Nochiziqli algebraik tenglamalarni taqribiy echish usullari

Ushbu bitiruv malakaviy ishi uchta bobdan iborat bo'lib, kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tizimidan iborat. Unda, birinchi bobda masalaning qo'yilishi, nochiziqli tenglama tushunchasi, masalani yechish bosqichlari, tenglamani yechishning geometrik talqini va iteratsion jarayon tushunchalari berilgan va ularning qo'llanilishi misollarda ko'rsatilgan. Ikkinchi bobda nochiziqli tenglama ildizlarini ajratish muammolari bayon qilingan, misollarda tushuntirilgan, nochiziqli tenglama oddiy ildizlarini topishning har xil taqribiy usullari keltirilgan, misollar orqali asoslangan. Uchinchi bobda esa nochiziqli tenglamalarni Matlab paketi yordamida sonli yechish usullari dasturlar bilan ko'rsatilgan, bir qator amaliy masalalar sonli yechilgan. Xulosa qilib aytganda talaba algebraik va trantsendent tenglamalarni taqribiy echish haqida to'la nazariy bilimga ega bo'lib uzining kelgusi ishlarida amaliy tadbiq qilishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mazmun dolzarbligi. Kompyuterniy qo'llanilishi sohalaridan biri matematik, mexanika va fizika jarayonlarni va ob'yektlarni matematik modellikni hisoblash usullari va kompyuterlar dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo'lib qolmoqda. Hisoblash matematikasi usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda bunday jarayonlar va ob'yektlarning shu paytgacha noma'lum xususiyatlarini ochishga va shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishining mazmuni ham hisoblash matematikasi va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarda qo'llanilishiga bog'liq bo'lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.
  • Algebraik va trantsendent tenglamalar: Bu bobda tenglamalar haqidagi dastlabki tushunchalar, masalani yechish bosqichlari, tenglamani yechishning geometrik talqini va iteratsion jarayon tushunchalari berilgan va ularning qo'llanilishi misollarda ko'rsatilgan.
  • Nochiziqli tenglamaning ildizlarini topish usullari: Bu bobda nochiziqli tenglama ildizlarini ajratish muammolari bayon qilingan, misollarda tushuntirilgan, nochiziqli tenglama oddiy ildizlarini topishning har xil taqribiy usullari keltirilgan, misollar orqali asoslangan.
  • Nochiziqli algebraik tenglamani taqribiy echishda matematik paketlardan foydalanish: Uchinchi bobda esa nochiziqli tenglamalarni Matlab paketi yordamida sonli yechish usullari dasturlar bilan ko'rsatilgan, bir qator amaliy masalalar sonli yechilgan.
  • Xulosa: Bitiruv ishining asosiy natijalari va uning amaliy tadbiqlari bayon qilingan.