Maktabgacha ta’lim muassasalarida kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish yo’llari”
Ushbu bitiruv malakaviy ishi maktabgacha tarbiya yoshidagi adabiyotning oʻziga, xos xususiyatlari jumladan xalq og'zaki ijodining kichik yoshdagi bolalar uchun yaratilgan nasriy asarlardagi g'oyaviylik va badiiylik muammolari asosida tekshirilib, quyidagi xulosalarga kelindi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar adabiyoti – oʻziga xos adabiyot. Bu oʻziga xoslikning asosini uning oʻquvchilariga emas, asosan eshituvchi tinglovchi bolalarga mo'ljallanganidan izlash kerak. Bu adabiyotning kattalar, kichik va oʻrta yoshli maktab oʻquvchilari adabiyotiga o'xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu xususiyatlarning ba'zilari haqida fikr – yuritdik. Barcha yoshdagi oʻzbek bolalar marsining mavzulari, gʻoyalari, obrazlari nihoyatda xilma xil. Bu asarlarning pedagogik - tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda insoniylik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik, oʻrtoqlik, doʻstlik, toʻgʻrilik, xalollik, oqillik, qo'rqmaslik, jasurlik, va boshqa ijobiy fazilatlar ulug'lanadi: qo'rqoqlik, munofiqlik, xudbinlik, xosiyolik, dangasalik, aldamchilik, ayyorlik, manmanlik, odobsizlik kabi yomon hulq atvorlar qoralanadi: Adiblarimiz oʻzlarining eng yaxshi asarlarida badiiylikning asosiy bklgilarini tashkil etuvi aks ettirish va obraz yaratish usullari vositalaridan foydalanganlar va maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyotining oʻziga xosligi masalalariga rioya qilganlar. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar narsaning janrlari kattalar va maktab o'quvchilari nasriga nisbatan unchalik koʻp emas. Bog'cha yoshdagi bolalar nasrida yirik hajmli, murakkab qurilmali asarlar roman qissa janrlarida yozilgan asarlar ham uchramaydi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi jahon bolalar nasriyda boʻlganidek shu yoshdagi. Oʻzbek bolalar nasrining ham eng taraqqiy etgan janrlari ertak va hikoyadir.
Asosiy mavzular
- Xalq og'zaki ijodi va maktabgacha tarbiya: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar adabiyotining oʻziga, xos xususiyatlari jumladan xalq og'zaki ijodining kichik yoshdagi bolalar uchun yaratilgan nasriy asarlardagi g'oyaviylik va badiiylik muammolari asosida tekshirilgan. Xalq og'zaki ijodi bolalarda nutqni o'stirishda muhim rol o'ynaydi. Jumladan, maqol, topishmoq, ertak, qo'shiqlar bolalar nutqini o'stirishga yordam beradi.
- Maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari: Bolalar adabiyoti – oʻziga xos adabiyot boʻlib, asosan eshituvchi tinglovchi bolalarga mo'ljallangan. Uning oʻquvchisiga emas, balki tinglovchiga qaratilgan. Unda badiiylikning asosiy belgilari tashkil etuvi, obraz yaratish usullari va boshqa jihatlar oʻziga xos xususiyatlarga ega.
- Bolalar nutqini o'stirishda adabiyotning roli: Xalq og'zaki ijodi namunalari (ertaklar, qoʻshiqlar, topishmoqlar) bolalar nutqini o'stirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu asarlar bolalarning lug'atini boyitadi, tafakkurini o'stiradi, tasavvurini kengaytiradi hamda badiiy nutqni rivojlantiradi.
- Ertak va hikoya janrlarining bolalar adabiyotida oʻrni: Ertak va hikoya bolalar adabiyotining eng taraqqiy etgan janrlari hisoblanadi. Ushbu janrdagi asarlar bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda, ularga axloqiy-tarbiyaviy saboqlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.