Deutsch
Ushbu kitob nemis tilini o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, grammatika qoidalarini, lug'at boyligini oshirishga qaratilgan mashqlar, matnlar va dialoglar bilan to'ldirilgan. Kitobda fonetikadan tortib, murakkab grammatik mavzulargacha bosqichma-bosqich o'rganish imkoniyati mavjud. Har bir dars yangi lug'at, grammatik qoidalar va mavzuga oid mashqlar bilan ta'minlangan.
Asosiy mavzular
- Fonetik Mashqlar: Nemis tilidagi harflarning talaffuzi, unlilar va undoshlarning o'qilish qoidalari, shuningdek, harflar birikmalarining talaffuziga oid mashqlar.
- Grammatika: Artikllar, kishilik olmoshlari, fe'llarning tuslanishi ( Präsens, Imperfekt, Futur), egalik olmoshlari, ko'makchi fe'llar (haben, sein, werden), sifatlarning turlanishi, modal fe'llar va so'z tartibi kabi asosiy grammatik mavzular.
- Leksik Mashqlar: Turli mavzularga oid lug'at boyligini oshirish uchun mashqlar (oilа, kasblar, kundalik hayot, tabiat, shahar va h.k.). Sinonim va antonimlarni topish, so'zlarni to'g'ri artikllar bilan qo'llash, gaplarni to'ldirish va tarjima qilish kabi topshiriqlar.
- Matnlar va Dialoglar: Kundalik hayotga oid turli matnlar va dialoglar (tanishuv, xarid qilish, ta'lim, sayohat va h.k.). Matnlarni o'qish, tarjima qilish va tahlil qilish orqali til ko'nikmalarini rivojlantirish.
- O'qish va tarjima qilish uchun matnlar: O'quvchilarga kitobning asosiy mavzularini tushunishga yordam berish uchun turli xil mavzular, jumladan, kasblar, shaharlar, madaniyat va bayramlar haqida maxsus matnlar yaratilgan. O'quvchilarning mashq qilishlari uchun matnlarga savollar ham kiritilgan.