Hayotiy faoliyat xavfsizligi
Ushbu kitob «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan tayyorlangan bo'lib, unda hayotiy faoliyatni ta'minlash asoslari, turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, terrorizm va uning oqibatlari, shaxsiy himoya vositalari, yong'in xavfsizligi, elektr xavfsizligi va boshqa ko'plab muhim mavzular o'rin olgan. Kitobda har bir mavzu bo'yicha talabalar bilimini mustahkamlash uchun qo'shimcha ma'lumotlar, ko'rgazmalar, elektron resurslar va nazorat savollari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari: O'zbekiston Respublikasi qonunlari va ularning buzilganligi uchun javobgarlik turlari, O'zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar, mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag' bilan ta'minlash, Yo'riqnomalar o'tkazish va bilimlarni tekshirish, Jarohat va kasbiy kasalliklar mavzularini o'z ichiga oladi.
- Sog'lom turmush tarzi asoslari va uning hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni: Sog'lom turmush tarzi, uning kasallik profilaktikasi bilan aloqasi, harakat faolligini inson sog'lig'i va faoliyatiga ta'siri, zararli odatlarni inson organizmiga ta'siri mavzularini o'rganish.
- Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi: Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari. Ishlab chiqarish shovqini va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson organizmiga ta'siri. Zararli moddalar va nurlarni inson organizmiga ta'siri va ulardan himoyalanish. Chang va uni organizmga ta'siri mavzularini o'rganish.
- Texnika xavfsizligi asoslari: Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma'lumotlar va mehnat standartlari. Korxonalarda texnika xavfsizligiga oid ishlarni tashkil qilish. Mehnat xavfsizligini ta'minlovchi texnik vositalar. Xavfsizlik belgilari sistemasi mavzularini o'rganish.
- Elektr xavfsizligi asoslari: Elektr xavfsizligi haqida umumiy ma'lumot. Elektr tokidan jarohatlanishning xavfliligi. Tok kuchining inson organizmiga ta'siri. Elektr toki ta‘siridan himoyalanish choralari mavzularini o'rganish.
- Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda aholiga xabar berish va ularni xavfli hududlardan ko‗chirishni (evakuatsiya qilishni)tashkillashtirish: Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari. Aholini ko‗chirishni tashkil etish va o‗tkazish. Fuqaro muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish. Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish mavzularini o'rganish.
- Tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari: Geologik favqulodda holatlar. Meteorologik favqulodda holatlar. Biologik favqulodda holatlar va ularning oqibatlari mavzularini o'rganish.
- Texnogen tusdagi ofatlar va ularning oqibatlari: Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlarning sodir bo'lishi. Favqulodda holatlarda aholini himoyalash printsiplari va usullari. Aholini ko‗chirish (evakuatsiya qilishni) tashkillashtirish. Favqulodda vaziyatlar hayot faoliyat xavfsizligini ta'minlash mavzularini o'rganish.
- Radiatsion nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta'siri: Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari. Radioaktiv nurlanishlar organizmga ta'siri. Radioaktiv nurlanishlarni normalash. Radioaktiv nurlardan saqlanish va radioaktiv nurlardan himoyalanish tadbirlari. Radioaktiv nurlarni o'lchash asboblari. Radiatsiyaga qarshi panajoylar, ularning ichki jihozlanishi mavzularini o'rganish.
- Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta'siri. Elektromagnit maydon ta'siri.: Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar xususiyatlari. Ultra va infra nurlanishlar, ularning inson organizmiga ta'siri. Elektromagnit maydon ta'siri mavzularini o'rganish.
- Yong'in xavfsizligi asoslari. Yong'in va portlash: Yong'in xavfsizligi asoslari. Umumiy ma'lumotlar. Yong'in xavfsizligi sistemasi talablar. Yong'in va portlashning sabablari. Ishlab chiqarishda portlash va yong‘in xavfliligi bo‗yicha kategoriyalari. Yong'in xavfli zonalari mavzularini o'rganish.
- Baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish: Baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Jarohatlanish sabablari va uning profilaktikasi. Tomirlardan qon ketishi (oqishi) ning turlari va uni vaqtincha to‘xtatish. Suyak sinishi va lat eyishda birinchi yordam ko‗rsatish. Elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko‗rsatish. Ko‗yganda birinchi yordam ko‗rsatish. Sovuq urishi, issiq elitganida, odam suvga cho‗kkanida birinchi tibbiy yordam kursatish. Zaharlanish turlari va zaharlanganda birinchi yordam ko‗rsatish mavzularini o'rganish.
- Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish: Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha, Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari, Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki mavzularini o'rganish.
- Shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish: Shaxsiy himoya vositalari va ularning turlari. Shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalari, Bolalarni himoyalashni tashkil etish mavzularini o'rganish.