Меҳнат ҳуқуқи ва ижтимоий таъминот ҳуқуқи

Ushbu kitob mehnat huquqi va ijtimoiy ta'minot huquqi fanlarini o'rganuvchi talabalar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda mehnat qonunchiligi, mehnat shartnomalari, ish vaqti, dam olish vaqti, mehnat intizomi, ijtimoiy ta'minot turlari kabi masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Mehnat huquqining predmeti va uslublari: Mehnat huquqining predmeti ijtimoiy munosabatlar bo'lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish zaruriyati, mehnat huquqining predmeti, mehnat munosabatlarini tartibga solishda shartnomaviy, tavsiyaviy va imperativ usullarning qo'llanilishi masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Mehnat huquqining tizimi va asosiy funksiyalari: Mehnat huquqining tizimi, uning fani va qonunchilik tarmoqlari o'rtasidagi farqlar, mehnat huquqining asosiy funksiyalari, xususan, mehnat bozorining samarali amal qilishi, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kabi funksiyalari yoritilgan.
  • Mehnat huquqi tamoyillari va manbalari: Mehnat huquqining asosiy tamoyillari, jumladan, erkin mehnat qilish, mehnat shartnomasi tuzish erkinligi, mehnat shartlarini belgilash sohasidagi tamoyillar, xodimlarning huquqlarini himoya qilishga oid tamoyillar, shuningdek, mehnat huquqi manbalari va ularning turlari, xususan, normativ-huquqiy hujjatlar, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, lokal normativ hujjatlar haqida ma'lumot berilgan.
  • Mehnatga oid huquqiy munosabatlar: Mehnatga oid huquqiy munosabatlar sub'ektlari, ularning turlari va huquqiy maqomi, xodimlar va ish beruvchilarning mehnatga oid huquq va majburiyatlari, mehnat shartnomasi va uning ahamiyati masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari: Jamoa shartnomasi va kelishuvlarining mohiyati, ularning mehnat huquqiy munosabatlarini tartibga solishdagi o'rni, taraflari, tuzilish tartibi, mazmuni va ahamiyati batafsil yoritilgan.
  • Aholini ish bilan ta'minlash: Aholini ish bilan ta'minlash tushunchasi, fuqarolarning ishga joylashish huquqlari, xodimlarni korxonalardan bo'shatilishi va uning huquqiy tartibga solinishi, ishsizlik tushunchasi va ishsiz shaxslarga beriladigan huquqiy kafolatlar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mehnat shartnomasi: tushunchasi, ishga qabul qilishni rasmiylashtirish: Mehnat shartnomasi tushunchasi, mazmuni, shakli, amal qilish muddati, ishga qabul qilish tartibi va rasmiylashtirish, sinov muddati kabi masalalar muhokama qilingan.
  • Mehnat shartnomasini o'zgartirish: Mehnat shartnomasini o'zgartirish tushunchasi, xodimlarni boshqa ishga o'tkazish tartibi, mehnat sharoitlarini o'zgartirish asoslari yoritilgan.
  • Mehnat shartnomasini bekor qilish: Mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi va umumiy asoslari, xodimning va ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi batafsil bayon etilgan.
  • Ish vaqti: Ish vaqti tushunchasi, ish vaqtining turlari va davomiyligi, ish vaqtidan tashqari ishlar, qisqartirilgan ish vaqti kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Dam olish vaqti: Dam olish vaqti tushunchasi, uning turlari, kunlik dam olish, xaftalik dam olish, bayram kunlari, ta'tillar kabi masalalar yoritilgan.
  • Mehnatga haq to'lash: Mehnatga haq to'lash tushunchasi, ish haqi tizimlari, ish haqidan ushlab qolish tartibi va qonuniy asoslari bayon etilgan.
  • Kafolatli va kompensatsiya to'lovlari: Kafolatli to'lovlar, kompensatsiya to'lovlari, ularning turlari, shartlari va a'hamiyati batafsil izohlangan.
  • Mehnat intizomi: Mehnat intizomi tushunchasi, uning ahamiyati va mustahkamlovchi huquqiy vositalari, korxonalarning ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlarning intizomiy javobgarligi kabi masalalar yoritilgan.
  • Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi: Mehnat shartnomasi taraflarining o'zaro moddiy javobgarligi, xodimning ish beruvchi oldidagi moddiy javobgarligi, xodimga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi kabi masalalar batafsil tahlil qilingan.
  • Mehnat muhofazasi: Mehnat muhofazasining tushunchasi, ahamiyati va asosiy tamoyillari, mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati, xodimlar va ish beruvchilarning huquq va majburiyatlari, mehnat muhofazasini tashkil etish masalalari yoritilgan.
  • Ijtimoiy ta'minot huquqi fanining tushunchasi va manbalari: Ijtimoiy ta'minot huquqi fanining tushunchasi, tizimi, tamoyillari, manbalari, boshqa huquqiy va iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi, ahamiyati kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Yoshga doir pensiyalar: Yoshga doir pensiyalar tushunchasi va ularning fuqarolar ijtimoiy ta'minotida tutgan o'rni, yoshga doir pensiya tayinlash shartlari, imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash asoslari, to'liqsiz mehnat staji bilan pensiya tayinlash va ularning xususiyatlari batafsil bayon qilingan.
  • Nogironlik pensiyalari: Nogironlik pensiyalari tushunchasi, turlari va fuqarolar pensiya ta'minotida tutgan o'rni, nogironlikni belgilash tartibi, nogironlik guruhlari va sabablari, nogironlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari batafsil bayon etilgan.
  • Boquvchisini yo'qotganlik pensiyalari: Boquvchisini yo'qotganlik pensiyalari tushunchasi va ahamiyati, boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi olinishiga haqli bo'lgan shaxslar, ularning shartlari,pensiyalarni tayinlash tartibi batafsil bayon etilgan.