talab, taklif va elastiklikning uch ko`rinishi, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati: Maksimal va minimal narxlar, narxning bozor faoliyatiga ta’siri, narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi: Iste’molchi ortiqchaligi, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi, bozor samaradorligi, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Iste’molchi tanlovi nazariyasi: Budjet chizig`i: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud, tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi, optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi, uchta tavsiya, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Bozor va tavakkalchilik: Rizk o`lchash, riskka nisbatan munosabat, tavakkalchilikni pasaytirish, asimmetrik axborotlashgan bozor, siyosiy iqtisodiyot, hulq-atvor iqtisodiyoti.
  • Ishlab chiqarish nazariyasi: Ishlab chiqarish texnologiyasi, izokvantlar, ishlab chiqarish qisqa va uzoq muddatli davrda, o`rtacha va chegarali mahsulot, ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi, ko`lam samarasi, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Ishlab chiqarish xarajatlari: Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda, doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar, xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari, qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar: Raqobat tushunchasi, raqobatlashuvchi firmaning daromadi, foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig`i, raqobat bozorida taklif egri chizig`i, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Monopoliya bozorlarida firmaning qaror qabul qilish: Nega monopolistik faoliyatlar oshib boradi, monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlar o`rnatishdagi qarorlar qanday qabul qilinadi, monopoliyaning ijtimoiy ko`rinishi, narx diskriminatsiyasi, hukumat siyosati, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Monopolistik raqobatlashgan bozor: Monopoliya va mukammal raqobat, raqobatlashgan monopol bozor, monopol va mukammal raqobatga, monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Oligopoliya sharoitida firmalar faoliyati: Oligopol bozorlar, oligopoliyada muvozanat va natijalar, jamiyat siyosati, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Turli bozorlarda narxlarni shakllantirish: Iste’molchi ortiqchaligini egallash, iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug`idan foydalanish, raqobatlashgan bozor samaradorligi, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Ishlab chiqarish omillari bozori: Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari, taklif chizig`i yotiqligi, investitsiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Tashqi ta’sirlar va davlat siyosati: Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi, salbiy tashqi ta’sirlar, tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati, qisqa xulosalar va nazorat savollari.
  • Ijtimoiy ne’matlar va umumiy resurslar: Mahsulotlarning turli xil turlari, ommaviy tovarlar, umumiy resurslar, qisqa xulosalar va nazorat savollari.