"КХК ларида укитиладиган “Иссиқлик электр станциялари” мавзусини ўкитишда замонавий таълим технологияларидан фойдаланиш” фойдаланиб ўқитиш "
Ushbu bitiruv malakaviy ishining kirish qismida bitiruv malakaviy ishining mavzusini dolzarbligi va maqsadi, hozirda ta'lim tizimida shu jumladan XKK larida ta'lim samaradorligini oshirish vazifalaridan kelib chiqib asoslandi.Ishda o'qitish usullarining o'ziga xos kamchiligi va afzalliklari bayon etildi.Shuningdek, mavzu bo'yicha test topshiriqlari va ko'rgazmali materiallar tayyorlandi.Zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanib o'qitilganda o'quvchilarning faolligi va darsga qiziqishi ortishi, natijada o'zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori darajada bo'lishi bayon etildi.Elektr texnikasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarida hayot faoliyati xavfsizligi masalalari o'rganildi.
Asosiy mavzular
- Ta'limda pedagogik texnologiyalar: Pedagogik texnologiya ta'lim tizimining ratsional yo'llarini ishlab chiqaruvchi va loyihalashtiruvchi jarayon bo'lib, unda o'qituvchi asosiy mas'ul shaxs hisoblanadi. O'quvchilarning yangiliklarni qabul qilishlari va bu bunga moyilliklari hamda fe'l-atvori har xil bo'lishiga qaramay o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o'rgatishi lozim. Pedagogik texnologiya o'qitish samaradorligini oshirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'qituvchining pedagogik va talabalarning bilish faoliyatini uyg'un ravishda tashkil etishni o'z ichiga oladi.
- O'qitishning an'anaviy usullari va uning tarkibiy qismlari: An'anaviy dars-muayyan muddatga mo'ljallangan, ta'lim jarayoni ko'proq o'qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta'lim modelidir. Ma'lumki, an'anaviy darsda ta'lim jarayonining markazida o'qituvchi turadi. Shu bois, ba'zida an'anaviy darsni markazida o'qituvchi turgan o'qitish usuli deb ham atashadi. An'anaviy dars o'tish modelida ko'proq ma'ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.
- O'qitishning zamonaviy usullari va ulardan foydalanish shakllari: O'qitishning zamonaviy usullari o'qituvchi bilan o'quvchining faol munosabati, bir-birini to'liq tushuntirishga asoslanadi. Zamonaviy, ya'ni interfaol metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi-dars qaysi shaklda bo'lmasin, qayerda o'tkazilmasin darsda o'qituvchi bilan o'quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishidir. Ushbu metodlar orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.
- Kasb hunar kollejlarida pedagogik jarayonni tashkil etish: Kasb-hunar kollejlarida pedagogik jarayonni tashkil etish to'g'risida fikr yuritishdan oldin pedagogik jarayon tushunchasini bilishimiz kerak. Pedagogik jarayon — tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, ya'ni o'qituvchi va talabalarning o'zaro bir maqsadga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyatini ifodalovchi pedagogik tizimdir. Pedagogik jarayon ikki qismga bo'linadi: Texnologik qism va Mazmuniy qism.
- Fanining maqsadi va mazmuni: Fanining o'qitilishi-talabalarda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning asosiy usullari, elektr energetika sistemalari, elektr stansiyalari, podstansiyalari, elektr tarmoqlari va ularning asosiy jihozlarini tashkil etilish prinsiplari va ularda yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka shakllantirishdir. Fanining vazifasi-elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning asosiy usullarini o'rganishdan iborat.
- Fanining uslubiy va texnik ta'minoti: Fanining o'zlashtirish uchun quyidagi adabiyotlar tavsiya etiladi: Darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma'ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
- Issiqlik elektr stansiyalari: Issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning asosiy usullari, elektr energetika sistemalari, elektr stansiyalari, podstansiyalari, elektr tarmoqlari va ularning asosiy jihozlarini tashkil etilish prinsiplari va ularda yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka shakllantirishdir. Issiqlik elektr stansiyalari energiyaning saqlanish qonuniga asoslanadi. Issiqlik elektr stansiyalari kondensatsiyalangan issiqlik elektr stansiyalari (KES), issiqlik elektr markazlari (IEM) va gaz turbinali issiqlik elektr stansiyalariga ajratish mumkin.
- Zamonaviy pedagogik texnologiyaga asoslangan o'qitishning samaradorligi: Zamonaviy o'qitish usullarini qo'llashda o'quvchilarning faolligi va darsga qiziqishi ortishi, natijada o'zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori darajada bo'lishi bayon etildi. Zamonaviy o'qitish usullari samaradorligi o'quvchilarning o'z-o'zini baholash, har bir holatga adolatli, mas'uliyatli yondashish, intilish kabi xislatlarni shakllantiradi.
- Hayot faoliyati xavfsizligi: Elektr texnikasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarida hayot faoliyati xavfsizligi masalalari o'rganildi. Laboratoriya mashg'ulotlarida texnika xavfsizligi, elektr tokining kishi organizmiga ta'siri, elektr tokidan shikastlanish sabablari va elektr tokidan shikastlanganlarga birinchi yordam ko'rsatish bayon etildi.