Йўл қурилиш машиналаридан фойдаланиш
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, unda yo'l qurilish mashinalarining nazariy va amaliy jihatdan ishlash xususiyatlari, ulardan foydalanish samaradorligi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashning asosiy tamoyillari, ularning texnik holatini nazorat qilish usullari, hamda O'zbekiston sharoitida ularni qo'llashning o'ziga xos jihatlari batafsil yoritilgan. Kitobda shuningdek, mashinalar parkini shakllantirish, ulami ekspluatatsiya qilishda menejment va servis xizmatlarini tashkil qilish kabi muhim masalalar ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- YO'L MASHINALARINI ISHLATISH XUSUSIYATLARI VA FOYDALANISH SAMARADORLIGI: Ushbu bobda yo'l mashinalarining ishlatish xususiyatlari, ulardan foydalanish samaradorligi, ishlatish xususiyatlarining ko'rsatkichlari, mashinalarning unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish ko'rsatkichlari hamda yo'l mashinalaridan foydalanish samaradorligini baholash ko'rsatkichlari tizimi keltirilgan.
- MASHINALARNI OQILONA ISHLATISH TARTIBI VA SOHALARI: Mashinalaming oqilona ishlatish tartibi va sohalari, jumladan mashinalaming ish tartibi, mashinalarni oqilona ishlatish sohalari va mexanizatsiyalashgan kompleksdagi mashinalarni ishlatish xususiyatlari yoritilgan.
- YO'L QURILISHI UCHUN MASHINALAR PARKINING SHAKLLANISHI: Yer ishlari uchun mashinalar parki, yo'l qoplamalarini qurish mashinalarining parki, yo'llarni saqlash va ta'mirlash mashinalari parki, mashinalarni qurilish obyektlari bo'yicha taqsimlash, mashinalar parkini boshqarishni tashkil etish kabilar ko'rib chiqilgan.
- MEXANIZATSIYALASHGAN YO'L-QURILISH ISHLARINI TASHKIL ETISH: Ushbu bobda yo'l-qurilishini boshqarish tizimining tuzilishi, yo'l-qurilish tashkilotlarini boshqarish tavsiflari, yo'l-qurilish ishlarini tashkil etishning oqim usuli, mintaqaviy kompleks-mexanizatsiyalashgan oqim, yo'l-qurilish ishlarining tashkili etishning tarmoqli usuli hamda mashinalar agregatlari va detallarning ishlash qobiliyatini yo'qotishining o'ziga xos turlari ko'rib chiqilgan.
- YO'L QURILISHIDA AVTOTRANSPORT VOSITALARI: Ushbu bobda avtotransport vositalarining tasnifi, avtotransport vositalarining gabaritlari, ularning texnik xususiyatlari, yuk ko'tarish qobiliyati, avtomobillarda tashishlarni boshqarish masalalari yoritilgan.
- MASHINALAR MASHINALARNING TEXNIK XIZMATINI VA TUZATISHNI BOSHQARISH: Ushbu bobda mashinalarning ishonchliligini ta'minlash sistemasida texnik diagnostikaning ahamiyati, diagnostika qilish usullari, diagnostika natijalarini baholash va ulardan kelib chiqadigan xulosalar, diagnostika qilish jarayonining texnologiyasi va tashkil qilish kabilar ko'rib chiqilgan.
- YO'L MASHINALARINING TEXNIK DIAGNOSTIKASI: Mashinalarning ishonchliligini ta'minlash sistemasida texnik diagnostikaning ahamiyati, diagnostika qilish usullari, diagnostika natijalarini baholash, diagnostika natijalari asosida yechim qabul qilish usullari, diagnostika qilishning aniqligi va ishondiiligi ko'rsatkichlari hamda diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika sistemalari yoritilgan.
- YO'L MASHINALARINING TEXNIK XIZMATINI VA TUZATISHNI BOSHQARISH: Texnik xizmat va tuzatishni boshqarish tizimi, uni boshqarishni modellashtirish, texnik xizmat va tuzatish jarayonini epchillik bilan rejalashtirish va boshqarish, mashinalami tizimli boshqarishning tashkiliy tizimlarini shakllantirishning umumiy nuqtai nazari (prinsipi) ko'rib chiqilgan.
- MASHINALARNING TEXNIK XIZMATINI VA TUZATISHNI BOSHQARISH: M ashinalarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni markazlashtirish, ixtisoslashtirish va mexanizatsiyalashirish, mashinalaga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashda bo'lim va brigadalarni tashkil qilish va ulariga qarab amalga oshiriladigan ishlar kabilar ko'rib chiqilgan.
- Mashinalar va jihozlarning ekspluatatsion ta’mirlash texnologiyasi: Mashinalar va jihozlarning ekspluatatsion ta'mirlash texnologiyasi bilan bog'liq ishlar, ularni qismlarga ajratish va yig'ish, mashinalarning ishlatish sharoitida qismlarga ajratish va yig'ish, mashinalarni qisqa va uzoq muddatga saqlash kabilar ko'rib chiqilgan.
- Mashinalarga texnik qarov: Mashinalarga texnik qarov va ta'mirlash jarayonini tashqi holatini kuzatish va qotirish ishlari, nazorat-sozlash ishlari, mashinalarni yog'lash, motor yonilg'isi va maxsus suyuqliklar bilan to'ldirish hamda harorat past bo'lganda mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish kabilar ko'rib chiqilgan.