Эксплуатация шароитига боғлиқ ҳолда махсус транспорт воситалари шиналарининг ҳақиқий юриш меъёрларини аниқлаш услубини ишлаб чиқиш

Mazkur dissertatsiya ishida "O'zbekneftgaz" AK "O'zgeoburg'uneftgaz" AK da ekspluatatsiya qilinayotgan Ural-4320 avtomobillari shinalarining yurish o'rtacha normasi aniqlangan. Shuningdek, shinalarning qattiqligi va yeyilish xususiyatini protektor chuqurligiga bog'liqligini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ishda turli ekspluatatsiya sharoitlarida shinalarning yeyilishi va ularning muddati aniqlanib, qat'iy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Mavzuning dolzarbligi: Maxsus transport vositalarini rivojlantirishning asosiy vazifasi bu tashish ishlarining samaradorligini oshirishdir. Bunda asosiy e'tibor avtomobillarning ehtiyot qismlari resurslarini aniqlash tadqiqotlariga qaratilgan, bu borada og'ir yo'l sharoitlari uchun mo'ljallangan, ekstremal ekspluatatsion sharoitga moslashgan avtomobil transportining shinalari ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari juda katta ahamiyatga ega.
  • Dissertatsiya ishining maqsadi: Maxsus transport vositalari shinalarining yurish me'yorlarini turli ekspluatatsiya sharoitiga bog'liq holda aniqlash uslubini ishlab chiqish.
  • Dissertatsiya ishining vazifalari: 1. Maxsus transport vositalarining shinalari ekspluatatsiya jarayonida unga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qilish. 2. Maxsus transport vositalarining shinalari haqiqiy bosib o'tgan masofasini nazariy uslubini ishlab chiqish. 3. Maxsus transport vositalarining shinalari ekspluatatsiya jarayonida haqiqiy bosib o'tgan masofasini tajriba asosida aniqlash uslublarini ishlab chiqish. 4. Maxsus transport vositalarining shinalari ekspluatatsiya jarayonida haqiqiy bosib o'tgan masofasini aniqlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Tadqiqot obyekti: «O'zbekneftgaz» MXK "O'zgeoburg'uneftgaz" AK "Neft va gaz quduqlarini sinash" AJga qarashli korxonalardagi ekspluatatsiya qilinayotgan transport vositalari shinalari.
  • Tadqiqot predmeti: Murakkab sharoitlarda ekspluatatsiya qilinayotgan maxsus transport vositalari shinalari ishlash muddatlari.
  • Tadqiqotning uslubiyati va usullari: Tadqiqot usullari sifatida: klassik mexanikaning asosiy qoida va usullari; matematik tahlil, matematik statistika; tajribani matematik rejalashtirish usullari qo'llanilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Maxsus transport vositalarining shinalari haqiqiy bosib o'tgan masofasini aniqlashning nazariy uslubi ishlab chiqildi. Maxsus transport vositalarining shinalari ekspluatatsiya jarayonida haqiqiy bosib o'tgan masofasini tajriba asosida aniqlash uslublari ishlab chiqildi. Maxsus transport vositalarining shinalari ekspluatatsiya jarayonida haqiqiy bosib o'tgan masofasini aniqlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Tadqiqot natijalari "O'zbekneftgaz" MXK "O'zgeoburg'uneftgaz" AK "Neft va gaz quduqlarini sinash" AJga qarashli korxonalardagi maxsus transport vositalari shinalarining haqiqiy yurish me'yorlarini ishlab chiqarishga joriy qilindi va ushbu korxonaalar faoliyatiga tadbiq etildi.
  • Bob bo'yicha xulosa: Olib borilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida quyidagilar o'rnatildi: Ural 4320 avtomobilining 14.00-20 shinalari, ID-P284 modeli yuqori o'tuvchan shinasi uchun haqiqiy probeg 36000 km ni tashkil qildi; Ural 4320 avtomobilining 1200x500x508 shinalari, ID-P284 modeli yuqori o'tuvchan shinasi uchun haqiqiy probeg 37000 km ni tashkil qildi; Kenworth avtomobilining 425/65R22.5 shinalari BT 668 BOTO (oldingi) modeli yuqori o'tuvchan shinasi uchun haqiqiy probeg 70000 km ni tashkil qildi.